473
2000-yilda o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida S.Jilkovskiy 80,02
metrga bosqon uloqtirishning uddasidan chiqadi. Sidney shahrida
o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida ayollar bellashuvi ham dastur
tarkibidan o‘rin egallab, bu yo‘nalishda birinchi chempion ayol
sportchi sifatida Polshalik K.Skalimovska 71,16
metr natija bilan
shoh supadan o‘rin egallagan.
Hozirgi vaqtda bosqon uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo
rekordi SSSRlik Yuriy Sedixga tegishli bo‘lib, 1986-yil, 86,74 m natija
qayd etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida dunyo
rekordi Germaniyalik Betti
Xaydlerga tegishli u 2011-yil, 79,42 m natijani qayd etgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng bir qator bosqon
uloqtiruvchilar etishib chiqdilar. 1997-yilda A.Abduvaliyev 82 m
60 sm, O. Ustinov 76 m 62 smga bosqon uloqtirish bo‘yicha Osiyo
chempioni bo‘lishgan. Olga Jogoleva 52 m 16
sm masofaga uloqtirib
O‘zbekistonning bir necha bor chempioni bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: