Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/33
tarix04.12.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#172482
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva i

44




qonuniy yoki ma’muriy tartibda o'matilgan tadbirlar va me’yoriy 
qoidalar majmuyi. Joriy to'lov balansi operatsiyalari bo'yicha 
ular erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarga (AQSH dollari, 
Yevropa Ittifoqi yevrosi, ingliz font sterlingi, Shveytsariya franki va 
boshqalarga) nisbatan qo'llanilmaydi.
VALYUTAVIY INQIROZ - xalqaro valyuta munosabatlarida yuzaga keladigan
keskin ziddiyatlarga aytiladi.
VALVATSIYA - chet el tangasi qiymatini davlat pul birligida baholash.
VAQT BO'YICHA USTUN KO'RISH - joriy iste’molga sarflash bilan kelajakda
iste’mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizig'i 
asosida tanlash.
VAQT BO'YICHA USTUN KO'RISHNI CHEKLASH NORMASI -
umumiy turmush darajasi o'zgarmaganda joriy iste’moldan bir 
birlik kechishni to'liq qoplaydigan kelajakdagi qo'shimcha iste’mol 
qiymati.
VAQT LAGI - bir iqtisodiy holatning u bilan bog'liq bo'lgan boshqa xodisadan
vaqt jihatidan orqada qolishi yoki ildamlab ketishini aks ettiruvchi 
iqtisodiy ko'rsatkich.
VAQTBAY HAQ, TO'LASH - xodimlarning sarflangan ish vaqti, ya’ni soat,
smena, kun uchun to'lanadigan ish haqi tizimi.
VAQTBAY ISH HAQI - xodimga uning malakasi, mehnatining sifati, ishlagan
vaqtiga qarab belgilanadigan ish haqi. U odatda mehnatning 
natijalarini aniq hisoblab bo'lmaydigan, balki ular aniq vazifalar 
doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, muhandis- 
texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektr ta’mirlovchilar 
va shu kabilarga haq to'lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish 
texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita 
ishchiga bog'liq bo'lmagan (masalan, konteynerlar va avtomat 
liniyalarda ishlash) sharoitida qo'llaniladi.
VAQTBAY MUKOFOT TIZIM I - xodimlarning ish bajargan vaqtlari (soat,
smena, kun, oy va h.k.) uchun to'lovdan tashqari ma’lum 
ko'rsatkichlar uchun mukofot beriladi.
VAQTIN CHALIK USUL - to'lov balansi defitsitini chet el kapitalini, ya’ni
tadbirkorlik va ssuda kapitallarini kiritish yo'li blan qoplashga 
aytiladi.
VAQTINCHALIK VALYUTA - vaqtincha amal qiluvchi pul birligi, pul
belgidari, krediti vositalari. Misol uchun O'zbekiston Respublikasida 
so'm kiritilganga qadar ishlatilgan so'm-kupon.
VAQTLARARO BUDJET CHEGARASI - shaxsning daromadi va ssuda foizi
stavkasi bilan aniqlanadigan vaqtlararo ustun ko'rish kartasidagi
442


chiziqning holati.
VAQTLARARO MUVOZANATLIK - joriy va kelajakda iste’mol qilish
o'rtasida tanlayotgan shaxs uchun maksimal naflik keltiruvchi holat.
VAQT-XARAJATLAR 
TURLI 
MODELLAR 
-
bular 
minimal
xarajatlargrafiklariniyaratishuchun ishlatiladi, bun dan tashqari ishlar
bajariUshiga ajratiladigan vaqt va loyiha muddati kamayganidagi 
xarajatlar oshishi orasida murosa topish uchun ham foydalaniladi. 
Bular ko'p hollarda Ioyihani qisqartirish modellari deb yuritiladi.
VARIATSIYA - qator hadlarining tebranuvchanligi, variantda qiymatlarining
o'zgaruvchanligidir.
VARIATSIYA KENGLIGI - taqsimot qatorining eng katta va eng kichik
variantalari orasidagi farqdir.
VARRANT - 1. Opsionning bir turi bo'lib, egasiga belgilangan muddat ichida
emitentdan imtiyozli sharoitda ma’lum bir miqdordagi aksiyalarni 
sotib olish imkonini beradi. 2. Qimmatbaho qog'ozni xarid qilish 
uchun xaridorga beriladigan kafolat. 3. Tovar omborlari tomonidan 
tovarni saqlab turish uchun qabul qilinganligi to'g'risida belgilangan 
guvohnoma.
VAUCHER - 1) Korxonalarning mulklarini xarid qilish uchun beriladigan kupon,
qimmatli qog'oz; 2) davlat tomonidan ota-onalarga bolalarini 
o'qitish uchun beriladigan pul sertifikati.
VAZIFA - amalga oshirilishi, xal qilinishi lozim bo'lgan masala, echilishi lozim
bo'lgan, ko'zda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat, 
yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal.
VAZIRLAR KENGASHI - qarorlar qabul qilish organidir. Uning doirasida
milliy xukumatlarning a’zolari muzokoralar o'tkazdilar, hamjamiyat 
qonunchilik hujjatlarini muhokama qiladilar va ularni ovozga 
qo'yish yo'li bilan qabul qiladilar yoki rad etadilar.
VAZIRLIK - o'ziga tegishli tarmoqning xo'jalik tizimida boshqarishinng eng oliy
bo'g'inidir.
VAZIYAT - belgilab qo'yilgan strategik maqsad yoki umume’tirof etilgan faoliyat
me’yorlariga nisbatan tashkilot, boshqariladigan obyektning 
holatini baholash mumkin bo'lgan real holat.
VAZIYATLI TAHLIL - muvaffaqiyatlar va muvafFaqiyatsizliklarni hisobga olgan
holdagi oldingi faoliyatini o'rganish: ishlab chiqarish va bozordagi 
vaziyat o'zgarish sabablarini aniqlash; xodimlar ishi samaradorligini 
baholash, ish ko'rsatkichlariga tashqi muhit ta’sirini hisobga olish; 
hozirgi kundagi vaziyat ta’sirini aniqlash va kelajak prognozi 
(bashorati).
VEKSEL - (nem. “wechseF, aynan. ayirboshlash) - muayyan miqdordagi pulni
443


qarzga olganligi va uni qancha muddatda qaytarib berishligi haqida 
shu davlatda amal qiluvchi qonun talablariga qat’iy rioya qilgan 
holda aniq shaklida maxsus yozib berilgan va rasmiylashtirilgan 
qarzdorlik hujjatidir. Veksel oluvchi hujjat da ko'rsatilgan qarzdorlik 
muddati tugashi bilanoq veksel beruvchi ham unda ko'rsatilgan 
miqdordagi mablag‘ni to'lashni talab qilish huquqiga ega bo'ladi. 
Vekselning oddiy va o'tkazma shakllari mavjud. Oddiy veksel -
qarzdor tomonidan to'ldirilgan shaxsiy majburiyat; o'tkazma veksel 
- qarz beruvchining qarzni kimga qaytarish haqidagi buyrug'idir.
VEKSEL KURSI - milliy valyuta kursida belgilangan chet el valyutasining bahosi.
VEKSEL REKVIZITI - veksel blankini to'latishda ishlatilgan ma’lumotlar
majmuyi.
VEKSELLI KREDIT - eksportyor tovarni sotish haqida bitim tuzib,
o'tkazma veksel (tratta)ni importyorga jo'natadi, importyor tijorat 
hujjatlarini olib akseptlaydi, ya’ni unda ko'rsatilgan muddatda 
to'lovni amalga oshirishga rozilik beradi.
VENCHUR FIRMA - tijorat bilan shug'ullanuvchi ilmiy-texnik firma,
yangi texnologiyalar va mahsulotlarni daromadlarni awaldan 
belgilamagan holda ishlab chiqish va qo'llash bilan shug'ullanadi 
(tavakkalchilikka asoslangan kapital qo'yilmasi).
VENCHUR KORXONALAR - kichik biznesning bir turi, ilmiy muhandislik
ishlari, yangi texnika namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni, 
tijorat ishlarini boshqarish, tijorat ishlarini tashkil etish usullarini 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara 
kontrakti buyurtmalarini bajarish. Ular tarkibida tijoratda vositachi 
bo'Igan korxonalar ham bo'ladi. Venchur korxonalar texnikaning 
yangi yo'nalishlarida ish ko'rib, fan-texnika taraqqiyotiga hissa 
qo'shadi.
VENCHUR TARKIBI - loyiha tarkibining zamonaviy o'zgartirilgan turi bo'lib,
‘‘tavakkalchilikbiznesi” bilanbog'liqdir. Belgilangan qoidagabinoan 
biznesdagi tavakkalli yangiliklar, ya’ni butkul yangi texnologiyalar, 
tovarlar, xizmatlarni yaratish bilan bog'liq.
VENCHURLISARMOYALAR - sarmoyalarni xatarli kiritish.
VERBAL - og'zaki bitim, kelishuv.
VERIFIKATSIYA - hujjatning haqiqiyligini belgilash jarayoni.
VERNER ZOMBART - (1863-1941) yangi tarixiy maktabga yaqin turgan nemis
iqtisodchisi, antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarning 
muqarrarligini inkor etgan, kapitalizm tartibga solingan va rejali 
rivojlanib boradigan xo'jalik tarzi deb tasvirlanadi. Turli tizimlarni 
plyuralizm asosida yaqinlashtirish mumkin, deydi. Verner Zombart 
shovinizm pozitsiyalarida turgan va fashizm mafkurasining
444


shakllanishiga ko'maklashgan.
VERTIKAL INTEGRATSIYA - bir texnologik zanjiming turli bosqichlariga
(xomashyoni qazib olish, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish) - xizmat qiladigan korxonalar birlashmasi. Ushbu 
turdagi monopoliya-kombinatlar metallurgiya, kimyo, avtomobil, 
oziq-ovqat tarmoqlarida keng tarqalgan. Vertikal integratsiya 
konsernlarning vujudga kelishiga sabab bo' lgan. Vertikal integratsiya 
yanada umumiy bo'lgan diversifikatsiya jarayonining bir qismi 
hisoblanadi.
VERTIKAL MARKETING TIZIM I - bir kanal ishtirokchilari ularning biri
rahbarligi yoki nazorati ostida birlashishi natijasida hosil bo'lgan 
tovar tarqatish tizimi.
VERTIKAL TAHLIL - har bir ko'rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga
chiqishning umumiy hajmidagi o'zgarishini o'rganish.
VERTUAL - ma’lum bir sharoitda tahlil qilinayotgan holat, jarayon.
VETO - oliy ijro etuvchi organlarning (masalan, prezident) parlament tomonidan
qabul qilgan qonunni tasdiqlamasligi. Absolyut vetoda qonun 
butunlay bekor qilinadi. Suspenziv veto qonunni tasdiqlashni 
kechiktiradi yoki qayta ко‘rib chiqishni talab qiladi.
VIA - (ingl. - orqali) shu belgi bilan VIA yuborilayotgan tovarning yo'nalishi
ko'rsatiladi. Masalan, “Toshkent VIA” belgili tovar to'xtovsiz 
dunyoning har bir chekkasidan kelishi kerak.
VILOYAT BUDJETI - umumviloyat budjetini hamda viloyatga bo'ysunuvchi
tumanlar va shaharlar budjetini;
VINDIKATSIYA - da’vogarlik bayonnomasini berish orqali o'zgalar qonunsiz
egalik qilib turgan buyumni talab qilish.
VIRIMENT - bir kishining joriy hisobidan ikkinchi kishining joriy hisobiga pul
mablag'ining bank tomonidan o'tkazilishi.
VIRTUAL ZAVOD - boshqa hududlarda joylashgan va strategik alyans tarkibiga
kiruvchi yetkazib beruvchilar va hamkor firmalar tomonidan amalga 
oshiriladigan, ishlab chiqarish faoliyatining tashkillashtirish shakli.
VOSITACHILIK - vositachilik, dallolchilik vositasi, maxsulot yaratish va uni
iste’mol uchun yetkazib berish operatsiyasi. Masalan: vositachilik 
instituti, vositachilik firmasi va hokazo.
VOSITALASHGAN KAFOLATLAR - kafolat beruvchi o'ziga xos tarzda
vositachilik vazifasini o'taydi. Bunday kafolatlar eksport-import 
operatsiyaiarida keng ishlatiladi.

пи*-— 445


XALQ, ISTE’M OL TOVARLARI - aholining shaxsiy ehtiyojini qondiradigan
tovarlar.
XALQ. KAPITALIZMI NAZARIYASI 
- kapitalizm 
transformatsiyasi
(o'zgarishi) bilan bog'liq, go'yoki hozirgi kapitalizm “eski 
kapitalizm”dan keskin farq qiladi; ilgarigi illatlar yo'qolgan. Xalq 
kapitalizmining vakillari: Berli, Nidler, Cheyz, Klark, Gelbreyt. 
“Kapitalning demokratizatsiyalashuvi” yo'li bilan aholining barcha 
qismi mulkka egalik qiladi (aksionerlik jamiyatlari).
XALQ, XO'JALIGI - mamlakatning umumiy iqtisodiyotini bildiradi. Bu
tushuncha sobiq sovet tuzumi davrida keng foydalanilgan. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish tarmoqlari turli mulkchilik 
shakliga asoslangan bo'lishiga qaramay mamlakat miqyosida 
umumlashgan xalq xo'jaligi iqtisodiyotini bildiradi.
XALQ, XO'JALIGI BALANSI - sobiq SSSR va sotsialistik mamlakatlarda
qo llanilgan tizim bo'lib, unda makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi 
o'z aksini topgan. XXB markscha kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish ta’limotiga asoslangan.
XALQ, XO'JALIK HISOBI - iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitidagi
xo'jalikhisobihisobningyagonatizimibo'lib,undaxo'jalikhisobining 
barcha turlari (tezkor, statistika, buxgalteriya) qo'shilgan. Lekin bu 
mexanik qo'shilgan degan ma’noni bildirmaydi. Tezkor, statistika va 
buxgalteriya hisoblarining birortasi ustunligi to'g'risida gap bo'lishi 
mumkin emas, chunki bularning har biri kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarishning ma’lum tomonlarini aks ettirib, iqtisodiyotni 
boshqarish jarayoni to'g'risidagi ko'rsatkichlami beradi.
XALQARO BAZEL QO'MITASI - rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari
rahbarlari tomonidan 1974-yilda tashkil etilgan tashkilot. Uning 
doirasida xalqaro bank faoliyatini tartibga solish muammolari 
muhokama qilinadi. 1975-yilda qo'mita tomonidan Bazel kelishuvi 
ishlab chiqilgan. Keyinchalik Bazel qo'mitasi bank faoliyati 
me’yorlari bo'yicha xalqaro tavsiyalar ishlab chiqa boshladi.
XALQARO HISOB-KITOBLAR - tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning
harakati bilan bog'liq valyutaviy operatsiyalar, valyutada oldi-sotdi 
qilish operatsiyalari va boshqa tovarsiz harakatdagi operatsiyalar 
majmuyi tushuniladi.
446


XALQARO IQTISODIY ALOQALAR (XIA ) - xalqaro mehnat taqsimotiga
asoslangan turli milliy iqtisodiyotlar o'rtasidagi xo'jalik aloqalari 
tizimi. XIA xalqaro savdo, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, valyuta- 
moliya va kredit aloqalarida o'z aksini topadi.
XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR - mamlakatlar va hududlar
o'rtasidagi, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi 
xo'jalik aloqalari tizimi.
XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLAR - ikki turdagi - ishtirokchilari
bevosita davlatlardan iborat hukumadararo (davlatlararo) hamda 
tarkibiga ishlab chiqaruvchilar birlashmalari, kompaniya va firmalar, 
ilmiy jamiyatlar va boshqalar kiruvchi nohukumat tashkilotlari.
XALQARO ISHLAB CHIQARISH KOOPERASIYASI - ishlab chiqarish
bosqichlariningo'zarobir-birinito'ldirishivaularnimuvofiqlashtirish 
maqsadida milliy iqtisodiy komplekslarning hamkorlik qilishi.
XALQARO 
ISHLAB 
CHIQARISHNING 
IXTISOSLASHUVI 
-
mamlakatlar o'rtasidagi mehnat taqsimoti ko'rinishi bo'lib, unda 
o'zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir turdagi mahsulotlar 
tayyorlash bilan shug'ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning 
tabaqalanishi yuz beradi.
XALQARO KAFOLATLAR - tovarlar va kapitallar harakatining uzluksiz va
doimiy harakat qilinishi ta’minlanishiga xizmat qilib, Markaziy 
banklar, tijorat banklari, korporatsiyalar, hukumat va xalqaro 
tashkilotlar tomonidan beriladi.
XALQARO KREDIT - bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan
ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga 
muddatlilik va to'lovlilik asosida beriladigan kreditdir.
XALQARO KREDIT MUNOSABATLARINING SUBYEKT LARI - tijorat
banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, 
regional va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi.
XALQARO MARKETING - tashkilot joylashgan mamlakat hududidan
tashqaridagi tovarlar va xizmatlar marketingi.
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI (XM T) - mehnat taqsimoti, alohida
mamlakatlar doirasidan chlqishi bilan bog'liq, ijtimoiy mehnat 
taqsimotining yuqori pog'onasi. XMT alohida mamlakatlarning 
ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini 
bildiradi, bu esa xalqaro savdoning zarurligini belgilaydi. Butun 
jahon xo'jaligining tashkil topish va rivojlanishining hal qiluvchi 
omili. Birinchi bo'lib uning zarurligini D. Rikardo aytgan. Ayrim 
ishlab chiqarish korxonalaridagi kabi (A. Smit), jahon xo'jaligida
447


ham mehnat taqsimoti nisbiy chiqimlar ustunligini beradi, ya’ni 
ayrim mamlakatlarning ma’lum sohada ixtisoslashuvi yuqori samara 
beradi.
XALQARO MEHNAT TASHKILOTI - BMTning ixtisoslashgan muassasasi,
uning faoliyati mehnatning ijtimoiy-iqtisodny muammolarini hal 
etishga qaratilgan.
XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASI - rivojlanayotgan mamlakatlarga
sarmoyasarflabvaboshqaruvmasalalariyuzasidanmaslahatlarberish 
yo'li bilan ularda tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashuvchi 
tashkilot.
XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI - davlatlar o'rtasidagi valyuta va
moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish, mamlakatlarning 
iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashish, kredit ko'rinishida yordam 
berish maqsadida davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan 
tashkilotlar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro hisoblashuvlar 
banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliyaviy korporatsiya, 
Osiyo Taraqqiyot Banki, Yevropa Investitsiya Banki, Mintaqaviy 
Xalqaro Rivojlanish banklari va boshqalarni kiritish mumkin.
XALQARO MOLIYAVTY BOZOR - global fond, valyuta va hosilaviy moliyaviy
instrumentlar bozori sifatida keltiriligan.
XALQARO QAYTA TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH BANKI -
unga a’zo bo'lgan mamlakatlarga, ularni iqtisodiy rivojlanishini 
rag'batlantirish maqsadida uzoq muddatli zayomlar beradi. 
1995-yilda tashkil etilgan. Bank mablag'lari, uning ustav kapitalidan 
(a’zolari qo'shgan puldan), o'z obligatsiya (zayom)larini xalqaro 
bozorda sotishdan kelgan puldan va bankning ishlab topgan 
daromadidan iborat XQTRB. Unga a’zo bo'lgan mamlakatlarga 
iqtisodiy rivojlantirishni rag'batlantirish maqsadida uzoq muddatli 
zayomlar beradi.
XALQARO SAVDO - mamlakatlar o'rtasidagi savdo-sotiq tovarlarni chetdan
olib kelish (import) va chetga chiqarish (eksport), jahon iqtisodiy 
munosabatlarining shakli. Xalqaro savdoning iqtisodiy asosini 
xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi.
XALQARO SAVDO NAZARIYASI - iqtisodiy nazariyaning bir qismi. Ishlab
chiqarish tovar ayirboshlashga xalqaro ixtisoslashuv sabablarini 
hamda bundan mamlakatlar oladigan manfaatlarni o'rganadi.
XALQARO TARTIBDAGI HUDUDLAR - davlat chegaralaridan tashqarida
bo'lgan va xalqaro huquqqa binoan dunyoning barcha davlatlari 
umumiy foydalanadigan yer sharidagi bo'sh makonlar.
448


XALQARO TASHKILOTLAR - mustaqil davlatlar yoki milliy jamiyatlarning,
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan 
birlashmalar, mamlakatlar o'rtasida ko'p tomonlama hamkorlikning 
eng muhim turlaridan biri. Ularning har biri xalqaro siyosatda 
o'zlarining faoliyat maqsadlari yo'nalishlariga qarab, yer yuzi 
taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro 
siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan 
boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat 
kasb etadilar.
XALQARO TENDERLAR - xalqaro bozorda mashina-uskunalami xarid etish,
qurilish-montaj ishlarini bajarish, injenering xizmati ko'rsatish 
uchun konkurs asosida buyurtmalar berish.
XALQARO TRANZIT - xorijiy yuklarni jo'natish va qabul qilib olish punktlari
berilgan mamlakat hududidan tashqarida bo'lishi shartida 
tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga joylashtirilmasdan 
tashilsa - bevosita, xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa
- bilvosita xalqaro tranzit hisoblanadi.
XALQARO VALYUTA FONDI (XVF) - xalqaro valyuta-kredit tashkiloti
1944-yili tashkil etilgan. Uni tuzishdan maqsad xalqaro savdoni 
rivojlantirish, valyuta kursini, me’yorlarini, nisbatlarini belgilash, 
ko'p tomonli to'lovlar tizimiga rioya qilinishini nazorat qilish 
hamda fond a’zolariga valyuta yetishmovchiligi holatlarida kredit, 
qarz berishdir. Unga 1998-yilda 167 ta mamlakat a’zo bo'lgan. 
Valyuta fondining ikki asosiy vazifasi bor: o'z a’zolari bo'lmish 
mamlakatlarning valyuta aloqalarini (valyuta ayirboshlash, valyuta 
bilan to'lovlami amalga oshirish va h.k.) boshqarib turish, umumiy 
kredit mablag'laridan a’zo mamlakatlarga qarz berib, ularning 
taraqqiyotiga ko'maklashish. Valyuta fondining kapitali unga a’zo 
mamlakatlarning badal pulidan tashkil topadi. Uning o'sishi yangi 
a’zolaming badal puli va kredit uchun olingan foizlar hisobiga yuz 
beradi.
XALQARO VALYUTA TIZIM I - xalqaro valyuta munosabatlarida davlatlararo
bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan va xalqaro hisob- 
kitoblarni amalga oshirishda qo'llaniladigan qoida va tartiblar.
XALQARO TRANZIT - xorijiy yuklarni jo'natish va qabul qilib olish punktlari
berilgan mamlakat hududidan tashqarida bo'lishi shartida 
tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga joylashtirilmasdan 
tashilsa - bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa
- bilvosita xalqaro tranzit hisoblanadi.
A A Q


XARAJAT ELEMENTLARI - iqtisodiy mazmuniga ko'ra, mahsulot ishlab
chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajat turlari. Xarajat 
elementlari quyidagilardan iborat: a) ishlab chiqarish material 
xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan 
holda); b) ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to'lash 
xarajatlari; d) ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug'urta 
ajratmalari; e) ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va 
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; ishlab chiqarish ahamiyatidagi 
boshqa xarajatlar.
XARAJAT MODDALARINING GURUHLANISHI - xarajat moddalari
quyidagicha guruhlanadi: 1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi: a) 
to'g'ri va egri material xarajatlari; b) to'g'ri va egri mehnat xarajatlari; 
d) ishlab chiqarish ahamiyatidagi ustama xarajatlar qo'shilgan 
holda boshqa egri va to'gri xarajatlar. 2. Davr xarajatlari (ishlab 
chiqarish tannarxiga qo'shilmaydigan xarajatlar): a) realizatsiya 
bo'yicha xarajatlar; b) boshqarma (ma’muriy) bo'yicha xarajatlar; 
d) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Moliyaviy faoliyat 
bo'yicha xarajatlar: a) foizlar bo'yicha xarajatlar; b) chet el valyutasi 
bilanbog'liq operatsiyalar bo'yicha salbiy kurs farqlari; d) qimmatli 
qog'ozlarga sarflangan mablag'larni qayta baholash; e) moliyaviy 
faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar. 4. Tasodifiy zararlar.
XARAJATLAR - foydani ko'paytirish maqsadida xo'jalik faoliyatidan kelib
chiqadigan aktivlarning kamayishi yoki majburiyatlarni o'z 
zimmasiga olish orqali ro'y beradigan iqtisodiy resurslarning 
kamayishidir.
XARAJATLAR BO'YICHA YaMMni HISOBLASH USULI - pirovard
mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarf qilingan hamma sarflarni 
qo'shish. Unda quyidagilar jamlanadi: shaxsiy iste’mol uchun 
xarajatlar, ya’ni aholining iste’mol buyumlari va xizmatlari (Ix); 
korxona va firmalarning investitsiyalari, ya’ni ulami mashina va 
dastgohlar sotib olishi, qurilishi, zaxiralarning o'zgarishi bilan 
bog'liqbarcha xarajatlari (YAi); davlat tomonidan tovar va xizmatlar 
xaridi (Dx); sof eksport (Se) YaMM = Ix+YAi-(-/+Dx+Se)
XARAJATLAR VA NATIJALARNING TAHLILI - iqtisodiyotning shu’ba
va tarmoqlari o'rtasidagi bog'liqlikni, ishlab chiqarish xarajatlari 
va natijalari jadvalidan foydalangan holda ularni rivojlantirish va 
istiqbolini asoslash uchun foydalanish.
XARAJATLARI PASAYUVCHI TARMOQ, - ishlab chiqarishni kengaytirish
iste’mol qilinayotgan resurslar narxining pasayishiga olib keluvchi 
tarmoq.
450


XARAJATLARI O ’SUVCHI TARMOQ. - ishlab chiqarishni kengaytirish
iste’mol qilinayotgan resurslar narxini oshishiga oUb keluvchi 
tarmoq.
XARAJATLARNI 
QORAQALPOG'ISTON 
RESPUBLIKASI
BUDJETIDAN VA MAHALLIY BUDJETLARDAN MOLIYA­
LASHTIRISH - quyidagilar yuqorida ta’kidlangan budjetlardan 
moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, sog'liqni saqlash, 
jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan moliyalashtiriladigan 
budjet tashkilotlari bo'yicha); ijtimoiy ta’minot; aholini ijtimoiy 
himoya qilish; Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyati 
va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati 
organlari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot turli tarmoqlarining 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjet 
tashkilotlarini saqlash; qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini 
amalga oshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
maqsadlar.
XARAJATLARNI RESPUBLIKA BUDJETIDAN MOLIYALASHTIRISH
- quyidagilar respublika budjetdan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, 
madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga 
bo'ysunadigan tashkilotlar bo'yicha); ijtimoiy ta’minot; mudofaa, 
milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; sudlar va prokuratura 
organlari faoliyatini ta’minlash; davlatzaxirasivasafarbarlikzaxirasini 
vujudga keltirish hamda ularni saqlash; davlat markazlashtirilgan 
investitsiyalarini amalga oshirish; davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari, O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik 
vakolatxonalari 
hamda 
missiyalari 
faoliyatini 
ta’minlash; 
iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo'ysunadigan 
budjet tashkilotlarini saqlash; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini 
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga 
oshirish; yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va qishloq 
xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; gidrometeorologiya, 
do'lga qarshi kurash chora-tadbirlari; qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa maqsadlar.
XARAJATLARNING GURUHLANISHI - “Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi
Nizom’ ga muvofiq hamma xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo'shiladigan xarajatlar;
2) ishlab chiqarish tannarxiga qo'shilmaydigan, ammo asosiy 
faoliyatdan olinadigan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlari;
A S
1


3) korxona umumxo'jalik faoliyatidan olinadigan foyda yoki 
zararlarda hisobga olinadigan korxona moliyaviy faoliyati bo'yicha 
xarajatlar; 4) daromaddan yoki foydadan soliqlar to'langunga qadar 
foyda yoki zarar hisob-kitobida hisobga olinadigan tasodifiy zararlar.
XARID AYANSI - eksport kreditlashning bir formasi bo'lib hisoblanadi va
shu vaqtning o'zida importyorning majburiyatini ta’minlovchi 
vositadir. Chunki importyor o'zi buyurtma bergan tovarni sotib 
olishga majbur bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarning import 
bilan shug'ullanuvchi firmalari rivojlanayotgan mamlakatlardan 
farqli o'laroq, xarid avansidan shu davlatlaming qishloq xo'jalik 
mahsulotlarini olib chiqib ketishda foydalanmoqdalar.
XARID BAHOLARI - qishloq, xo'jaligi mahsulotini sotib olishda ishlatiladi.
XARID KREDITI - eksportyor bankning to'g'ridan-to'g'ri milliy eksportyorni
kreditlamasdan, balki chet ellikxaridorni, ya’ni, importyor mamlakat 
firmasi va uning bankini kreditlash hisoblanadi.
XARID NARXI - bozorda tovarga xaridor taklif etgan narx, bozorda sotilgan
tovar qiymatinig amaldagi pul ifodasi.
XARID QOBILIYATI - pulning quwati (qiymati).
XARIDOR - tovar ayirboshlashda bevosita ishtirok etib, tovarni tanlash, qiymatini
to'lash va o'z ixtiyoriga olish ishlarini amalga oshiradigan shaxs, 
korxona, tashkilot, muassasa yoki ularning vakili.
XARIDOR BAHOSI - xaridorning tovar yoki uning alohida xossasining o'z
istaklariga, tasawuriga mos kelish darajasi ifodasi.
XARIDOR DIDI - xaridorning tovarni tasawur qilishi va tanlashida namoyon
bo'ladigan o'ziga xos takrorlanmas ta’bi.
XARIDOR FIKRI - xaridorning tovar sifati, assortimenti, bezatilishi, mavqeyi,
narxvaboshqaiste’molxossalari to'g'risidagi ma’lum tushunchalarda 
ifodalangan tasawuri.
XARIDOR ISTAKLARI - xaridor sotib olmoqchi bo'lgan tovarlarda ko'rishni
xohlagan xossalar to'plami, ya’ni u tovarning qanday bo'lishini 
istaydi.
XARIDOR MUNOSABATI - xaridorning tovar sifati, assortimenti, bezatilishi,
siymosi, mavqeyi, narx va boshqa iste’mol xossalari to'g'risidagi 
ma’lum tushunchalarda ifodalangan tasawuri.
XARIDORNIYATI - xaridorning kelajakda nimalar olmoqchi ekanligi, kelajakda
tovarlar sotib olish bo'yicha orzu havaslari.
XARIDOR UMIDI - xaridorning sotib olgan tovardan kutgan naf, qulayliklar,
his-tuyg'ular.


XAVF-XATAR - korxona rejalari va budjetini amalga oshirish nohushliklar
(muvafFaqiyatsizliklar)ning yuzaga kelish ehtimoli.
XAYRING - bunda mulk 1 yildan 3 yilgacha muddatga ijaraga beriladi.
XAZINA - xon, podsho va davlatning pullari; qimmatbaho buyumlari va boshqa
moddiy boyliklari saqlanadigan joy.
XAZINA MAJBURIYATLARI - uning egasi tomonidan ma’lum bir pul
mablag'ini budjetga kiritganligi va uning butun aylanish davrida 
aniq chegaralangan foizni to'lab berish majburiyatini guvoxlovchi 
kimmatli qog ozidir.
XEDJIR - baho bo'yicha tavakkalchilik sug'urtasi, fyuchers shartnomasi.
XEJIRLASH - yo'qotiladigan, himoyalanishi kutilayotgan daromadlar darajasini
istemolchi va mahsulot etkazib beruvchi o'rtasida oldindan 
shartnoma tuzish yo'li bilan sug'urta qilish.
XIKS DJON - ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sovrindori (1972-yil).
Neoklassik sintez nazariyasining asoschilaridan biri. "Qiymat va 
kapital” (1939-yil) asarida pul, kredit, moliya tizimini tadqiq etgan. 
Shuningdek, xalqaro savdo, iqtisodiy o'sish muomalalarini tahlil 
etgan.
XIZMAT - o'ziga xos tovar. Moddiy shakldagi tovarlardan farqli o'laroq,
xizmatlarni jamg'arib borish va zaruriyat bilan sotish mumkin emas. 
Jahon iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada tasir ko'rsatadi. 
Xizmatlarning ko'p turlari kontraktlar asosida oldi-sotdi qilinadi. 
Bu ayniqsa, murakkab mashina-texnik mahsulotlar va kompleks 
korxonalar tomonidan ko'proq qo'llaniladi.
XIZMAT HAQI CHEGIRILGAN HAYOT SUG'URTASIGA B O G 'L IQ
BO'LMAGAN SUG'URTA TOVONI - hayot sug'urtasi bilan
bog'liq bo'lmagan, xizmat haqi chegirib tashlangan, tavakkalchilik 
tufayli ro'y beradiganxavf-xatarda sug'urta himoyasidan foydalanish 
uchun to'lanadigan xaq yig'indisi. Bu tovon uchinchi tomon 
majburiyati, tovar yoki mulkning shikastlanishi, unga zarar yetishi, 
turli tasodiflar tufayli (to'qnashish, avariya, toshqin, suvga cho'kish, 
yong'in, kasallik, o'g'irlik, zo'rlik) yoxud kasallik, baxtsiz hodisalar, 
ishsizlik singari voqealar tufayli daromadning kamayishi oqibati 
hisoblanadi.
XIZMAT KO'RSATISH KAFOLATLARI - xizmat ko'rsatish vadasi.
Bunda ushbu va’da bajarilishida lozim bo'ladigan tadbirlar bilan 
mahkamlanadi.
453


XIZM AT KO'RSATISH REJASI - xizmat ko'rsatish jarayonining mijozning
ko'zi oldida bo'ladigan qismi va mijoz kuzata olmaydigan qismi 
oralig'i aniq chegaralangan sxemasi.
XIZMAT KO'RSATISH SOHASI - ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-
buyumlashgan ko'rinishga ega bo'lmagan iste’mol qiymatlarini 
yaratishga yo'naltirilgan sohalari. U o'z ichiga moddiy xizmatlar 
ko'rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) 
hamda nomoddiy xizmatlar ko'rsatish (huquqiy maslahatlar berish, 
o'qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi. Hozirgi iqtisodiy 
adabiyotlarda ko'proq “investitsiyalar” sinonim termini qo' llaniladi, 
to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, real investitsiyalar va asosiy kapital 
kabi terminlar ham qo'llaniladi.
XIZMATLAR VA TIJORAT XARAKTERIGA EGA BO'LMAGAN
TO'LOVLAR BALANSI - transport, pochta, telegraf, telefon, 
turizm, madaniy aloqalar, perevodlar, xorijiy mamlakatlar 
hududida harbiy qismlarni saqlash, chet elda savdo va diplomatik 
vakolatxonalarni ochish, xalqaro kreditlar bo'yicha to'lanadigan 
foizlar va boshqa shu kabi sohalarda yuzaga keluvchi valyutaviy 
tushumlar va to'lovlar summasi aks ettiriladi.
XO'JALIK HISOBI - xo'jalik yuritish usuli, korxonalarning o'z xarajatlarini o'zi
qoplashi, o'z-o'zini moliyalash, ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati 
natijalaridan moddiy manfaatdorlik va javobgarlik kabi qoidalarga 
asoslanadi. Xo'jalik hisobi korxonalari foyda keltirib ishlashini 
ko'zda tutadi va tovar-pul munosabatlariga asoslanadi.
XO'JALIK MEXANIZMI - iqtisodiyotni boshqarishga yordam beradigan
iqtisodiy dastak va rag'batlar hamda tashkiliy shakllar majmuyi 
va birligi. Xo'jalik mexanizmi rejalashtirish, boshqaruv usullari, 
baholar, moliyaviy va kredit dastaklari, mehnatga haq to'lash 
shakllari va boshqa iqtisodiy rag'batlarni o'z ichiga oladi.
XO'JALIK MUOMALALARI - mablag'larning hajmida, tarkibida, joylashish
va foydalanishida, shuningdek, bu mablag'lar manbaining tarkibi 
va tayinlanishida o'zgarishlarini hosil qiladigan alohida xo'jalik 
harakati. Xo'jalik muomalalari va ular tufayli hisob obyektlarida 
bo'ladigan o'zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd qilinadi. Xo'jalik 
muomalalarini buxgalteriya hisobida qayd qilish yo'li bilan uning 
predmeti aks ettiriladi.
XO'JALIK MUOMALASI (OPERATSIYASI) - xo'jalik jarayonlarini amalga
oshirishdagi korxona mablag' lari va xo'jalik jarayonlarining harakati 
yoki mablag'larning harakati, ularning bir shakldan ikkinchisiga 
o'tishi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, xo'jalik muomalasi, bu
454 ...


- mablag'lar va ularning tashkil topish manbalarining yozma holda 
aks ettirilgan harakati.
XO'JALIK SUBYEKTI BILAN ISHNI DAVOM ETTIRAYOTGAN
AUDITORLIK TASHKILOTI - xo'jalik subyektining oldingi 
davr buxgalteriya hisobotlarini auditini o'tkazgan va audit o'tkazish 
shartnomasi bo'yicha ushbu auditni oxirgi hisobot davri uchun 
o'tkazayotgan auditorlik tashkiloti.
XO'JALIK 
YURITUVCHI 
SUBYEKT 
FAOLIYATI 
HAQIDA
MA’LUMOT - audit tekshiruvi o'tkazilayotgan xo'jalik yurituvchi 
subyekt iqtisodiyoti va ushbu xo'jalik yurituvchi subyektga 
tegishli soha to'g'risida ma’lumotlar yig'indisi, shuningdek, uning 
faoliyatidagi o'ziga xos xususiyatlar to'g'risidagi ma’lumotlar 
yig'indisi bo'lib, auditor o'z majburiyatlarini tegishli darajada 
bajarish uchun rejalashtirish bosqichida olishi lozim bo'lgan va 
auditorlik tekshiruvining boshqa bosqichlarida to'Idirishi mumkin 
bo'lgan ma’lumotlar hisoblanadi.
XO'JALIK 
YURITUVCHI 
SUBYEKTLAR 
O'RTASIDA 
O 'ZA R O
MOLIYALASHTIRISH 
-
korxonalar 
o'zaro 
xujalik 
munosabatlarini amalga oshirish jarayonida bir-birlariga turli xildagi 
mahsulotlar yetkazib berishda to'lovlami kechiktirish hollari ham 
yuz beradi va buning natijasida o'zaro moliyalashtirish holati yuzaga 
keladi.
XODIM LAR - ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va
mehnat vositalaridan foydalanib, mehnat predmetini qayta ishlash 
bilan band bo'lgan barcha xodimlar.
XODIMLARNI BOSHQARISH - xodimlar imkoniyatlari va tashkilot
maqsadlari, strategiyasi, rivojlanishi sharoitlarini muvofiqlikka 
keltirishga yo'naltirilgan maqsadga qaratilgan ta’sir.
XODIMLARNI BOSHQARISH PRINSIPLARI - ayni turdagi faoliyat
jarayonida rahbarlar, mutaxassislar amal qilishi lozim bo'lgan 
qonun-qoidalar, me’yorlar majmuyi.
XODIMLARNI TANLAB OLISH - bo'sh lavozimlarga nomzodlarni baholash.
O'z ichiga quyidagi bosqichlami oladi: dastlabki suhbatlashish, 
anketa ma’lumotlarini tahlil qilish; nomzod haqida ma’lumotlarni 
to'plash; tekshiruvchi sinovlar, test o'tkazish, tibbiy ko'rikdan 
o'tkazish; asosiy suhbat; ekspertlar xulosasini tayyorlash.
XOLDING - (ingl. “holding” - ega) o‘zga firma, korxonaning nazorat paketini
o'zida ushlab turuvchi bosh kompaniya. Xolding qo‘ l ostidagi 
kompaniyalarni rivojlantirib, daromadni ko‘paytirib, o ‘zi ham
455 -rTT^tiafttijTh r—


tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi. Huquqiy nuqtai nazardan 
aksionerlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki xususiy 
korxona sifatida harakat qiladi. Xolding kompaniyasi sof xolding 
va aralash xolding ko'rinishida bo'ladi. Sof xolding umumiy 
boshqaruvni ta’minlash uchun moliyaviy nazorat vazifalarini 
bajaradi. Aralash xolding moliyaviy nazorat vazifalaridan tashqari 
tadbirkorlik faoliyatlari bilan ham shug'ullanadi. U boshqa 
firmalarning nazorat paketini qo'lga olib, ularni ishlab chiqarish 
faoliyatini o'ziga bo'ysundiradi. Xolding kompaniyasi faoliyati 
aksiya paketlarini boshqarish bilan chegaralanmay, birja va boshqa 
operatsiyalardan dividendlar yig'ish, boshqaruvga, direktorlar 
kengashiga va boshqa qaramog'idagi kompaniyalarga vakillar 
tayinlash bilan ham shug'ullanadi.
XOLDING FOYDASI - ishlab chiqarish faoliyatining mahsuli emas. Xolding
foydasi - ishlab chiqarishdan olingan daromad emas.
XOLDING KOMPANIYASI - aksionerlar kompaniyasi bo'lib, o'zga huquqiy
mustaqil kompaniyalarning nazorat paketlariga ega bo'lib, ular 
ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shug'ullanmaydilar. Xolding 
kompaniyasining ikki turi farqlanadi: belgilangan funksiyalarni 
bajarish uchun tashkil etilgan haqiqiy xolding va aniq tadbirkorlik 
faoliyati (sanoat, savdo, transport, moliya-kredit va boshqalar) bilan 
ham shug'ullanuvchi aralash xolding.
XOMASHYO - mehnat tasirida o'zgargan, ammo yana ishlanishi lozim bo'Igan
mehnat predmeti. Ishlab chiqarish jarayonida xomashyodan tayyor 
mahsulot yoki yarim fabrikat hosil qilinadi. Natijada xomashyoning 
to'la qiymati tovar formasini olgan yangi mahsulotga o'tadi. 
Xomashyo kelib chiqishiga ko'ra sanoat va h.k. xomashyosiga 
bo'linadi. Sanoat xomashyosi, o'z navbatida, mineral va suniy 
xomashyoga ajraladi. Mineral xomashyo ishlatilishiga qarab 
yoqilg'i-energetika xomashyosi (neft, tabiiy gaz, ko'mir, uran, 
yonuvchi slaneslar), metallurgiya xomashyosi (qora, rangli nodir 
va asl metallar) kon-kimyo xomashyosi (agronomiya rudalari, 
barit, kalsiy ftorid, oltingugurt), texnik xomashyo (olmos, grafit, 
slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika va b.)ga bo'linadi. 
Sun iy xomashyoga sintetik smolalar, kauchuk, plastmassalar, sun’iy 
charm, sintetik yuvish vositalari, qishloq xo'jalik xomashyosiga 
o'simlik (donli va texnika ekinlari, yog'och, yowoyi va shifobaxsh 
o'simliklar) va hayvonot xomashyosi (go'sht, baliq, sut, teri, junlar) 
kiradi.
456 N
I . 
-


XORIJIY 
DAVLATLARNING 
HUKUMATLARI, 
BANKLARI 
VA
FIRMALARIGA BOG LANGAN KREDITLAR - xorijiy
davlatlaming hukumatlari, banklari va firmalari mablag'lari 
hisobidan kreditor mamlakatdan tovarlar, ishlar va xizmatlar sotib 
olish uchun qaytarilish va tiklanish asosida mablag'lami jalb qilish 
shakli.
XORIJIY NAZORAT OSTIDAGI NOMOLIYAVIY KORPORATSIYALAR
- davlat idoralari yoki norezident institutsion birliklar tomonidan 
nazorat 
qilinmaydigan 
rezidentlik 
barcha 
nomoliyaviy 
korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar ana shunday korporatsiyalar 
jumlasiga kiradi.
XORIJIY SARMOYALAR - xorijiy davlat investor mablag'larini yoki xorijiy
tijorat tashkilotlarining mablag'larini jalb qilish ko'rinishida bo'ladi.
XOSILAVIY QIMMATLI Q O G 'O ZLAR - birlamchi qimmatli qog'ozlarning
shu bozorda amal qilishi natijasida hosilbo' lgan ikkilamchi qimmatli 
qog'ozlardir. Xosilaviy qimmatli qog'ozlar o'z egasiga birlamchi 
qogozlarni sotib olish va sotish huquqini beradi. Ularning qiymati 
boshqa qog'ozlar orqali gavdalanadi.
XREMATISTIKA - mulk orttirish san’ati, ya’ni foyda va boylikni pul shaklida
to'plashga yo'naltirilgan faoliyat. Kapital qo'yish va jamg'arish 
san’atidir. Amaliyotda kam qo'llaniladi. Aristotel tomonidan 
kiritilgan.
XRONOLOGIK YOZUV - xo'jalik muomalalarini xronologik tartibda, ya’ni
ular sodir bo'lishi sanalari bo'yicha yozish. Xronologik yozuv 
buxgalteriya hisobi obyektlari to'g'risida zaruriy ko'rsatkichlarni 
olish imkoniyatlarini bermaydi. Buning uchun tizimli yozuv 
qo'llaniladi. Xronologik yozuv uchun hisobning memorial- 
order shaklida qo'llaniladigan registratsiya jurnali tayinlangan. 
Registratsiya jurnaliga oy boshida yozilgan summa barcha 
schyotlarning oy bo'yicha debet va kredit aylanmalari jamiga teng 
bo'lishi kerak. Bunday nazorat tenglik ikkiyoqlama yozuvning 
ma’nosidan kelib chiqadi. Xronologik yozuv tizimli yozuv bilan 
birga bir hisob registrida amalga oshirilishi mumkin.
XUFYONA IQTISODIYOT - davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar
va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol
qilish, ya’ni soliq to'lamaydigan,qonunlargabo'ysunmaydiganishlab 
chiqarish va xizmat ko'rsatish. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash 
vositalari quyidagilar: erkinbozorni vujudga keltirish, mulkka davlat 
egaligini va markazlashtirilgan direktiv rejalashtirishni yo'qotish.
457


X U L a - qandaydir maqsadga erishishga qaratilgan faoliyat
XUNARMANDCHILIK - turli yo'nalishlarda oddiy mehnat qurollari
yordamida o'z mehnatlari bilan mahsulot ishlab chiqarish faoliyati.
XUSUSIY - l ) biror shaxsning yolg'iz o'ziga qarashli, tegishli bo'lgan mulki,
shaxsiy mulk; 2) ayrim shaxslar tomonidan yakka tartibda 
amalga oshiriladigan harakat; 3) muayyan bir narsa yoki mavzuga 
bag'ishlangan.
XUSUSIY FIRMA - ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo'lgan yakka xususiy
mulkka asoslanib, faoliyat ko'rsatuvchi korxona. Bunday korxonalar 
asosan qishloqxo'jaligi vakichikbiznes doirasidakengishyuritadilar.
XUSUSIY JAMG'ARMALARNING IJTIMOIY SUG'URTA NAFAQASI
- sug'urta korxonalari yoki boshqa turdagi institutsion birliklar, 
ijtimoiy sug'urta xususiy dasturi boshqaruvchilari tomonidan uy 
xo'jaliklariga to'lanadigan nafaqa.
XUSUSIY KAPITAL - tadbirkorning eng muhim va hal etuvchi ahamiyatga ega
bo'lgan sarmoyasi.
XUSUSIY MEHNAT TAQSIMOTI - umumiy mehnat taqsimotining
sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimoti.
XUSUSIY MULK - ayrim kishining ishlab chiqarish vositasiga va ishlab chiqarish
natijasiga yakka o'zinikidek munosabatda bo'lishligini aks ettiradi. 
Xususiy mulk ikki xil korinishda yuzaga keladi: a) mehnat bilan 
erishilgan xususiy mulk; b) mehnatsiz erishilgan xususiy mulk. 
Mehnat bilan erishilgan xususiy mulk, uning ishlab chiqarish 
vositasida o‘zi mehnat qilib, tirikchilik o'tkazuvchi yakka dehqonlar, 
mayda hunarmand va kosiblar mulki. Yollanma ishchilarni ishlatib 
topilgan boylik xususiy mulkning ikkinchi shaklini tashkil etadi. 
Xususiy mulk ishlab chiqarish yoki o'z qobiliyatini ishga solishdagi 
tadbirkorlik, o'z xo'jaligini yuritish, daromadni turli qimmatbaho 
qog'ozlarga joylashtirish natijasida merosga qolgan mulk va boshqa 
qonun yo'l qo‘yadigan sohalar asosida yuzaga keladi va ko'payib 
boradi.
XUSUSIY REGRESSIYA KOEFFITSIENTI - muayyan omilning natijaviy
belgi variatsiyasiga tasirini omillar o'zaro bog'lanishidan 
“tozalangan ’ holda o'lchaydi.
XUSUSIY TADBIRKORLIK - fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan
o'zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, 
shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik 
doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo'jalik faoliyati dir.
458


XUSUSIY TASHKILOTLAR - demokratik davlatlarda, individuallar va
xususiy tashkilotlar mustaqil ish yuritishga harakat qiladi. Masalan, 
ro'znoma va oynomalar xususiy tarzda boshqariladi. Davlat 
maktablari bilan xususiy maktablar ham faoliyat ko'rsatadi. Ko'plab 
korxonalar xususiy tarzda boshqariladi. Britaniya, Shvetsiya va 
ko'plab davlatlarda (ya’ni demokratik davlatlarda) sanoat va xizmat 
ko'rsatishning ayrim tarmoqlariga davlatning o'zi egalik qiladi. 
Totalitar davlatlarda esa hukumatning o'zi aksariyat uyushmalar va 
tashkilotlarni shakllantiradi va nazorat qiladi. Bu davlatlarda odamlar 
davlatning ruxsatisiz biror-bir guruhga birlasha ham olmaydilar.
XUSUSIYLASHTIRISH - davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish.
Xususiylashtirish davlat mulki monopoliyasini tugatish, erkin 
sohibkorlik tashabbusiga yo'l ochish, bozor iqtisodiyotini 
rag'batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. Xususiylashtirish 
orqali davlat mulki fuqarolarga berilib, har bir kishi milliy boylikdagi 
o'zhissasiga egabo'ladi. Xususiylashtirish davlat mulkini investitsiya 
etishdan, ya’ni yangidan uni hisob-kitob qilib, uning haqiqiy qiymati 
miqdorini aniqlashdan boshlanadi. Uni o'tkazish uchun maxsus 
organlar tashkil etiladi. Xususiylashtirish uchun ajratilgan davlat 
mol-mulkining ro'yxati tuziladi, davlat mulkini sotib olish (berish) 
shart-sharoiti aniqlanadi.
XUSUSIYLASHTIRISH INVESTITSIYA FONDLARI (XIF) - investitsiya
fondlarining bir turi hisoblanadi. Ular aholining keng qatlamini 
xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tashkil etiladi.
XVFning BOSH MAQSADI - xalqaro valyuta tizimi ustidan nazoratni amalga
oshirish va barcha a’zo mamlakatlarga (ham rivojlangan boy, ham 
rivojlanayotgan kambag'al) qisqa muddatli moliyaviy muammolarni 
hal etishda yordam ko'rsatish. O'zbekiston 1992-yilda XVFga a’zo 
bo'Igan.
XXI HISOBOT TIZIM I - markazlashgan taqsimotga asoslangan iqtisodiyot
hisobot tizimdir.
45Q


