D. V. Rasulova I. Xotam ov X. S. Asatullayev


-rasm. Kompaniya strategiyasini belgilovchi om illar



Yüklə 19,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/78
tarix03.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#172221
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
D. V. Rasulova. Biznesni tadqiq etish usullari. 2019

6.2-rasm.
Kompaniya strategiyasini belgilovchi om illar
Tashkilot strategiyasi - kompaniyani turgan joyidan erishmoqchi 
b o ig a n joyiga qanday qilib o ‘tkazish mumkin, degan masalani yechish 
borasidagi yo‘riqnomadir. Odatda, strategiya 4 xil darajada ishlab 
chiqiladi:
107


-korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yo‘naIishlari 
b o ‘yicha umumiy strategiya);
-ishbop strategiya (kompaniyaning har bir yo‘nalishi uchun 
strategiya);
-funksional strategiya (kompaniyaning har bir funksional tuzilmasi 
uchun strategiya);
-amaliy 
strategiya 
(asosiy 
tuzilmalar: 
zavodlar, 
savdo
shoxobchalari va boMimlar uchun).
Strategiyani ishlab chiqishning asosiy tashkiliy pog‘onalari 
Strategiya faqat oliy rahbariyat miqyosidagina ishlab chiqilishi 
mumkin emas.
2-jadval
Firma strategiyasini ishlab chiqishning asosiy pog‘onalari
Pog‘ona
Ishlab chiqishga (q a ro r 
qabul qilishga) 
m as’u liar
Ishlanm aning mazmuni
Korporativ
strategiya
Ijrochi direktor, asosiy 
vitse-direktorlar 
(qarorlar direktorlar 
kengashi tomonidan 
qabul qilinadi, qayta 
ko‘rib chiqiiadi).
Xo‘jalikning o ‘rta bo‘g ‘ini portfelini 
tashkil qilish va boshqarish. 
xo'jalikning o ‘rta bo‘g ‘ini sinergizmini 
raqobatli ustunlik sifatida ta’minlash. 
Investitsiya imtiyozlarini aniqlash va 
eng manfaatli tarmoqlarda resurslami 
boshqarish. Xo‘jalikningo‘rtabo‘g‘ini 
rahbarlarining asosiy strategik 
yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishni 
tekshirish umumiylashtirish.
Xo‘jalikning
o ‘rtab o ‘g‘ini
strategiyasi
Bosh menejer 
xo‘jalikning o ‘rta 
bo‘g‘ini boshliq 
tomonidan (qarorlar 
firma rahbariyati 
tomonidan qabul 
qilinadi, qayta ko‘rib 
chiqiiadi).
Muvaffaqiyatli raqobatchilikka hamda 
unda ustunlikka erishishga qaratilgan 
harakallar hamda yondashuviami 
belgilab olish.
Tashqi shartlaming o'zgarishiga javob 
reaksiyalarini shakllantirish.
Asosiy funksional xizmatlaming 
strategik tashabbuslarini umumlash- 
tirish. 0 ‘ziga xos muammolami hal 
qilish.
108


