457
Vositalari:
1. Yadro itqitish va uni bajarish qoidalari bilan tanishtirish.
2. Doira ichida yadro itqitishni tushuntirish va ko‘rsatish.
3. Ko‘rgazmali qurollardan (kinogrammalar, o‘quv filmlari va
kinokolstovkalar) foydalanib ko‘rsatish.
4. Normativ talablar: razryad, o‘quv va h.k. bilan tanishtirish.
5. Rekordlar va ularni bajarilishi bilan tanishtirish.
6. Yadro itqitishda sport natijalarini ko‘rsatish uchun bog‘liq
bo‘ladigan omillar bilan tanishtirish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Birinchi mashg‘ulotlarda yengillashtirilgan
yadrodan
foydalaniladi, baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun
shug‘ullanuvchilarni oralig‘i 3-4 m qilinib, bir tomonga qarab itqitiladi.
2-vazifa.
Shug‘ullanuvchilarni yadroni ushlash va itarishga
o‘rgatish.
Vositalari:
1. Yadroni qo‘ldan va bo‘yin
yonida ushlanishni tekshirish,
ko‘rsatish va tanishtirish.
2. D.H. asosiy turish, yadro balandda, cho‘zilgan qo‘llardagi
barmoqlar bilan itqitish ushlab olinadi.
3. Yadroni itqitishni yo‘nalishiga qarab yuqoriga,
oldinga yuqoriga
qarab itg‘itish.
4. Xuddi shuning o‘zi, yo‘nalishiga qarab yarim yon tomondan
itqitiladi.
5. Yadroni goh chap, goh o‘ng qo‘l bilan yoki ikki qo‘l bilan o‘zidan
oshirib otib ilib olish.
6. Yadroni
pastdan oldinga-balandga, ikki qo‘llab orqadan oldinga
boshdan oshirib otish.
7. Gavda to‘g‘ri ushlangan, o‘ng
oyoq tizzadan buklangan, chap
oyoq oldinga qo‘yilgan holatdan, yadroni ko‘krak oldidan ikki qo‘llab,
oldinga balandga qarab itg‘itish.
8. Xuddi shuning o‘zi, lekin bir qo‘lda bajarish.
9. D.H. asosiy, yadro yuqoriga cho‘zilgan, o‘ng qo‘lda. Oyoqni
ozroq egib, yadroni panjalar bilan itg‘itish. Yadroni ushlab olish.
10. 3, 4, 5-mashqlarni to‘ldirma to‘plar bilan bajarish.