452
91-rasm.
Tezlik olishga
tayyorgarlik
92-rasm.
Dastlabki holat,
sapchishga tayyorlanish
Bunday holatga tanani uloqtirish yo‘nalishiga teskari tomonga
optimal egiltirish, burish yoki “burash”,
shuningdek,, oyoqlarni
(birinchi navbatda – tayanch oyoqni) optimal chegaragacha bukish
yordamida erishiladi (tana og‘irligi o‘ng oyoqda). Snaryadga kuch
berish yo‘lini oshirish uchun oyoqlarning joylashish kengligi ham
muhim ahamiyatga ega. Biroq oyoqlarni joylashtirish kengligi har bir
uloqtiruvchi uchun faqat tajriba yo‘li orqali belgilab olinishi mumkin.
Final kuchlanishga tayyorlanish jarayonida sportchining
gavda
egilishini kamaytirish hisobiga harakat tezligi bir oz oshishi mumkin.
Umuman olganda, final kuchlanishga tayyorlanish passiv palla
hisoblanadi, chunki bu paytda tezlanish yo‘qligi sababli “uloqtiruvchi-
snaryad” tizimining harakatlanish tezligi kamayadi.
93-rasm.
Sapchip yadro itqitish texnikasi
453
94-rasm.
Aylanib yadro itqitish texnikasi
95-rasm.
Yadro itqitish joyi
Final kuchlanishi.
Itqitishning bu qismi vazifasi – snaryadni
fazoda to‘g‘ri joylashtirgan holda optimal burchak
ostida snaryadga
maksimal tezlik berish. Bu vazifa mushaklarning, birinchi navbatda,
oyoqlar
mushaklarining tez, qat’iy tartibda ketma-ket qisqarishi
hisobiga bajariladi.
Itqituvchi sapchishdan so‘ng qo‘sh tayanch holatni egallashi
bilanoq, oyoqlar mushaklari qisqarib, gavdani ko‘taradi, bir vaqtning
o‘zida tos oldinga chiqariladi. Oyoqlarni tekislash va tosni oldinga
chiqarish
shuning uchun kerakki, gavda mushaklari cho‘ziluvchan
holatda qolishi, tekis chap oyoq esa a’zolarning harakatlarini to‘xtatish
uchun tayanch bo‘lishi lozim.
Itqituvchining tekislangan oyog‘i tana mushaklari qisqarishi uchun
zarur bo‘lgan qattiq tayanch hisoblanadi. Tana mushaklari to‘liq
qisqargandan so‘ng qo‘l mushaklari ishga qo‘shiladi.
Mushaklarning ketma-ket qisqarishi final kuchlanishda katta
ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, agar mushaklarning ketma-ket
454
qisqarishiga
rioya qilinsa, keyingi mushak kuchi oldingi mushak
kuchi nolga teng bo‘lgan paytda ishga tushadi va shu orqali snaryad
harakatlanishining eng katta tezligiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: