Траектория полета ядра зависит от
:
•
СКОРОСТИ ВЫЛЕТА СНАРЯДА
(
наиболее важна
)
•
УГЛА ВЫЛЕТА СНАРЯДА
•
ВЫСОТЫ ВЫПУСКА
Jack Sweeney “Fundamentals of throwing”
3 of 17
87-rasm.
Yadro itqitish joy burchagi
Snaryadning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi “uloqtiruvchi-
snaryad” tizimi tomonidan final kuchlanishi boshlanishiga qadar
yugurib kelishda to‘plangan harakatlar soniga, shuningdek,, final
kuchlanishi fazasida, snaryadga tushadigan kuch ta’sirining uzoqligi
va kattaligiga bog‘liq.
Yugurib kelish yo‘lakning uzunligi bo‘yicha turli qismlarida
(bo‘laklarida) harakatlar bilan snaryadga tezlik beriladi. Yadro
itqitishda boshlang‘ich tezlik – 2-3 m/s hosil qiladi, yakuniy tezlik
esa yadro irg‘itishda boshlang‘ich tezlikka nisbatan 4-5 marta oshib
ketadi.
Snaryadga beriladigan boshlang‘ich tezlik oyoq va gavda
mushaklari ishi hisobiga amalga oshiriladi, yakuniy tezlik esa yelka
444
kamari hamda qo‘llar mushaklarini ishga solish hisobiga beriladi.
Uloqtirishlar uchun mushaklarning ballistik ishi xos bo‘lib, uning
o‘ziga xos xususiyati oldindan cho‘ziltirilgan mushaklarning tez
qisqarishidan iborat.
Mushaklar harakat tugagunga qadar faol ishlashni ertaroq tugatadi.
Ko‘p sonli mushaklarning bunday qisqa muddatli va shiddatli ishi
harakat koordinatsiyasiga katta talablar qo‘yadi. Shunday qilib,
snaryadga avval ancha uzoq yo‘lda kichikroq kattalikdagi kuch bilan,
keyin esa qisqaroq yo‘lda kattaroq kuch bilan tezlik beriladi. Yengil
atletikada bu omillar har bir holda uloqtirishlar samaradorligini
belgilab beradi. Ularning tahlili snaryadni otayotgan uloqtiruvchining
barcha harakatlarining to‘g‘ri ketma-ketlikda bajarilishi to‘g‘risida
zarur tasavvur hosil qiladi. Belgilab o‘tilgan har bir omillarning
ahamiyati bir xil emas. Boshqa barcha teng sharoitlarda snaryadning
boshlang‘ich uchib chiqish tezligining eng katta tezligi har doim
ijobiy holat hisoblanadi va, asosan, uloqtirish uzoqligi uning oshishiga
bog‘liq. O‘z navbatida, snaryadning uchib chiqish tezligi snaryadga
beriladigan kuch kattaligiga, snaryadga kuchning ta’sir qilish yo‘li
uzunligiga va kuch berish vaqtiga bog‘liq. Bunday bog‘liqlikni shartli
ravishda quyidagicha aniqlash mumkin:
;
l
t
F
V
⋅
=
bu yerda v – snaryadning uchib chiqish tezligi; F – snaryadga
beriladigan kuch; l – kuchlarning ta’sir qilish yo‘li uzunligi; t – kuch
berish vaqti.
Agar F/t kuch gradiskti (uning o‘sib borish tezligi) sifatida qaralsa,
snaryadning uchish uzoqligi kuch gradisktiga va snaryadga kuchlanish
berish yo‘lining uzunligiga bog‘liq. Ayni paytda, tezkorlik – insonning
harakatlarni ma’lum bir sharoitlar uchun minimal vaqt oralig‘ida
bajarish qobiliyatidir. Shuning uchun kuch qancha katta tezlik bilan
o‘sib borsa, tezkorlik shuncha katta bo‘ladi. Boshqacha aytganda,
tezkorlik kuch gradisktiga bog‘liq. Uloqtirishlarda kuchning o‘sib
borishi snaryad va tana qismlarining harakati bilan kuzatilishi tufayli
ushbu holda tezkorlik kuchning o‘sish tezligi yoki kuch gradiskti
hisoblanadi.
445
;
t
F
V
=
bu yerda V – tezlik, F – kuch, t – kuchning o‘sib borish vaqti.
Agar kuch gradisktini tezlik-kuch indeksi bilan o‘lchasak,
snaryadga kuch berish yo‘li uzunligini texnik mahorat darajasi sifatida
e’tiborga olsak, oxir-oqibat quyidagi xulosaga kelamizki, sport
uloqtirishida natija uloqtiruvchining tezlik-kuch tayyorgarligiga va
texnik mahoratiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
Snaryadning harakat tezligini oshirish uchun shu narsa o‘ta muhim
sanaladiki, butun yo‘l davomida kuchlanishlar ortib borishi lozim.
Ya’ni, butun yo‘l davomida mushaklarning qat’iy ketma-
ketlikda qisqarishi hisobiga erishiladigan tezlanish kerak bo‘ladi.
Mushaklarning bunday qisqarishi, o‘z navbatida, kuchlanishlarning
o‘sishiga, snaryadning harakat tezligi oshishiga sharoitlar hamda inson
tanasi qismlarining barcha mushaklaridan foydalanishga imkoniyat
yaratadi.
Barcha snaryadlar uchun optimal uchib chiqish burchagi 45
0
dan
kamroq. III razryad va undan kattaroq darajadagilarning natijalari
uchun snaryadning optimal uchib chiqish burchagi yadro irg‘itishda –
38-41
0
atrofida bo‘ladi. Shuni ham e’tirof etish joizki, optimal kattaliklar
zonasida uchib chiqish burchagining 1-3
0
atrofida o‘zgarishi (uchib
chiqish tezligiga nisbatan) natijaga kam ta’sir ko‘rsatadi (11-jadval,
V.N. Tutevich ma’lumotlari bo‘yicha).
Snaryadning eng baland uchib chiqish nuqtasi ham uchish
uzoqligiga ta’sir ko‘rsatadi. Aniqlanishicha, yadroning uchish uzoqligi
snaryad sportchining qo‘lidan chiqib ketayotgan balandlikka bog‘liq
holda oshadi.
Snaryadning uchish uzoqligini belgilovchi asosiy shartlar o‘rtacha
kattaliklar va ahamiyati darajasi quyidagicha – natijaga ta’sir
ko‘rsatuvchi sabablar:
-Snaryadning uchish tezligi – 14 m/s;
-Snaryadning uchish burchagi, daraja – 39-42
0
;
-Havo muhitining qarshiligi (ahamiyati) – kichik;
446
-Snaryadning qo‘ldan uchib chiqish balandligi (ahamiyati) – katta.
Formuladan aks etib turibdiki, uloqtirishning natijasini ta’minlovchi
eng ahamiyatli omil – bu snaryadning uchib chiqish tezligidir. Uchish
uzoqligi snaryad qo‘ldan uchib chiqqan vaqtda erishgan tezligining
kvadrati kattaligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
11 – jadval
Dostları ilə paylaş: |