Funksional
strategiya
Funksional menejerlar 
(qarab, stratetda 
xo‘jalikning o ‘rta 
bo‘g ‘in rahbariyati 
tomonidan qabul 
qilinadi, qayta ko'rib 
chiqiladi).
Biznes strategiyasini qoMlab- 
quvvatlashning funksional 
yondashuvlarini tashkil qilish va ITTKl, 
ishlab chiqarish, marketing, moliya, 
xodimlar bilan ishlash sohalarida 
funksional maqsad va strategiyalarga 
erishish. Quyi bosqichdagi 
menejerlaming asosiy yondashuvlarini 
qayta ko‘rib chiqish, tekshirishni 
unifikatsiyalash.
Tezkor
strategiya
Dala bo‘linmalarining 
rah-barlari quyi daraja 
menejerlari, shu 
jumladan, funksional 
menejerlar (qarorlar 
funksional boMimlaming 
boshliqlari tomonidan 
qabul qilinadi, qayta 
ko‘rib chiqiladi).
Dala bulinmalari va funksional 
boMimlaming maqsadlariga erishish 
uchun funksional va xo‘jaIikning o ‘rta 
bo‘g ‘ini strategiyalarini qoMlab- 
quvvatlashga qaratilgan tor sohadagi va 
maxsus yondashuvlar hamda chora- 
tadbirlami ishlab chiqish
Uni ishlab chiqishning quyidagi to‘rtta pog‘onasini ajratib olish 
maqsadga muvofiqdir:
-korporatsiya miqyosi;
-boMinmalar miqyosi;
-funksional miqyos;
-kuyi pog‘ona menejerlari (dala komandirlari).
Firmada strategiyani ishlab chiqish iyerarxiyasi quyidagi jadvalda 
keltirilgan.
Strategiyani boshqarishda korxona vazifalarini shakllantirish 
korxonaning 
mazmun-mohiyatini, 
uning 
faoliyat 
maydonini, 
kelajakdagi istiqboli va rivojlanish yo ‘nalishIarini va uning boshqa 
raqobatchilardan farqini aniqlab olishga yordam beradi.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotimizning turli tarmoqlaridagi 
sanoqli 
korxonalardagina 
aniq 
ifodalangan 
korxona 
vazifalari 
mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, 
zamonaviy boshqarish uslublari rivojlangan AQShda ham kompaniya 
va firmalar 60-70% gina o ‘z vazifalariga ega.
Vazifalarda barcha e ’tibor ishlab chiqarilayotgan mahsulotga 
emas, balki iste’molchining talab va xohish-irodasini qondirishga 
qaratilishi lozim.
109


Keyingi bosqich korxonaning uzoq muddatli maqsadlarini aniqlab 
olishga qaratilishi kerak. Odatda, bunday uzoq muddatli maqsadlar 
aniq ko ‘rsatkich va raqam lam i o ‘z ichiga olmaydi. Ammo korxona o ‘z 
oldiga q o ‘yadigan uzoq muddatli maqsadlami aniq va lo‘nda b o iish i 
hamda unga erisha olish muhim ahamiyatga ega b o ia d i. M aqsadlar 
korxonani muvaffaqiyatini ta’minlovchi ikki asosiy natijada o ‘z 
ifodasini topishi kerak b o ia d i. Bu korxonaning moliyaviy va strategik 
faoliyatiga qaratilgan aniq natijalardir.
Korxonaning ko ‘p qirrali maqsadalari bir-biri bilan b o g iiq holda 
bir maqsadga erishib, boshqa bir maqsadga etishishda uni o ‘zaro 
qoilab-quvvatlashi zarur.
Biznes olam ida muvaffaqiyatga erishgan mashhur kompa- 
niyalam ing tajribalaridan m aiu m k i, odatda, korxonalar juda katta 
miqyosdagi uzoq m uddatga m oijallangan maqsadlami o ‘z oldilariga 
q o ‘yadilar va unga erishish uchun 10-20 yil mobaynida ko‘p kuch va 
m ablagiarin i sa rf etadilar.
Masalan, 0 ‘zbekistonda mebel sanoatida samarali faoliyat olib 
borayotgan «Fayz-Xolding» 
kompaniyasining biznesdagi 
asosiy 
maqsadi o ‘z xaridorlariga oddiy tovar sotish emas, balki ular qilgan 
xaridlaridan qonikish hosil qilish, haqiqiy foyda olish hamda xona- 
donga xursandchilik b ag ish lash ga yordam berishdir. 11 ta ishlab 
chiqarish majmuasidan 5 ta qo ‘shma korxona va 14 ta savdo uylariga 
ega b o ig a n «Fayz-Xolding» kompaniyasi zamonaviy nemis texno- 
logiyalari va strategax boshqarish uslublarini joriy etish natijasida 
mahsulot turini kengaytirib, oshxona mebeli, yum shoq mebel, ofis 
mebeli, m aktab mebeli va tibbiyot mebellarini ishlab chiqarishni yulga 
kuygan. Bunda kom paniya asosiy e ’tibomi m ebellam ing qulayligiga, 
xavfsizligiga, 
yuqori 
sifatliligiga, 
sotuvdan 
keyingi 
kafolatlar 
m avjudligiga va arzon narxlarda sotilishiga qaratmoqda.
Tashqi muhitdagi strategiya omillami tahlil etish korxonalarga 
b o g iiq b o im a g a n tashqi om illam ing istiqbolda rivojlanish y o ila rin i 
va bu o ‘zgarishlar korxona strategiyasiga va uning faoliyatiga ta’sir eta 
olish darajasini aniqlash imkonini beradi. Umuman olganda, strategiya 
omillami tahlil etishdan maqsad tashqi muhitdan kelib chiqadigan 
xavf-xatar va qulay imkoniyatlami odindan ko‘ra bilishdan va shu 
orqali korxonaning kuchli va z a if tomonlarini aniqlashdan iboratdir.
110


Ichki muhit tahliii korxonaning ichki resurs va imkoniyatlarini 
o‘rganishni, uning hozirgi holati, kuchli va zaif tomonlari hamda 
mavjud strategiya muammolarini aniqlashni ko‘zda tutadi. Ichki muhit 
tahliii korxonaning iqtisodiy salohiyatini, uni raqobatchi korxonalar 
bilan taqqoslash va bozordagi egallab turgan mavqeyini to ‘g ‘ri talqin 
etish imkonini beradi.
Masalan, «Uzbekyengilsanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi 
«Kosonsoy-Tekmen» qo‘shma korxonasi, «Anteks», «Buxoroteks», 
«Kashteks» 
hissadorlik 
jam iyatlari 
eksport 
strategiyasini 
shakllantirishda Yevropa hamjamiyati davlatlari, Rossiya, Turkiya va 
Slovakiya 
kabi 
davlatlaming 
bozorlarini 
o ‘rganib 
chiqib, 
respublikamizning paxtasi tolasidan tayyorlangan yuqori sifatli 
gazlama va matolar hamda tayyor kiyim-kechak mahsulotlariga talab 
kattaligini aniqlashgan. Olib borilgan tahlillar natijasida bu bozorlami 
o ‘ta yuqori sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlar 
bilan egallash mumkinligi haqida ijobiy xulosaga kelingan.
Bugungi 
kunda 
yengil 
sanoat 
tarmogidagi 
korxonalar 
mahsulotlarini xalqaro sifat standarta « IS 0 9 0 0 0 » talablariga javob 
beradigan darajaga yetkazish, korxonaga eng zamonaviy texnologiya- 
lami jalb etish, yangi turdagi kiyim-kechak va x o‘jalik uchun zarur 
b o ig a n boshqa tayyor mahsulotlami ishlab chiqarish va ishlab 
chiqarish laboratoriyalarini xomashyo sifatini tekshiruvchi zamonaviy 
dastgohlar bilan jihozlashga qaratilgan keng qamrovli strategiyani 
amalga oshirilmoqda.
Strategiyani amalga oshirish eng murakkab va uzoq vaxt 
mobaynida olib boriladigan jarayon bo ‘lib, korxonaning istiqboldagi 
maqsadlarini ro‘yobga chiqarishi, asosan mana shu bosqichda hal 
etiladi.
Belgilangan 
strategiya 
chora-tadbirlarini 
amalga 
oshirishga 
qaratilgan vazifa menejerlar tomonidan korxonaning barcha resurslari 
va m oijallangan maqsadlari o ‘rtasida o ‘zaro monandlik va uyg‘unlikni 
ta’minlashni talab etadi.
Strategiyani amalga oshirish uni ishlab chiqishga nisbatan ancha 
ogir vazifa. U menejerlardan sabr-toqat, kuchli iroda va jiddiy 
m as’uliyatni talab etadi. Bu bosqichda har qanday biznes-reja va 
m oijallangan maqsadlar amaliy jihatdan ro ‘yobga chiqishi yuzasidan
i l l


haqiqiy ko ‘rikdan o ‘tkaziladi. Misol uchun, respublikamizda 2001- 
yilda chet el 
investitsiyalari 
ishtirokidagi 
tugatilgan 
174 
ta 
korxonalaming aksariyatida moddiy resurslar bilan belgilangan 
strategiya o ‘rtasida uygunlikni ta’minlamaslik, jalb etilishi kerak 
b o ig a n moliyaviy m ablagiarni to ‘g‘ri hisob-kitob qila olmaslik, 
hamkorlar tomonidan majburiyatlami to ia lig ich a bajarmaslik hamda 
korxona imkoniyatlarini haddan tashqari yuqori baholab yuborish 
holatlari tashkilotlam i o ‘z faoliyatlarini to ‘xtatishga olib kelgan.
Belgilangan strategiyami amalga oshirishdagi muhim omil uni 
bajarilishini tulakonli ta ’minlash uchun barcha zarur shart-sharoitlami 
tashkil 
etishni 
kuzda 
tutadi. 
Chet 
el 
kapitali 
ishtirokidagi 
kommunikatsiya sohasida 1997-yilning sentyabridan faoliyat olib 
borayotgan Daewoo Unitel kompaniyasi, hozirgi kunda 50 mingdan 
ortik abonentlarga ega b o iib , 0 ‘zbekistonda eng zamonaviy uyali 
aloqa 
xizmatini 
ko‘rsatuvchi 
kompaniyaga 
aylandi. 
Uning 
0 ‘zbekistonda eng muvaffaqiyatli biznesni olib boruvchi 1-raqamdagi 
kompaniyaga aylanishi, yuqori sifatli kommunikatsiya xizmatlarini 
ko‘rsatishi 
va 
kom paniyaning 
barcha 
xodimlari 
tomonidan 
iste’molchilar haqida doimo qayg‘urish maqsadlarini ko‘zlab amalga 
oshirayotgan strategiyasi tufayli, kompaniya respublikada uyali aloqa 
xizmati bozorida 30% dan ortiq ulushga erishishga muvaffaq b o id i.
Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda uni tanqidiy nuqtayi 
nazardan baholash zam r bosqich b o iib , bunda olib borilayotgan 
siyosat k o‘zlangan m aqsadga muvofiq kelmay qolsa, bu holat chuqur 
tahlil etilib, strategiyaga tegishli o ‘zgarishlar kiritib boriladi.
Strategiyani maqsadli am alga oshirish to ‘xtovsiz jarayon b o iib , 
uni amalga oshirilishini doimo baholab borish strategik boshqarishning 
zam r elementlariga kiradi.
Tashqi yoki ichki m uhitda vujudga keladigan yangi shart-sha- 
roitlar kompaniya strategiyasi o ‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Misol 
uchun, «Sovplastital» qo‘shma korxonasi o ‘z faoliyatining ilk davrida 
faqat plastmassadan tayyorlanadigan 10 xil turdagi sun’iy gul 
mahsulotlarini ishlab chiqargan. Yillar davom ida olib borilgan doimiy 
izlanish 
va 
bozomi 
chukur 
tahlil 
etish 
hamda 
zamonaviy 
texnologiyalami o ‘rganish natijasida qo ‘shma korxona plastmassa
rangli shisha, chinnidan tayyorlanadigan mahsulotlar va xalq iste’moli
112


mollarini ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik korxona- 
lardan biriga aylandi. Hozirga kunda korxona 30 dan ortiq mamla- 
katlarga o ‘z mahsulotlarini eksport qilmoqda. Bunga «Sovplastital» 
qo‘shma korxonasi bozorda yuz berayotgan o ‘zgarishlami vaqtida va 
tezlik bilan tahlil etib, bozom ing yangi talablariga mos keladigan aniq 
strategik boshqarishni joriy etish orqali erishdi.
Biznes muhitida shart-sharoitlar biznes faoliyatini o ‘zgartirishni, 
uzoq muddatli maqsadlarga qo ‘shimchalar kiritishni yoki kelajakda 
strategik yo‘nalishga yangicha yondashuvni taqozo etishi mumkin. 
K o‘zlangan maqsadlar kompaniyada mavjud imkoniyatlardan ancha 
yuqori bo ‘lishi yoki kelajakdagi istiqbollarga m a’lum darajada mos 
tushmay qolishi mumkin.
Strategik boshqarish doimiy amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, 
kompaniya strategiyasiga baho berish va unga tegishli o ‘zgartirishlami 
kiritish bu jarayonning ham yangidan boshlanishi, ham yakuniy 
bosqichi sifatida e’tirof etiladi.
Tashkilot maqsadli m oijallarsiz faoliyat yurita olmaydi. Tashkilot 
faoliyatining maqsadli yo‘nalishi birinchi navbatda uning faoliyati 
odamlaming turli guruhlari manfaatlarining ta’siri ostida bo‘lishi bilan 
bog‘liq. Tashkilotning maqsadi ta’sischilar, xodimlar, xaridorlar, 
hamkorlar, 
mahalliy jam oa va 
butun jam iyat kabi 
insonlar 
manfaatlarini aks ettiradi.
Tashkilot faoliyatidagi maqsadli negizning ikki asosiy tarkibiy 
qismlari ajratiladi: vazifa va maqsadlar. Vazifa keng ma’noda tashkilot 
mavjudligining falsafasi, mazmuni sifatida, tor m a’noda esa tashkilot 
nima uchun faoliyat yuritayotganligi haqida shakllangan, batafsil 
m a’no, tasdiq sifatida tushuniladi. 
Yaxshi shakllangan vazifa 
m o‘ljallar, faoliyat sohalari, tashkilot falsafasi, faoliyatni am alga 
oshirish imkoniyat va usullari, tashkilot imijining izohini o ‘z ichiga 
oladi.
Tashkilot maqsadlari m a’lum muddatdan keyin u erishishga 
harakat qiluvchi alohida parametrlaming aniq holatini tasvirlaydi. 
Maqsadlar uzoq va qisqa muddatli boMadi. Maqsadlar ba’zi zaruriy 
talablarga javob berishi lozim: ular erishish mumkin bo‘lgan, 
egiluvchan, oichanadigan, aniq, moslashtiriluvchi va qabul qilinishi 
mumkin b o iadigan b o iish i kerak.
113


Strategiyani tanlash va amalga oshirish strategik boshqaruvning 
asosiy qismlari hisoblanadi. 
Strategik boshqaruvdagi strategiya
tashkilot rivojining uzoq muddatli sifatli aniqlangan y o ‘nalishi sifatida 
tushuniladi. Starategiyani tanlash tashkilotdagi vaziyatga bogiiq. 
Biroq strategiyani tanlashda m a’lum yondashuvlar mavjud.
Strategiyani tanlash firma faoliyatiga bog‘liq b o ig an uchta 
masalani hal qilishga bogMiq:
- m a’lum biznesni tugatish;
- m a’lum biznesni davom ettirish;
- m a’lum biznesga o ‘tish.
Tanlangan strategiyani baholash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 
amalga oshiriladi:
Strategiya firma maqsadlariga erishilishiga olib keladimi?
Tanlangan strategiya muhim holat va talablarga mos keladimi?
Tanlangan strategiya firma potensial va imkoniyatlariga mos 
keladimi?
Strategiyadagi risk o ‘zini oqlaydimi?
Xulosa shuki, strategik boshqaruv murakkab xarakterga ega va 
ko ‘p om illam ing hisobga olinishini talab qiladi. Shu bilan birga, u 
firmaning ba’zi muammolarini va ulami yechish usullari to ‘plamini 
aniqlaydi. Strategiya bo‘lish uchun bu to‘plam tizimga aylanishi lozim.

Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin