jumladan brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va yig’imlardan , yuklash-tushirish hamda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur(1. 1. 12-band). Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob yuritish siyosatida aks ettiradi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari. Bu element bo’yicha xarajatlar ro’yxati «Xarajatlar tarkibi . . . to’g’risidagi Nizom»da batafsil berilgan.
Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish, madaniy-maishiy va sh. o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob- kitoblar»va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga