Tayanch iboralar.
1. Yengil atletika mashqlari
2. Olimpiada
3. Stadiya
4. Stadion
5. Musobaqa
6. Nizom
7. Atletika klubi
8. Assotsiatsiya
9. Mahorat
10. To‘garak
11. Federastiya
12. NAAF
39
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar.
1. Yengil atletika mashqlari qachon kelib chiqqan?
2. Jismoniy tarbiyada, yengil atletika ma’lum darajada qachon
mustaqil bo‘la boshladi?
3. Eramizdan avvalgi Olimpia o‘yinlari qachon o‘tkazilgan?
4. Nechanchi Olimpia o‘yinlaridan boshlab ayollar uchun yengil
atletika musobaqalari o‘tkazildi?
5. Eng avval boshqa mamlakatlarga qaraganda yengil atletika qaysi
davlatda rivojlana boshladi?
6. 1952-yili qaysi davlatda Olimpia o‘yini o‘tkazildi?
7. O‘zbekistonda yengil atletika sport turi qachon paydo bo‘lgan?
8. O‘zbekiston sportchilari mustaqil davlat sifatida nechanchi-
yildan boshlab yengil atletikadan Olimpia o‘yinlarida qatnasha
boshladilar?
40
2 – BO‘LIM. YURISH
I BOB. SPORTCHA YURISH
Yurish
– bu odamning odatdagi harakatlanish usuli bo‘lib,
barcha yoshdagi odamlar uchun ajoyib tarzdagi jismoniy mashq
hisoblanadi. Uzoq vaqt davomiyligidagi va ritm ko‘rinishidagi yurish
davomida odam tanasining deyarli barcha muskullari ish bajarishga
jalb qilinadi, bu holatda yurak va qon – tomirlar tizimi, nafas olish,
asab va organizmning boshqa organlar tizimlari faoliyati kuchayadi,
moddalar almashinuvi faollashadi. Odatdagi yurish eng avvalo,
sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Odam erta bolalik
davridan boshlab yurishni boshlaydi. Biroq, barcha odamlarning to‘g‘ri,
chiroyli va tejamkor ko‘rinishda yurishni o‘rganishi zarur hisoblanadi.
Odatdagi yurishdan tashqari, yurishning bir qator boshqa turlari
ham mavjud hisoblanadi: masalan, qadam tashlash, saf bo‘lib yurish,
sportcha yurish. Sportcha yurish musobaqalarda foydalaniladi va
baja rilishi texnikasi bo‘yicha yurishning nisbatan murakkab usuli
hisoblanadi, biroq shu bilan birgalikda eng samarali yurish usuli
sifatida qayd qilinadi. Sportcha yurishning tezligi odatdagi yurishdan
deyarli 2 – 2,5 marotaba yuqori bo‘lishi kuzatiladi.
Biroq, yurish davomida yuqori tezlikka erishishda faqat sportcha
yurishning texnik xususiyatlarini o‘zlashtirishning o‘zi yetarli hisob-
lanmaydi. Bunda odatdagi yurish usuliga nisbatan yuqori qiymatdagi
intensivlikda ish bajarish talab qilinadi, o‘z navbatida energiya sarfi
qiymati ortadi. Ushbu holatga bog‘liq ravishda, sportcha yurish
mashg‘uloti sportchi organizmiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi,
uning ichki organlari va organlar tizimi holatini mustahkamlaydi,
bu tizimlar ish qobiliyati darajasini yaxshilaydi, kuchning rivojlan-
tirilishiga va ayniqsa, chidamlilikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘r-
sa tadi, odamda iroda sifatini tarbiyalaydi.
Sportcha yurish odatdagi yurish usuli bilan ko‘plab umumiylik
jihatlariga ega hisoblanadi, biroq shu bilan bir vaqtda sportcha yurish
nisbatan yetarlicha darajada murakkab va samaraliroq yurish usuli
hisoblanadi.
|