448
jarayonidagi harakatlanish yo‘li kattaligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqador. Bosqon zarb bilan yugurib kelish paytida ham (uchta
burilishdan uloqtirganda 60 m dan ziyod, to‘rt burilishdan uloqtirganda
72 m dan ziyod), yakunlovchi kuchlanishda ham (6 m dan ortiq) eng
uzoq yo‘lni bosib o‘tadi. Eng qisqa yo‘l – yadroniki, chunki uning
irg‘ib yugurib kelish paytidagi o‘rtacha yo‘li uzunligi 1,20 m ga,
burilish bilan yugurib kelishda – 2,30 m ga teng, final kuchlanishda
esa 1,70 m chegarasida bo‘ladi (jadval).
Snaryadning tezlik olish vaqti uning uchib chiqish vaqtidagi
boshlang‘ich tezligiga teskari nisbatda, ya’ni vaqtning qisqarishi
tezlikning ortishiga olib keladi.
Snaryadning uchish uzoqligiga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir omil
uchib chiqish burchagi sanaladi. Snaryadning uchib chiqish burchagi
tezlik vektori (yo‘nalishi bo‘yicha snaryadning uchib chiqish
lahzasidagi parvoz trayektoriyasiga urinma) bilan gorizontal chiziq
orasidagi burchak sifatida belgilanadi. Uloqtirishlarning deyarli
barcha turlarida uchib chiqish burchagi har doim nazariy jihatdan
samaraliroq bo‘lgan 45
0
ga teng burchakdan kichikroq bo‘ladi. Uchib
chiqish burchagining optimal kattaliklargacha kichrayishi snaryadning
aerodinamik xususiyatlari (disk, nayza), havo muhitining qarshiligi,
snaryadning qo‘ldan uchib chiqish balandligi hamda uloqtirish
chog‘ida sportchining asosiy mushak guruhlaridan eng unumli
foydalanishi yuz beradigan sharoitlar bilan bog‘liq. Uchib chiqish
burchaklarining o‘rtacha qiymatlari 12-jadvalda berilgan.
12-jadval
Dostları ilə paylaş: