ketgan summa bo’yicha tuzatish kiritilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa «Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi. Yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning texnikadan foydalanish qoidalarida ko’rsatilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari ham tekshiriladi. Idoradan tashqari qo’riqlash xarajatlarini, bunday qo’riqlash talab qilinadigan mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo’lgandagina, mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish mumkin. «Xarajatlar tarkibi. . . . . to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli joriy ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar ham mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladi. Ijara to’lovlarini mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish bo’yicha Nizomda hech qanday cheklashlar ko’zda tutilmagan. Xususan, joriy tartibda ijaraga olingan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobdan o’chirish ko’plab munozarali masalalarni yuzaga keltiradi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 548-moddasida belgilangan, ijaraga olingan asosiy vositalarni saqlash bo’yicha umumiy qoidalarga muvofiq agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa, ijaraga oluvchi mol-mulkni yaxshi holda saqlashi, ijaraga olingan mulk-mulkni o’z hisobidan joriy ta’mirlashi va saqlash bo’yicha boshqa xarajatlarni qilishi lozim. O’z navbatida, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni o’z hisobidan ta’mirlashi shart (547-modda). Shunday qilib, shartnomada ta’mirlash ishlari ko’rsatilmagan bo’lsa, O’zRFK 547 va 548 moddalariga muvofiq ish