449
Havo muhiti qarshiligi uloqtirishning barcha turlarida uzoqlikka
ta’sir ko‘rsatadi, lekin bu ta’sirning o‘lchamlari har xil. Havo muhiti
hammadan ko‘p diskka, eng kam nayzaga (hozirgi paytda ta’sirning
kamayishi snaryadning uchish xususiyatini kamaytirgan tuzilishdagi
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu zamonaviy musobaqa
qoidalarining
talablariga ko‘ra yuz berdi) va kichkina koptokchaga (og‘irligi kichik
bo‘lgani uchun – 140 g) ta’sir ko‘rsatadi. Bosqon, granata uloqtirish
va yadro itqitishda bu ta’sir ahamiyatsiz.
Uloqtirishlar texnikasini o‘rganishda qulay bo‘lishi uchun uni
quyidagi vazifalarga muvofiq holda
qismlarga ajratish maqsadga
muvofiq:
1)
snaryadni ushlash;
2)
sapchishga tayyorlanish va sapchish;
3)
final kuchlanishga tayyorlanish;
4)
final kuchlanish;
5)
snaryadning uchib chiqishi va uchishi.
Snaryadni ushlash.
Bu harakatning vazifasi –
snaryadni shun-
day ushlashdan iboratki, uloqtirishni erkin,
optimal harakat ampli-
tudasi bilan bajarish lozim bo‘ladi. Snaryadni to‘g‘ri ushlash uloq-
tiruvchining snaryadni kerakli yo‘nalishda eng katta yo‘l bo‘ylab
hara katlantirishi uchun, shuningdek,, snaryadni katta tezlik bilan
itqitish uchun snaryadga kuch berishga yordam qilishi zarur.
Buning
uchun itqitayotgan qo‘l barmoqlarining kuchidan foydalanish kerak.
Misolni yadro itqitishda ko‘rsatamiz.
Sapchishga tayyorlanish va sapchish.
Asosiy vazifa – “uloq tiruv-
chi-snaryad” tizimiga optimal boshlang‘ich tezlik berishdir. Ushbu
holda optimal tezlik deganda final kuchlanishni bajarishda eng qulay
sharoitlarni yaratish uchun sportchi o‘z harakatlarini nazorat qilishga
qodir bo‘lgan eng katta tezlik tushuniladi.
Itqituvchi sapchib yoki aylanma harakat bilan yugurib kelishda
erishgan energiya burchak tezligi kattaligiga tana og‘irligiga
va uning
aylanish radiusiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Aylanish radiusi oshishi
bilan burchak tezligi o‘shanday bir xil bo‘lganda snaryad tezligi ortadi.
Burilish shaklidagi yugurib olishda uloqtiruvchi faqat oyoqlari bilan
yerga tayangan holatdagina snaryadga tezlanish qo‘shishi mumkin.
450
Boz ustiga, qo‘sh tayanch holatda sportga yakka tayanch holatiga
nisbatan snaryadga katta kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi va unga katta
tezlanish beradi. Shuning uchun uloqtiruvchi yakka tayanch
holatida,
ayniqsa, tayanchsiz holatda turish vaqtini minimumgacha qisqartirishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: