447
88-rasm.
Uloqtirishda snaryadni harakat tezligini hosil qilish
Malakali sportchilarda yengil atletikaning klassik
uloqtirish turlari
bo‘yicha boshlang‘ich tezligi o‘rtacha kattaliklari (erkaklar va ayollar
uchun umumiy) jadvalda keltirilgan.
Snaryadning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi zarb bilan yugurib
kelish hamda yakunlovchi kuchlanish bosqichlarida erishilgan tezliklar
yig‘indisini hosil qilish natijasida o‘zining maksimal kattaligiga
ega bo‘ladi. Jadvalda qo‘llanayotgan uloqtirishlar turi
tuzilishiga
qarab uchib chiqish tezligiga erishishning turli yo‘llarini aks ettiradi.
Yakunlovchi kuchlanishda tezlikning eng yuqori o‘sishi yadro itqitish
(85%) va nayza uloqtirish (80%) chog‘ida amalga oshiriladi. Bosqon
uloqtirishda snaryadning boshlang‘ich tezligiga (85%) zarb bilan
yugurib kelish eng asosiy “hissa qo‘shadi” (snaryadning
dastlab
aylantirilishi va burilishlarni bajarish yo‘li bilan). Disk uloqtirishda
zarb bilan yugurib kelish va yakunlovchi kuchlanishning tezlikni
oshirishdagi ahamiyati deyarli bir xil.
Harakatning asosiy bosqichlari oxirida snaryadga tezlik berish
ko‘rsatkichlari nisbati yadroda quyidagicha (snaryadning boshlang‘ich
uchib chiqish tezligining 100% idan):
-zarb bilan yugurib kelish, 15%;
-yakunlovchi kuchlanish, 85%.
Snaryadning boshlang‘ich uchib chiqish
tezligi uning tezlik olish
448
jarayonidagi harakatlanish yo‘li kattaligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqador. Bosqon zarb bilan yugurib kelish paytida ham (uchta
burilishdan uloqtirganda 60 m dan ziyod, to‘rt burilishdan uloqtirganda
72 m dan ziyod), yakunlovchi kuchlanishda ham (6 m dan ortiq) eng
uzoq yo‘lni bosib o‘tadi. Eng qisqa yo‘l – yadroniki, chunki uning
irg‘ib yugurib kelish paytidagi o‘rtacha yo‘li uzunligi 1,20 m ga,
burilish bilan yugurib kelishda – 2,30 m ga teng, final kuchlanishda
esa 1,70 m chegarasida bo‘ladi (jadval).
Snaryadning tezlik olish vaqti uning
uchib chiqish vaqtidagi
boshlang‘ich tezligiga teskari nisbatda, ya’ni vaqtning qisqarishi
tezlikning ortishiga olib keladi.
Snaryadning uchish uzoqligiga ta’sir ko‘rsatuvchi yana
bir omil
uchib chiqish burchagi sanaladi. Snaryadning uchib chiqish burchagi
tezlik vektori (yo‘nalishi bo‘yicha snaryadning uchib chiqish
lahzasidagi parvoz trayektoriyasiga urinma) bilan gorizontal chiziq
orasidagi burchak sifatida belgilanadi. Uloqtirishlarning deyarli
barcha turlarida uchib chiqish burchagi
har doim nazariy jihatdan
samaraliroq bo‘lgan 45
0
ga teng burchakdan kichikroq bo‘ladi. Uchib
chiqish burchagining optimal kattaliklargacha kichrayishi snaryadning
aerodinamik xususiyatlari (disk, nayza), havo muhitining qarshiligi,
snaryadning qo‘ldan uchib chiqish
balandligi hamda uloqtirish
chog‘ida sportchining asosiy mushak guruhlaridan eng unumli
foydalanishi yuz beradigan sharoitlar bilan bog‘liq. Uchib chiqish
burchaklarining o‘rtacha qiymatlari 12-jadvalda berilgan.
12-jadval
Dostları ilə paylaş: