Aktsiyalar taqsimlanishini aktsiyadorlar reestr iva bosh kitobdagi ma’lumotlar bilan solishtirish;
Barcha rad etuvchi ma’lumotlarni o’rganish; Baholash . Ustav kapitali pul ko’rinishida kiritlgan bo’lsa uning baholanishi oson bo’ladi. Baholanishdagi muammo ustav kapitali aktiv ko’rinishida, xizmatlar ko’rinishida, konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog’oz ko’rinishida yoki dividend ko’rinishida kiritilgan hollarda paydo bo’ladi. Berilgan ma’lumotlar to’liqligiga erishish uchun aktsiyadorlar hisobotlarida quyidagi punktlarda ochib berishlar va izohlar keltirilishi kerak. Quyidagi jadvalda shu haqda malumot berilgan Aktsiyadorlarga ochib berish va izohlar talab qiladigan punktlar 1 Aktsiyalar soni, shuningdek qo’shimcha chiqarilgan va so’ndirilgan, oddiy va imtiyozli aktsiyalar soni bo’yicha 2 Imtiyozlar, imtiyozli aktsiyalar narxi va sanasi bo’yicha 3 Imtiyozli aktsiyalarning amortizatsiya fondlari haqida 4 Optsionlar va sotib olishi rejalashtirilayotgan qimmatli qog’ozlar 5 Taqsimlanmagan foyda va dividendlarga qo’yilgan cheklovlar 6 Aktsiyadorlar manffatlariga u yoki bu tomondan ta’sir ko’rsatuvchi barcha tugallangan bitimlar Korporativ ustavga yoki qarz kelishuvlariga rioya qilinmaslik nuqtai nazaridan odatda barcha e’lon qilingan hamda to’langan dividendlar tekshiriladi. Yuqorida aytilgandek, agar korxonada mustaqil dividend agent mavjud bo’lsa auditor ulardan olgan ma’lumotini dalil sifatida ishlatishi mumkin. Yoki ushbu summani direktorlar kengashi hujjatlarida