12.4. Pul mablag’lari Auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot
manbalari
Pul mablag’larini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi: kassadagi
milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari, bankdagi hisob-kitob schyoti, valyuta
schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan
o’tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag’lari» bo’limi bo’yicha ma’lumotlarning
ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag’larini hisobga olish uslubiyotining
O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida
xulosa shakllantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, samaradorligi
hamda qonuniyligini ta’minlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan kassadagi mavjud pul mablag’lari, qimmatli kog’ozlar
miqdori va summalarining haqiqiy qoldig’ini aniqlash, kassa muomalalarini hisobga olishda
«Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari»ga (O’zbekiston
Respublikasi Adliya Vazirligi ro’yxatga olingan №565, 17 dekabr 1998 y) qay darajada rioya
qilinayotganligini aniqlash; bank muassasasidagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus
schyotlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish; o’tkazilgan tekshirish
asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish.
Pul mablag’lari bo’yicha muomalalarni tekshirishda auditor quyidagi ma’lumot
manbalaridan foydalanadi:
*
Dostları ilə paylaş: