133
IV – BOB. ESTAFETALI YUGURISH
4.1. Estafetali yugurishning rivojlanishi
Estafetali yugurish – bu engil atletikaning jamoaviy turi hisoblanib,
emotsional jihatlari va tomoshabopligi darajasi bo‘yicha yengil
atletikaning boshqa qolgan turlaridan sezilarli darajada ustunlikka
ega hisoblanadi. Estafetali yugurish stadionda va undan tashqarida
amalga oshiriladi. Estafetada asosiysi – yugurish vaqtida jamoa
ishtirokchilarining navbat bilan, belgilangan qoida bo‘yicha musobaqa
masofasini bosib o‘tishlari va ajratilgan 20 metrlik masofa doirasida
bir – biriga estafeta tayoqchasini uzatishlari bilan belgilanadi.
Estafetali yugurish yengil atletika musobaqasi
turi sifatida XI-X
asrda ommalasha boshlagan. Dastlab estafetali yugurish IV Olimpia
o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan (London shahri, 1908-yil). Bu
musobaqada estafetali yugurish musobaqalari 200 + 200 + 400 +
800 metr masofada amalga oshirilgan. Estafetali yugurish bo‘yicha
musobaqalarda dastlabki g‘oliblar AQSh sportchilari hisoblanib, ular
tomonidan 3.29,4 s natija qayd qilingan, ikkinchi o‘rinni Germaniya
jamoasi, uchinchi o‘rinni esa – Vengriya jamoasi egallagan.
Navbatdagi
Olimpia o‘yinlarida (Stokgolm shahri, 1912-yil) sportchilar ikkita
estafeta masofalari bo‘yicha bellashishgan – jumladan, 4×100 metr va
4×400 metr. Bu musobaqalarda masofalarga mos holatda Angliya (42,4
s) va AQSh (3.16,6 s) jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. XXVIII
Olimpia o‘yinlarida 4 × 100 metr masofada estafeta musobaqalarida
oltin medallar angliyalik sportchilarga nasib qilgan (38,07 s), 4×400
metr masofa bo‘yicha esa g‘oliblik amerikalik sportchilar tomonidan
qayd qilingan (2.55,91 s).
Hozirgi vaqtda estafetali yugurish yugurish bo‘yicha
erkaklar
o‘rtasida dunyo rekordi 4×100 metr masofada yamaykalik (Nesta
Karter, Maykl Freyter, Yoxan Bleyk va Useyn Bolt)larga tegishli
bo‘lib, 2012-yil, 36,84 s natija qayd etgan bo‘lsa, 4x400 metr masofa
bo‘yicha Amerikalik (Endryu Valmon, Kuinsi Uotts, Bats Reynolds va
Maykl Djonson) 1998-yil, 2.54,20 s,
natijani qayd etib, dunyo rekodini
o‘z qo‘llarida saqlab kelmoqdalar.
134
Ayollar o‘rtasida dastlabki Olimpia o‘yinlari medallari IX Olim-
pia o‘yinlarida (Amsterdam shahri, 1928-yil) qo‘lga kiritilgan. Bunda
ushbu musobaqalar dasturi tarkibiga 4×400
metr masofaga estafetali
yugurish bo‘yicha bellashuv kiritilgan. Bu sport turi yo‘nalishida
birinchi o‘rinni kanadalik ayol sportchilar egallashgan (ular tomonidan
ko‘rsatilgan natija – 48,4 s ga teng hisoblanadi), shuningdek,
ikkinchi o‘rinni AQShlik sportchi ayollar band etishgan (48,8 s).
Ayollar o‘rtasida 4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo‘yicha
bellashuvlar yirik musobaqalar dasturi tarkibiga faqat 1969-yildan
boshlab kiritila boshlangan.
Bu sport turi bo‘yicha dastlabki rasmiy rekord natija angliyalik
sportchi ayollar tomonidan qayd qilingan (3.30,8 s). 4×100 metr va
4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo‘yicha navbatdagi rekord
natijalar ko‘p marta takroriylikda yaxshilangan bo‘lib, bu natijalar
ko‘pincha holatlarda Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi va
AQShlik sportchi ayollar tomonidan qayd qilingan. Hozirgi vaqtda
4×100 metr masofada estafetali yugurish
musobaqalari rekord vaqti
41,37 s ga teng bo‘lib, bu natija Sobiq Germaniya Demokratik
respublikasi sportchilariga tegishli hisoblanadi (Kanberra shahri,
1985-yil), 4×400 metr masofada estafetali yugurish musobaqalari
rekord vaqti esa – 3.15,17 s teng bo‘lib, bu natija Sobiq Ittifoq
ayollar terma jamoasi tomonidan ko‘rsatilgan (Seul shahri, 1988-
yil). XXVIII Olimpia o‘yinlarida (Afina shahri, 2004-yil) 4×100 metr
masofada estafetali yugurish musobaqalarida 41,73 s vaqt natijasini
ko‘rsatgan Yamayka terma jamoasi birinchi o‘rinni
egallagan, 4×400
metr masofada estafetali yugurish musobaqalarida esa – AQSh terma
jamoasi 3.19,01 s natija ko‘rsatgan va birinchilikni egallagan.
Hozirgi vaqtda estafetali yugurish yugurish bo‘yicha ayollar
o‘rtasida dunyo rekordi 4×100 metr masofada AQShlik (Karmelita D,
Tiana M, Bayanka N, Ellison F)larga tegishli bo‘lib, 2012-yil, 40,82
s natija qayd etgan bo‘lsa, 4x400 metr masofa bo‘yicha SSSRlik
(Tatyana L, Olga N, Mariya P, Olga B) 1988-yil, 3:15,17 s natijani
qayd etib dunyo rekordini o‘z qo‘llarida saqlab kelmoqdalar.