529
qichida turlarni o‘rganishning quyidagi ketma – ketligi nisbatan sa-
marali hisoblanadi:
1-yil: to‘siqlar osha yugurish, balandlikka sakrash va nayza uloq-
tirish uchun tayyorgarlik va maxsus mashqlarni o‘rganish; to‘ siqlar
osha yugurish va nayza uloqtirish;
2-yil: yugurib kelib balandlikka sakrash
va uzunlikka sakrash, yadro
uloqtirish bo‘yicha boshlang‘ich va maxsus mashqlarn o‘rganish.
Yugurib kelib balandlikka sakrash; to‘siqlar osha yugurish, nayza
uloqtirish
texnikasini takomillashtirish;
3-yil: yadro uloqtirish va yugurib kelib uzunlikka sakrash tex-
nikasini o‘rganish; to‘siqlar osha yugurish, nayza uloqtirish va yugurib
kelib balandlikka sakrash texnikasini takomilashtish.
Yettikurashda yengil atletika turlarini o‘qitishning tavsiya qilingan
ketma – ketligi boshlang‘ich ixtisoslashtirilish davrida barcha-yil lar
davomida mashqlarning bir butunlikda bajarilishini mustasno qil-
maydi, balki bunda ushbu holat ustuvorlikni belgilab beradi holos.
Ushbu bosqichda mashg‘ulotlar jarayonini-yillik stikl bo‘yicha
tuzib chiqish ko‘pincha holatlarda ikkita siklli tavsifga ega hisoblanadi.
Bu bosqichda bitta siklli rejalashtirish nisbatan murakkabroq
ko‘rinishda amalga oshiriladi va shu sababli, bu
bosqichda sportchilar
o‘z navbatida ko‘pkurash dasturi tarkibida ikkita – uchta turda yaxshi
natijalarga erishishni hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi,
qish mavsumida va shuningdek,, yozgi mavsumda o‘tkaziluvchi
yuqori rangdagi musobaqalar ko‘pkurash dasturi tarkibida bunda
aynan ushbu ko‘pkurash turlari bo‘yicha
raqobatlashish amalga
oshirilishi e’tiborga olinadi. Bu holat sportchilarda musobaqa tajribasi
egallanishi va musobaqa sharoitlarida o‘z imkoniyatlari darajasini
tekshirib ko‘rish imkonini beradi.
Oldingi bosqichga nisbatan solishtirilganda mashg‘ulotlar yuklama-
larining-yillik hajmi-yildan-yilga 10 – 12%ga ortadi (20 – jadval).
Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish bosqichi tugallanishida yosh
ko‘pkurashchilar ayollar o‘rtasidagi yettikurashning barcha turlari
bo‘yicha asosiy texnikalarni egallagan bo‘lishlari talab qilinadi.
Bundan tashqari, ko‘pkurashda sportchilarning navbatdagi davrlarda
takomillashtirilishi davomida jismoniy jihatdan ma’lum bir aniq
darajada rivojlanishga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
530
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun mezon sifatida
quyidagi 21 – jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar xizmat qilishi
mumkin.
Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish tugallanishida ko‘pkurashchilar-
ning orasidan quyidagi uchta tipdagi sportchilar ajratib olinadi:
1. Yugurish va sakrash bo‘yicha mashqlarni nisbatan muvafaqqiyatli
o‘zlashtiruvchilar.
2. Uloqtirish va sakrash mashqlarini nisbatan
nisbatan muvafaq-
qiyatli o‘zlashtiruvchilar.
3. Ko‘pkurashning barcha turlarini yaxshi o‘zlashtiruvchi, «univer-
sal» ko‘pkurashchilar.
20 – jadval
Dostları ilə paylaş: