15.1.Daromad jarayonlari auditi Daromad jarayonlari auditi ushbu bobning boshida ko’rib chiqiladi, chunki ushbu asosiy kontseptsiyani o’rganish daromad jarayonlari auditining fundamental ahamiyatiga ega. Bundan tashqari, auditor ijobiy xulosa berishi uchun daromadlar GAAP standartlariga muvofiq bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish daromadlari esa, odatdagi kabi mahsulot sotish yoki xizmat ko’rsatishdan iborat. FASB bayonotiga asosan, Moliyaviy Buxgalteriya tushunchalari 6-chi soni "moliyaviy jadval elementlari" daromadlarni belgilaydi: Kompaniya daromadlari yoki boshqa aktivlarning yaxshilanishi (yoki ikkalasining birikmasi) kompaniyaning asosiy yoki markaziy faoliyatini tashkil etuvchi mahsulot etkazib berish yoki ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki boshqa xizmat turlariga bog’liq. Daromadlar mahsulot va xizmatlar almashinuvi qiymati bilan o’lchanadi. Umuman olganda, kompaniya mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlari uchun naqd pul yoki da’volarni qabul kiladi. Naqd pul da’volari odatda, debitor qarzdorlik sifatida ko’rib chiqiladi. FASB 5- chi Moliyaviy Buxgalteriya tushunchalari "savdo-sotiq bilan bog’liq tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini tashkil qilish va baholash" bayonotiga asosan, daromadni tan olish (yozuv) uchun u amalga oshirilishi yoki ishlab chiqilgan bo’lishi kerak deb talab qiladi. Daromad mahsulot yoki xizmat ko’rsatish pulga almashinganida, boshka aktivlarni to’lashga va’da qilinganida paydo bo’ladi. Odatda kompaniya tomonidan mahsulot etkazib berilganida yoki xizmat ko’rsatilib bo’linganida daromad olish jarayoni tugatilgan hisoblanadi. SEC in SAB №101 daromadni tan olish uchun qo’yidagi mezonlarni belgilaydi:
Ishonarli dalillar mavjudligi
Etkazib berilgan yoki xizmat ko’rsatilgan