barcha turdagi mehnat haqi va undan ushlanadigan summalarni qamrab olish maqsadida tanlov doirasiga barcha toifa, guruhlar va bo’linmalar xodimlari bilan hisob-kitoblardan olinishi maqsadga muvofiq. Auditor bir necha hodimlarning shaxsiy jildlari va shaxsiy hisobvaraqalarini tanlab olishi va ishga yollanish hamda boshqa lavozimga o’tkazilish sanalari, mehnatga haq to’lash shartlari (stavka, oklad) va qo’shimcha to’lovlar to’g’risidagi axborotlarning muvofiqligini tekshirishi zarur. Bunda shtat intizomi va belgilangan lavozim maoshlari yoki kontrakt shartlariga rioya qilinishi, mehnat shartnomalari bo’yicha va o’rindoshlik asosida mehnat haqi to’lashning asoslanganligi tekshiriladi. Ish vaqtini hisobga olish tabeli, hisoblashuv-to’lov vedomosti va shaxsiy hisobvaraqalarini solishtirish yo’li bilan ishlangan vaqt miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarning bir xilligini, to’liq ishlanmagan oyda hisoblangan ish haqining arifmetik hisob-kitobi to’g’riligini tekshirish zarur. Mehnatga ishbay haq to’lashda bajarilgan ishlar miqdori va sifat ko’rsatkichlarining muvofiqligi, hamda me’yorlar va baholarni qo’llashning to’g’riligi tekshiriladi. Avval haq to’langan dastlabki hujjatlar bo’yicha takroran ish haqi hisoblash holatlarining yo’qligini ham tekshirish zarur. Mukofotlar hisoblashning to’g’riligi va asoslanganligini tekshirish chog’ida, auditor mukofotlash to’g’risidagi Nizom, buyruqlar, hisob-kitob vedomostlari va shaxsiy hisobvaraqalar ma’lumotlarini taqqoslaydi. Masalan, xodimga hisobot davrida faoliyati uchun mazkur davrda uning ish kunlari bo’lmagan holda mukofot hisoblangan. Mukofot hisoblash korxona rahbarining buyrug’i, direktorlar kengashining qarori va shunga o’xshash