xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» keyingi o’zgarishlar bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to’g’riligini va mahsulot, ish hamda xizmatlar tannarxi to’g’risidagi hisobotni tuzishning to’g’riligini nazorat qilish uchun quyidagilarni tekshirish lozim:hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o’z vaqtida, to’liq va ishonarli aks ettirilishi;ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom ashyolar, materiallar, yoqilg’ilar, ehtiyot qismlar va yoqilg’i-moylash materiallarini baholashning to’g’riligi;belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to’lash va mukofatlash haqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning ta’minlanganligi; noishlab chiqarish sarflari va yo’qotishlarning paydo bo’lish sabablari hamda hisobdan o’chirilishning asoslanganligi; ularni kamaytirish bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar;asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to’g’riligi; tovar-moddiy boyliklarning hisob bahosidan chetga chiqqan summalar (transport tayyorlov xarajatlari)ni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; tovarlar, YoMM va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o’chirishning to’g’riligi, shu bilan birga quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shishning to’g’riligi va asoslanganligi; ta’sis hujjatlariga muvofiq qo’shma korxonada ishlab chiqarishda bevosita ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va kommunal xizmatlar uchun to’lovlar; xizmat safarida va yo’lda bo’lgan vaqt, turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borib qaytish yo’l xarajatlari uchun tasdiqlangan me’yorlar doirasida, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq chet el xizmat safari xarajatlari.