455
4.3. Yadro itqitish texnikasining asosiy qoidalari
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, yadro parvozining uzoq davom
etishi snaryadning uchib chiqish tezligi, burchagi hamda itqitish
vaqtidagi gorizontga nisbatan balandligiga bog‘liq.
Snaryad uchib chiqishining boshlang‘ich tezligi o‘sishi
uchun
uning yo‘li uzunligi hamda tezlanish vaqti muhim omildir.
Erkaklarda yakunlovchi tezlanish yo‘lining uzunligi 1,8 m gacha,
ayollarda esa 1,65 m gacha bo‘ladi. Yakunlovchi kuchlanishni bajarish
uchun erkaklar o‘rtacha 0,23 s, ayollar esa 0,22 s sarflaydilar. Yadroni
19 m dan uzoqqa itqitishda boshlang‘ich tezlik – 13 m/sek, 22 m dan
ortiq masofaga itqitishda esa 14 m/sek dan ko‘proq bo‘ladi.
Snaryadning uchib chiqish vaqtidagi boshlang‘ich tezligi 15-20%
ga, avvalgi zarb berish (sapchib yoki burilib) tezligidan va 80-85% ga
yakunlovchi qism tezligidan tashkil topadi.
Yadro itqitishda kuchlanishlar quvvati jismoniy, ayniqsa, tezlik-
kuch sifatlarining rivojlanish darajasidan, o‘z
harakat imkoniyatlarini
safarbar qilish qobiliyati, shuningdek,, texnik mahoratni ishga solish
va o‘z harakat potensialidan foydalana bilishga ko‘ra aniqlanadi.
Yadro itqitishdagi muhim ko‘rsatkich uning uchib chiqish burchagi
hisoblanib, u eng yaxshi itqituvchilarda 39-42
0
ga teng. Uchib chiqish
burchagi, asosan, sportchining yakunlovchi bosqichdagi harakatlari
asosida hosil bo‘ladi. Avval o‘ng, yakunlovchi
qismning oxirida chap
oyoq bo‘g‘imlarining rostlanishi, gavda va itaruvchi qo‘l harakatlari
bilan ta’minlanadi. Har bir sportchi uchun snaryadni itqitish balandligi
ko‘pincha doimiy bo‘lib, uning bo‘yi bilan bog‘liq. O‘ng oyoq
tizzasining yetarlicha rostlanmasligi tufayli texnikada yuz beradigan
xatolik ko‘p hollarda snaryadni itqitish balandligining yetarli bo‘lmas-
ligiga olib keladi.
Yadro itqitishda sport natijalarining asosini texnikani o‘zlash-
tirganlik darajasi tashkil etadi, uni itqitish uzoqligi va
joyidan tezlik
berish orasidagi tafovutga qarab baholash mumkin. 1 m dan ortiq farq
o‘rtacha baholanishi mumkin, 1,5 m dan ortig‘i – yaxshi, 2 m dan
ziyod bo‘lsa – a’lo.
456
Yadro itqitish texnikasini baholash usullari sirasiga ma’lum bir
sportchi texnikasini yuqori malakali sportchi texnikasi bilan taqqoslash
usulini kiritish mumkin. Taqqoslash orqali tenglashtirish texnikasi
ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritamiz (V.M. Zastiorskiy bo‘yicha, 1971-
y.). Bu usulning kamchiligi shundaki, yosh
sportchilar texnikaning
eng yaxshi usullarini emas, uning nuqsonlarini ham takrorlashlari
mumkin, bundan esa hatto eng kuchli atletlar ham kafolatlanmagan.
Yana bunday yondashuvda taqqoslanayotgan uloqtiruvchilarning
jismoniy tayyorgarligi darajasi ko‘pincha hisobga olinmaydi.
Yadro itqitish texnikasini baholashning yana bir usuli biomexanik
tahlil asosida aniqlangan muayyan bir namuna (ideal) bilan qiyoslash
sanaladi (V.M. Zastiorskiy bo‘yicha texnikaning mutlaq samaradorligi,
1979-y.). Masalan, yuqori malakali sportchilarda yadroga tezlik
berish yo‘li uzunligi 180 sm gacha etadi. Agar u yoki bu sportchida
yadroga tezlik berish yo‘li shu ko‘rsatkichdan kichik bo‘lsa,
mazkur
ko‘rsatkich nuqtai nazaridan uning texnikasini samarasiz deb hukm
chiqarish kerak.
Dostları ilə paylaş: