459
2.
Chap oyoq bilan vipad qilib, bukilgan o‘ng oyoqni o‘zini
joyiga
qo‘yish.
3. Xuddi shuning o‘zi, qo‘l bilan yoki sherikka tayanish.
4. Yadro bilan sakrab-sakrab harakat qilish.
5. Sakrashni keyinchalik ikki oyoq bilan balandga bajarish.
6. Sakrab-sakrab
harakat qilishni butunligicha, doirani
ichida
yadroni itqitmasdan va itqitib bajarish.
7. Sakrab-sakrab harakat qilishni katta tayanchdan baland sakrash.
Keyin yana sakrash bilan bajarish.
8. Shuning o‘zi, lekin final kuchlanishni tahlil qilish bilan bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Sakrab-sakrab harakat qilishda o‘ng
oyoqni (tayanch) kuchlanishi doiraga burchak bo‘lib qaratilgan
bo‘lib, yuqoriga qaratilmasligi shart.
Sakrab-sakrab harakat qilishda,
doiraning ichida ―sirpanib bajarishni harakatiga erishish shart.
Sakrab-sakrab harakat qilishni, oldingi vazifalarni yechish bilan
parallel olib borsa bo‘ladi. Sakrab-sakrab
harakat qilishda oyoqlarni
bir vaqtdagi harakatiga (chap oyoqni siltash – o‘ngini to‘g‘rilash)
e’tibor berish.
5-vazifa.
Sakrab-sakrab yadro itg‘itish texnikasiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Har xil og‘irlikdagi yadrolarni sakrab-sakrab itqitish.
2. 2-3 sakrash bilan yadroni itqitish.
3. Yadroni
doira ichida, musobaqa qoidalariga rioya qilgan holda
bajarish.
4. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar bajarish.
5. Sakrovchanlikni rivojlantirish mashqlarini bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Gavdani engashishini saqlash.
Sakrab-
sakrab bajarilgan harakatda yadroni
doimiy ravishda oldinga va
keyinchalik tezlanish bilan bajarilishini kuzatish.
Dostları ilə paylaş: