Yengil atletika va uni


Snaryadning uchib chiqishi va uchishi



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. 
Yadro itqitishda uchib 
chiqish nuqtasi qo‘lning eng baland ko‘tarilgan nuqtasiga mos keladi. 
Yadroning uzoqqa uchishi uchun uning 45
0
burchak ostida uchib 
chiqishi nazariy jihatdan qulay hisoblanadi, biroq amalda bu burchak 
kichikroq bo‘ladi. 
Snaryadning uchib chiqish nuqtasi tayanchdan yuqori joylashganligi 
sababli u yerga tushganda joy burchagi hosil bo‘ladi (uchib chiqish 
nuqtasidan yerga tushish nuqtasigacha o‘tkazilgan chiziq va erga 
tushish nuqtasi orqali o‘tadigan gorizontal chiziq o‘rtasida). 
Burchak kattaligi uchib chiqish nuqtasi balandligiga va orqaga – 
uchish uzoqligiga bog‘liq. Yadro irg‘itishda u 10

dan kattaroq bo‘lishi 
mumkin. 
Qo‘ldan to‘g‘ri chiqarib yuborilgan snaryad uchib chiqish vaqtida 
kichik ijobiy – hujum burchagiga ega bo‘ladi. Buning natijasida havo 
qarshiligi sezilarli bo‘lmaydi. 
96-rasm. 
Joy burchagi 
Hujum burchagi – bu snaryad sirti va havoning qarshi oqimi 
yo‘nalishi o‘rtasidagi burchakdir. 
Yadro itqitishda snaryadga ta’sir qilish kuchi qancha kam bo‘lsa, 
uchib chiqish burchagi shuncha katta bo‘ladi va aksincha. 


455
4.3. Yadro itqitish texnikasining asosiy qoidalari
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, yadro parvozining uzoq davom 
etishi snaryadning uchib chiqish tezligi, burchagi hamda itqitish 
vaqtidagi gorizontga nisbatan balandligiga bog‘liq. 
Snaryad uchib chiqishining boshlang‘ich tezligi o‘sishi uchun 
uning yo‘li uzunligi hamda tezlanish vaqti muhim omildir. 
Erkaklarda yakunlovchi tezlanish yo‘lining uzunligi 1,8 m gacha, 
ayollarda esa 1,65 m gacha bo‘ladi. Yakunlovchi kuchlanishni bajarish 
uchun erkaklar o‘rtacha 0,23 s, ayollar esa 0,22 s sarflaydilar. Yadroni 
19 m dan uzoqqa itqitishda boshlang‘ich tezlik – 13 m/sek, 22 m dan 
ortiq masofaga itqitishda esa 14 m/sek dan ko‘proq bo‘ladi.
Snaryadning uchib chiqish vaqtidagi boshlang‘ich tezligi 15-20% 
ga, avvalgi zarb berish (sapchib yoki burilib) tezligidan va 80-85% ga 
yakunlovchi qism tezligidan tashkil topadi.
Yadro itqitishda kuchlanishlar quvvati jismoniy, ayniqsa, tezlik-
kuch sifatlarining rivojlanish darajasidan, o‘z harakat imkoniyatlarini 
safarbar qilish qobiliyati, shuningdek,, texnik mahoratni ishga solish 
va o‘z harakat potensialidan foydalana bilishga ko‘ra aniqlanadi.
Yadro itqitishdagi muhim ko‘rsatkich uning uchib chiqish burchagi 
hisoblanib, u eng yaxshi itqituvchilarda 39-42

ga teng. Uchib chiqish 
burchagi, asosan, sportchining yakunlovchi bosqichdagi harakatlari 
asosida hosil bo‘ladi. Avval o‘ng, yakunlovchi qismning oxirida chap 
oyoq bo‘g‘imlarining rostlanishi, gavda va itaruvchi qo‘l harakatlari 
bilan ta’minlanadi. Har bir sportchi uchun snaryadni itqitish balandligi 
ko‘pincha doimiy bo‘lib, uning bo‘yi bilan bog‘liq. O‘ng oyoq 
tizzasining yetarlicha rostlanmasligi tufayli texnikada yuz beradigan 
xatolik ko‘p hollarda snaryadni itqitish balandligining yetarli bo‘lmas-
ligiga olib keladi.
Yadro itqitishda sport natijalarining asosini texnikani o‘zlash-
tirganlik darajasi tashkil etadi, uni itqitish uzoqligi va joyidan tezlik 
berish orasidagi tafovutga qarab baholash mumkin. 1 m dan ortiq farq 
o‘rtacha baholanishi mumkin, 1,5 m dan ortig‘i – yaxshi, 2 m dan 
ziyod bo‘lsa – a’lo.


456
Yadro itqitish texnikasini baholash usullari sirasiga ma’lum bir 
sportchi texnikasini yuqori malakali sportchi texnikasi bilan taqqoslash 
usulini kiritish mumkin. Taqqoslash orqali tenglashtirish texnikasi 
ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritamiz (V.M. Zastiorskiy bo‘yicha, 1971-
y.). Bu usulning kamchiligi shundaki, yosh sportchilar texnikaning 
eng yaxshi usullarini emas, uning nuqsonlarini ham takrorlashlari 
mumkin, bundan esa hatto eng kuchli atletlar ham kafolatlanmagan. 
Yana bunday yondashuvda taqqoslanayotgan uloqtiruvchilarning 
jismoniy tayyorgarligi darajasi ko‘pincha hisobga olinmaydi. 
Yadro itqitish texnikasini baholashning yana bir usuli biomexanik 
tahlil asosida aniqlangan muayyan bir namuna (ideal) bilan qiyoslash 
sanaladi (V.M. Zastiorskiy bo‘yicha texnikaning mutlaq samaradorligi, 
1979-y.). Masalan, yuqori malakali sportchilarda yadroga tezlik 
berish yo‘li uzunligi 180 sm gacha etadi. Agar u yoki bu sportchida 
yadroga tezlik berish yo‘li shu ko‘rsatkichdan kichik bo‘lsa, mazkur 
ko‘rsatkich nuqtai nazaridan uning texnikasini samarasiz deb hukm 
chiqarish kerak.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin