524
tiriladi, bunda ko‘pkurashchilar uchun maxsus mashqlardan foyda-
laniladi va ularning sportda yoki professional sportda yuksak
natijalarga erishishlari imkoniyatlarini aniqlash asosida maqsadlarni
rejalashtirishni nazarda tutadi.
Maxsus faza davomida intensiv uslublar ustuvorligiga amal
qilinadi, bunda mashqlar va alohida turlar bo‘yicha texnikaning
takomillashtirilishiga nisbatan asosiy davra tavsifidagi yonda-
shuvlardan voz kechiladi. Mashg‘ulotlarning ko‘pkurash
sport turiga
oid o‘ziga xos tavsiflari maxsus bosqichda kelgusida to‘siqlar osha
yuguruvchilar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar uchun ustuvorlikka ega
bo‘lishi bilan belgilanadi. Tayyorgarliklarning davriy tavsiflarini qayd
qilib o‘tamiz.
Alohida mashg‘ulotlar davrlarida mashg‘ulotlarning tavsiflari
sezilarli darajada o‘zgaradi. Ko‘pkurash sporti 2 – 5 ta tur bo‘yicha
bo‘yicha o‘tkaziluvchi musobaqalar son miqdori borgan sari ortib
borishi kuzatiladi. Yosh ko‘pkurashchilar sprint, to‘siqlar osha yugurish
va uzunlikka sakrash kabi turlarda ishtirok etishi qayd qilinadi. Bu
bosqichining tugallanishi bo‘yicha sportchilarning ko‘pkurash
sport
turi yo‘nalishida istiqbollari haqida qarorlar chiqariladi.
Hozirgi vaqtda professional tavsifga ega bo‘lgan mashg‘ulotlarning
asosiy belgilari quyidagilardan tashkil topadi: mashg‘ulotlar
yuklamalarining mutloq darajada individuallashtirilishi, yakka
tartibdagi turlarda texnikaning qo‘yilishida trenerlar bilan birgalikda
mutaxasislarning maslahatlaridan foydalanish, salomatlik holati
bilan bog‘liq bo‘lgan muammoli masalalarini bartaraf qilish uchun
va kuchning tezkor qayta tiklanishi maqsadlarida tibbiy preparatlar
keng spektridan foydalanish, yaxshi ob – havo sharoitida uzoq vaqt
davomiyligida mashg‘ulotlarni olib borish.
Yettikurashda ixtisoslashtirish davomida bir vaqtning o‘zida
ko‘pkurashning barcha turlari o‘rganiladi yoki ma’lum bir ketma
– ketlikda o‘rganiladi (masalan, sprint – to‘siqlar osha yugurish,
uzunlikka sakrash,
nayza uloqtirish, balandlikka sakrash, yadro
uloqtirish, o‘rta masofalarga yugurish). Ketma – ketlikni mashq
qiluvchilarning yakka tartibdagi (individual) o‘ziga xosliklari, gavda
tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlari, ularning qiziqishlari va trenerning
525
ijodiy yondoshuvlariga bog‘liq holatda o‘zgartirish mumkin. Guruhni
yig‘ish asosini shogirdlarning yoshi emas, balki texnikani o‘zlashtirishi,
testlarni bajarishi va ko‘pkurash bo‘yicha
mutloq natijalari tashkil
qilishi talab qilinadi. Biroq, qanday darajada tayyorlanganligidan qat’iy
nazar, ayol sportchilar faqat o‘z tengdoshlari bilan musobaqalarda
qatnashishlari talab qilinadi.
III bosqichning vazifalari – 1 – razryad va sport nomzodligiga
qo‘yiluvchi talablarni bajarishdan tashkil topadi. Bu davrda
mashg‘ulotlarda sportchining orqada qolishi kuzatiluvchi yettikurash
turlariga alohida e’tibor qaratish,
biroq boshqa turlar bilan
shug‘ullanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik talab qilinadi.
Takomillashtirish bosqichi 2 – 6-yilgacha davom etishi mumkin.
Trener va sportchi ayol shifokor bilan hamkorlikda yuksak natijaga
erishish ko‘rinishidagi umumiy vazifani hal qiladi. Mashg‘ulotlar
yetarlicha darajada qat’iy tartibda va intensivlik darajasi doimiy
ravishda oshirib borilishi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bunda
musobaqalarda chiqishlar tahlil qilinadi, natijalarni yaxshilash
imkoniyatlari qidirib topiladi.
Shuningdek,, sportchi ayollarda o‘rganishning barcha bosqichlarida
nazariy va axloqiy – ma’naviy, iroda jihatidan tayyorgarlik ham esdan
chiqarilmasligi zarur hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: