137
I bosqichda yuguruvchi yo‘lka ketidan yugurish uchun u tayoqchani
har doim o‘ng qo‘lida
tutib turishi, o‘z sherigining esa chap qo‘liga
uzatishi kerak. Masofa bo‘ylab yugurish maksimal tezlik bilan amalga
oshiriladi. Qiyinligi shundaki, estafeta tayoqchasini yuqori tezlikda
chegaralangan zonada uzatish lozim.
Start chizig‘i
13-rasm.
Pastki startda estafeta tayoqchasini ushlash
Estafeta tayoqchasini uzatishning ikki xil usuli mavjud: pastdan-
yuqoriga va yuqoridan-pastga. Birinchi usulda estafeta tayoqchasini
qabul qilib olayotgan yuguruvchi qo‘lini (tayoqchani uzatayotgan
yuguruvchining qo‘liga qarama-qarshi bo‘lgan qo‘lini) orqaga bir oz
yon
tomonga uzatadi, bosh barmoq kaft yuzasi tomoniga uzatiladi,
to‘rtta barmoq qisilgan, kaft to‘g‘ri orqaga qaratiladi.
Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini pastdan
yuqoriga harakat qilib bosh barmoq va kaft orasiga qo‘yadi.
Estafeta
tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi tayoqchaning tegishini
his qilgan zahoti uni ushlab, panjasiga qisib oladi (14- rasm).
Ikkinchi usulda ham qo‘l orqaga bir oz yon tomonga uzatiladi, lekin
kaft yuzasi yuqoriga qarab turadi. Tayoqchani
uzatayotgan yuguruvchi
estafeta tayoqchasini yuqoridan-pastga harakat qilish bilan uni kaftga
qo‘yadi. Tayoqcha qabul qilib olayotgan yuguruvchining qo‘liga
tegishi bilan u tayoqchani ushalab, panjasini qisib oladi (15-rasm).
Estafeta topshirayotgan yuguruvchi nazorat chizig‘iga etib kelgan
paytda qabul qilib olayotgan yuguruvchi start tezlanishini boshlaydi.
138
Estafeta uzatish zonasiga yugurib kirgan holda ikkala yuguruvchi
yaqinlashadi, birinchisi ikkinchisiga etib oladi, tayoqchani uzatayotgan
yuguruvchi 2 ta yugurish qadamida qabul
qilib olayotgan yuguruvchi
estafetani uzatish maqsadida qo‘lini tekislab, orqaga uzatishi uchun
ovoz chiqarib qisqa buyruq berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: