6-vazifa.
Yadro itqitish texnikasini takomillashtirish va shaxsiy
xususiyatlarini oshirish.
Vositalari:
1. Har xil og‘irlikdagi yadroni turgan joydan va sakrab-sakrab
itqitish.
2. Yadroni natija uchun itqitish.
460
3. Og‘irlik va tortish mashqlarlaridan (toshlar, qadoqtoshlar,
shtangani disklari va h.k.) foydalanish.
4. Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
5. Nazorat va kalendar musobaqalarda qatnashish.
6. Shug‘ullanuvchilar orasida musobaqa tashkil qilish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Jismoniy rivojlanish kamchiliklarini topish
va ularni maxsus vositalar va yadro mashqlar bilan bartaraf etish.
Final kuchlanishida oyoq, gavda va qo‘lni barobar ishlashiga erishish.
Texnikani baholash uchun joydan va sakrab itqitilgan natijalar
solishtiriladi (yaxshi texnikani egallaganda farq, 1,5-2 m ni tashkil
qiladi).
4.5.
Yadro itqituvchilarning maxsus mashqlari
Yadro itqituvchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy va
maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak. chunki
kichik texnik tayyorgarligi o‘zlashtirish mumkin, katta mashqlar
miqdori bajarishi bilan har bir mashq boshlanishi, malakali iloqtiruvchi
ham mashqda cho‘zilishi muskullarning harakat qilishi, asosan
bel, yelka, kurak va oyoq chunki ko‘plab uloqtirish harakati ham
orqaga, yonga va aylanib amalga oshiriladi. Shuning uchun Yadro
itqituvchilarning boshqa turdagi yengil atletikachilardan farq qilgan
holda bel, yelka, kurak va oyoq muskullari nafaqat kuchli harakat
qilish balki elastiklik bo‘lishi ham shart. Maxsus mashqlar orqali
mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni, egiluvchanlikni,
harakat tеzligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin.
461
1.
Oyoqlar yelka kеngligida,
o‘ng qo‘lda yuqoridan yadroni
ushlagan holda o‘ngga egilib,
yadro yelka barobariga tushi-
riladi va yondan yuqoriga yad-
roni uloqtirib, chap qo‘lda ilib
olinadi. Yadroni qo‘ldan-qo‘lga
uloqtirib ilib olish jarayonida
oyoqlar tizza bo‘g‘imidan bir oz
bukiladi.
2.
Oyoqlar yelka kеngligida,
yad roni ikki qo‘llab bosh yuqo-
risida ushlab turiladi. Yarim
o‘tirgan holda, qo‘llarni oyoqlar
orasiga olib tеzda oyoqlarni
to‘g‘rilab yadroni oldinga-
yuqo riga uloqtirish va yana ikki
qo‘llab ushlab olish. Yadroni
uloqtirganda uzoqqa emas, balki
yaqinroqqa uloqtirish. Bu esa
yadroni ushlab olishga qulay.
3.
Tik turgan holda yadroni bir
qo‘lda ushlab, orqadan uloq-
tirib, ikkinchi qo‘lda ilib olish.
Yadroni orqadan uloqtirganda
oyoqlar tizza bo‘g‘imidan bir
oz bukiladi va uloqtirishning
so‘ngida oyoqlar uchiga ko‘ ta-
rilish kеrak.
462
4.
Yadroni ikki qo‘llab yuqorida
ushlagan holda o‘ng tomonga
egilib, chap tomonga uloqtirish.
Gavda egilgan tomondagi oyoq
tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi
va boshqa oyoq to‘g‘rilanadi
ham
da uloqtirish so‘ngida
oyoq lar uchiga ko‘tariladi.
5.
Ko‘krak oldida yadroni ikki
qo‘llab ushlagan holda oyoq-
larga yarim o‘tirib, tеzlik bilan
oldinga-yuqoriga uloqtirish.
Uloq tirish so‘ngida gavda bir oz
oldinga engashtiriladi va oyoq-
lar uchiga ko‘tariladi.
6.
Tik turgan holda yadroni ikki
qo‘llab bosh yuqorisida tutiladi.
Yarim o‘tirgan holda qo‘llarni
oyoqlar orasiga olib, tеzda
oyoq lar to‘g‘rilanadi va yadro
oldinga-yuqoriga uloqtiriladi.
Uloq tirishning oxirida gavda ol-
dinga intiladi va oyoqlar uchiga
ko‘tariladi.
7.
Shu mashqning o‘zi, faqat
yadroni orqaga uloqtirib bajari-
ladi.
463
8.
Yadroni bo‘yin bilan siqib,
oxirgi kuch bеrish holatida yon-
ga, ya’ni snaryad tomonga enga-
shib turish va yadroni oldinga-
yuqoriga itqitib yuborish.
9.
Shu mashqning o‘zi, faqat
mashq snaryadsiz itqitishga
taq lid qilinadi. Itqitishga taq lid
qilayotganda so‘nggi hara
kat-
larni sakrab bajarish lozim.
Dostları ilə paylaş: |