YAGONA 
G'AZNA 
HISOB-RAQAMI 
-
g'aznachilik 
tomonidan
boshqariladigan maxsus bank hisob-raqami bo'lib, bu hisob- 
raqamga Davlat budjeti mablag'lari hamda budjet tashkilotlarining 
budjetdan tashqari mablag'lari kiritiladi. Yagona g'azna hisob- 
raqamidan Davlat budjeti mablag'laridan nazarda tutilgan yuridik 
va jismoniy shaxslarning xarajatlari to'lanadi, shuningdek, davlat 
maqsadli jamg'armalarining xarajatlari amalga oshiriladi.
YAGONA IQTISODIY MINTAQA (MAKON) - erkinlashtirilgan maxsus
iqtisodiy zona bo'lib, subyektlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, 
maxsus qabul qilingan qonunlar asosida tashkil etiladi. Ular ko'p 
tomonlama shartnoma asosida yagona iqtisodiy siyosat olib boradi 
va iqtisodiy ittifoq yuzaga keladi. Bu zonada integratsiyalashuv 
yuqori darajada bo'lib, raqobat erkinlashtirilgan asosda amalga 
oshiriladi.
YAGONA KASSA TAMOYILI - budjet daromadlari barcha tushumini, budjet
taqchilligi manbalarini jalb etish, moliyalashtirish va budjetning 
yagona hisob-raqamidan barcha xarajatlarni amalga oshirishni 
ko'zda tutadi.
YAGONA SOLIQ, TO'LOVI - kichik biznes subyektlarini qo'llab-quwatlash
maqsadida turli soliq va yig'imlar o'rniga soddalashtirilgan tartibda 
to'lanuvchi soliq turi.
YAGONA TARIF SETKASI - quyi darajadagi ishchilardan tortib tashkilot
rahbarlarigacha bo'lgan barcha xodimlar mehnatining tarifikatsiyasi 
va unga haq to'lashdir.
YAGONA YER SOLIGINI 
TO'LOVCHILAR 
-
qishloq 
xo'jaligi
kooperativlari (shirkadar), fermer xo'jaliklari, agrofirmalar, boshqa 
qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi budjetga soliq 
to'lovchilar hisoblanadi.
YAIM DARAJALARIDAGI FARQLAR - potensial va real YalMning
darajalari orasidagi farqlar.
YAIM DEFLYATORI - mamlakatda narxlar umumiy darajasining o'sishini
ifoda etuvchi umumlashtiruvchi makroiqtisodiy ko'rsatkich. U 
nominal YalM hajmini real YalMhajmigabo'lish orqali aniqlaniladi.
YAIMni HISOBLASHNING “ PIROVARD ISTE’MOL ELEMENTLARI”
USLUBI - uy xo'jaliklari, davlat muassasalari, uy xo'jaligiga xizmat
460 ^



ko'rsatuvchi xususiy tashkilotlar, pirovard iste’mol bilan bog'liq 
sarf-xarajatlar yig'indisi hamda yalpi jamg'armalar, mahsulot va 
xizmatlar eksporti va importining qoldiqlari yig'indisi sifatida 
hisoblanadi.
YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT FAOLIYATI - fuqarolarning tovar ishlab
chiqarish va aholiga pullik xizmat ko'rsatish bo'yicha mehnat 
faoliyati.
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK - yuridik shaxs tashkil etmagan
holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan 
tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishidir.
YAKUNTY DAVLAT ATTESTATSIYASI - bakalavr yoki magistr darajasiga
qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va 
tartibotlar vositasida (fanlar bo'yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv 
malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi 
tomonidan oliy ta’lim o'quv reja va dasturlarining bajarilishi sifatini 
baholash.
YAKUNIY ISTE’M OL - qiymati boshqa tovar va xizmat qiymatiga o'tmaydigan
tovar va xizmatlardan iborat.
YAKUNIY NAZORAT - xo'jalik va moliyaviy operatsiyalar amalga oshiril-
ganidan keyin o'tkazilib, tekshirilayotgan hujjatlarni va korxonaning 
butun moliyaviy holatini chuqur o'rganish bilan farq qiladi.
YALPI DAROMAD - korxonada olingan sof daromadning bir qismidir.
Ma’lumki, yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab 
chiqarishga ketgan xarajatlar o'rtasidagi farq sifatida namoyon 
bo'ladi. U markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof 
daromadiga bo'linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi 
qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i va foydadan ajratmalardan 
hosil bo'ladi. Qo'shilgan qiymat solig'i va aksiz solig'i korxona 
mahsulotini sotish jarayonida qat’iy me’yorlar bo'yicha undiriladi, 
foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida 
davlat budjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning 
ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan 
talofotlar, dividendlarni to'lash va boshqa ehtiyojlar xarajatlarini 
qoplash uchun ishlatiladi.
YALPI FOYDA - korxona yalpi daromadining barcha majburiy to'lovlami
chiqarib tashlagandan so'ng korxona ixtiyorida qoluvchi qismi.
YALPI FOYDANING GRAFIGI (CHIZMASI) - ishlab chiqarishning ma’qul
holatida foyda va zararlarning hududi (miqyosi)ni aks ettiradigan 
grafik (chizma).
——
1
— ««rasxaKi******—


YALPI ICHKI MAHSULOT - ma’lum davr 1 yil mobaynida mamlakat ichida
ishlab chiqarilganbarchatayyortovarlarvako'rsatilgan xizmatlarning 
pul ko'rinishidagi qiymati. 3 ta metod: daromadlar, xarajatlar va 
qo'shimcha qiymat metodi orqali hisoblab chiqiladi. Rivojlangan 
mamlakatlarda XX asrning 50-yillaridan boshlab statistikada yalpi 
ichki mahsulot ko'rsatkichi qo'llanila boshlandi. Ushbu ko'rsatkich 
yordamida milliy iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlari va 
tendensiyalarl tahlil etiladi, boshqa mamlakatlar iqtisodiyotlarining 
rivojlanish natijalari bilan solishtiriladi, iqtisodiyotning ishlab 
chiqarish strukturasiga baho beriladi, iqtisodiyotning qanchalik 
tashqi iqtisodiy aloqalarga bog'liq ekanligi aniqlanadi. Yalpi ichki 
mahsulot ko'rsatkichi yalpi milliy mahsulotdan mamlakatning 
tashqi kapital sarflaridan olgan foyda saldosi miqdoriga farq qiladi. 
Chunki hozirgi sharoitda o'ta yirik korxonalar faoliyati kuchayib 
bormoqda. Ushbu faoliyatdan olingan foyda saldosi YaMM 
miqdorini ko'paytirib yuborishi mumkin. O'zbekistonda yalpi ichki 
mahsulot ko'rsatkichi hisoblanadi.
YALPI ICHKI MAHSULOT DEFLYATORI - yalpi ichki mahsulot uchun
aniqlangan baho indeksi. Uni aniqlash uchun yalpi ichki mahsulot 
qiymat indeksi YalMning fizik hajm indeksiga nisbatan olinadi.
YALPI ICHKI MAHSULOTNI (YAIM) HISOBLASHNING “ISHLAB
CHIQARISH” USLUBI - ko'rsatkich tarmoqlar bo'yicha 
qo'shilgan qiymat, mahsulotga sof soliqlar (ya’ni subsidiyalar 
chegirib tashlangandan so'ng) va import qilingan mahsulot sof 
soliqlari qo'shilgan qiymat yig'indisi sifatida belgilanadi. Tarmoq 
qo'shilgan qiymati yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot bilan oraliq 
iste’mol o'rtasidagi tafovutdan iborat bo'ladi.
YALPI IJTIMOIY MAHSULOT - yil davomida jamiyat tomonidan moddiy
sohada yaratilgan mahsulotlarning pul birligidagi qiymati; ijtimoiy 
ishlab chiqarishning asosiy statistik ko'rsatldchlaridan biri.
YALPI INVESTITSIYALAR - korxona va firmalarning mashina, dastgohlar
xaridi, qurilish, zaxiralarning o'zgarishi bilan bog'liq barcha sarflar. 
YaMM xarajatlar usulida hisoblaganda tarkibiga qo'shiladi.
YALPI ISHLAB CHIQARISH YOKI YALPI MAHSULOT - mamlakatda
(tarmoqda, sektorda) ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning 
ishlab chiqarilgan vaqtdagi bozor baholaridagi qiymati.
YALPI JAMG'ARISH - joriy davrda ishlab chiqarilgan va ana shu davrda iste’mol
qilinmagan tovar va xizmatlarning rezident birliklari tomonidan 
faqat sotib olinishi natijasida shakllangan jamg'arma.
462


YALPI MAHSULOTNI INFLIRLASH VA DEFLIRLASH - YaMM real
hajmini nominal YaMMni narx indeksiga bo'lish orqali aniqlash 
(qarang: real YaMM).
YALPI MILLIY DAROMAD - shu mamlakat rezidentlarining shu
mamlakatningvaxorijiy mamlakatlarning YalMniyaratishdavomida 
olgan birlamchi daromadlari (mulkdan olgan soliq bilan birga)ning 
yig'indisi.
YALPI MILLIY IXTIYORIDAGI DAROMAD (YAIMD) - shu mamlakat
rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar va sof joriy 
transfertlar yig'indisi.
YALPI MILLIY MAHSULOT (YaMM) - bir yil mobaynida mamlakatda
ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar yig'indisining bozor 
narxlarida ifodalanishidir. Bir mahsulotni takroriy hisoblashga 
yo'l qo'ymaslik uchun YaMM ga korxona tomonidan yaratilgan 
qo'shilgan qiymat kiritilishi zarurdir. Pirovard mahsulot yoki 
qo'shilgan qiymat korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdorining bozor bahosidan iste’mol qilingan 
xomashyo va materiallar ayirmasiga teng. YaMMni ikki, ya’ni 
xarajatlar va daromadlar yo'li bilan hisoblash mumkm. Xarajatlar 
bo'yicha YaMM quyidagilarni jamlash orqali hisoblanadi: shaxsiy 
iste’mol uchun xarajatlar, ya’ni aholining iste’mol buyumlari va 
xizmatiarni sotib olishga qilgan xarajatlari; korxonalar (firma) yalpi 
investitsiyalari, ya’ni ularni mashinalar, dastgohlarni sotib olishga, 
hamma qurilishga, zaxiralarning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan 
barcha xarajatlari; davlat tomonidan tovar va xizmatlar xaridi, ya’ni 
davlat va uning organlari tomonidan korxonalar pirovard mahsuloti 
va ishlab chiqarish omillari xarid qilish bilan bog'liq xarajatlar; sof 
eksport, ya’ni ushbu mamlakat tovarlari va xizmatlari uchun xorijiy 
xarajatlarning ana shu mamlakat fuqarolari va tashkilotlari chet el 
tovar va xizmatlari uchun sarflangan xarajatlardan ortiqcha miqdori. 
Daromadlar bo'yicha yalpi milliy mahsulot yollanma ishchilarning 
ish haqini renta to'lovlami, foizni, korporatsiyalardan daromadlar 
bilan bog'liq bo'lmagan ikkita to'lov turi iste’mol qilingan kapitalga 
ajratmalari hamda korporatsiyalarning bilvosita soliqlari miqdorini 
jamlash orqali hisoblanadi.
YALPI PUL TUSHUMI - tovar mahsuloti, ish, xizmat va moddiy boyliklarni
sotishdan tushuvchi pulning umumiy miqdori.
YALPI QO'SHILGAN QIYMAT - alohida olingan xo'jalik yurituvchi
subyektlar, tarmoqlar va iqtisodiy sektorlarning faoliyati natijasi 
bo'lib, uning hajmi yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli orasidagi 
farqqa teng.
463


YALPI TAKLIF - mamlakatda, ma’lum vaqt davomida, tadbirkorlik sektori
va davlat tomonidan ishlab chiqarilgan, va baholarning turli 
darajasida taklif qilinadigan tovar va xizmatlarning umumiy hajmi.
YALPI TALAB - uy xo'jaliklari, firmalar, davlat va xorijliklar, mamlakat
rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni 
baholarning turli darajasida sotib olishga qilingan xarajatlarning 
umumiy yig'indisi.
YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLAR - iqtisodiy jihatdan eng tez
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi davlatlar.
YANGI IQTISODIY SIYOSAT - Sovet davlatida 
1921-yilda joriy
etilgan. 
Tovar-pul 
munosabatlariga 
keng 
o'rin 
berilgan, 
denatsionalizatsiya amalga oshirilgan, xususiy ishlab chiqarish va 
savdoga keng o'rin berilgan va yagona oziq-ovqat solig'i joriy etilgan. 
Yangi iqtisodiy siyosatdagi kapitalistik munosabatlar iqtisodiyotni 
tez tiklash va rivojlantirishga imkon berdi. Faqat og'ir sanoat, bank, 
temiryo'l, tashqi savdogina davlat monopoliyasida bo'Igan. Moliya 
tizimi pul islohoti orqali kuchaytirilgan. 1928-yildan boshlab inkor 
etilib, ma’muriy-buyruqbozlikka o'tildi.
YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK) YO'NALISH - garb iqtisodiy
adabiyotida “Yangi klassik ekonomiks” deb ataladi va bu yo'nalish 
asosida marjinalizm g'oyalari yotadi. Buyuk ingliz iqtisodchisi 
A. Marshall (1842-1894) nomi bilan bog'liq. Shu davrda “Siyosiy 
iqtisod” o'rniga mafkurasiz “Ekonomiks” matni paydo bo'ldi. 
Unda sof erkin bozor iqtisodiyoti targ'ib etiladi, davlatning roli 
imkoni boricha kam bo'lm og'i kerak. Bu yo'nalishda liberalizm 
va neoliberalizm oqimlari mavjud. Amerika monetarizmi -
M. Fridman (1912, AQSH) o'zining “Kapitalizm va erkinlik” (1960) 
kitobida “erkin ishbilarmonlik’ ni himoya qiladi. “Ozodlik yo'lida 
qurbon berish”ni va “tabiiy ishsizlik”ni qo'llab-quwatlaydi, davlat 
tomonidan beriladigan yordamga qarshi chiqadi, iqtisodiyotni 
to'g'ri pul siyosati bilan (davlat kam aralashadi) tartibga solish 
tarafdori. Bu oqim g'oyalari Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotida 
qo'llanilmoqda.
YANGI MAKTAB - boshqaruv nazariyasidagi bu yo'nalish boshqaruv ilmiga
aniq fanlar usullari va apparatini joriy etish bilan xarakterlanadi
YANGI TOVAR - biror bozorda birinchi marta taklif qilinadigan tovar.
YANGI TOVARNI ISHLAB CHIQISH - korxonaning o'z kuchi bilan
o' tkazish asosida original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan 
mahsulotlarni yaratish jarayoni. Bu jarayon odatda g'oyalarni
464


ishlab chiqish, tanlash, yangi tovar konsepsiyasini ishlab chiqish 
va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes 
tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish, sinov marketingi va 
tijoratlashtirishdan iborat bo'ladi.
YAPON 
BOSHQARUV 
MODELI 
VA 
BOSHQARUV
MADANIYATINING ASOSIY JIHATLARI - uzoq muddatli 
strategiya; innovatsion boshqaruv madaniyatining shakllanishida 
doimiylik; jahon texnika madaniyatining eng so'nggi namunalarini 
tez o'zlashtirish; inson omili rivojlanishi, zamonaviylashuvi va 
boshqaruv personali bilan ishlashni istiqbolli resurslar sifatida 
qarash; madaniyat me’yorlarini saqlash, qo'llab-quwatlash va 
ko'paytirish.
YAPON MO'JIZASI - uning quyidagi jihatlarini ko'rsatish mumkin: -
qattiq intizom, yuqori darajadagi mehnat unumdorligi; innovatsiya, 
yangilikka intilish; jamiyat, korxona manfaatini shaxsiy manfaatdan 
ustun qo'yish; raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni o'z 
burchi deb bilish, ichki va tashqi bozorni ajratmasllk; 5 ta “S” ga 
qat’iy rioya qilish, ya’ni: 1. Seyri - uyushqoqlik. 2. Seyton - poklik. 
3. Seyso - tozalik. 4. Seykets - ahloqlilik. 5. Sitauks - intizom; ilmiy- 
amally ishlar ixtirochilikni rag'batlantirish; “tovar yoki xizmat o'z- 
o'zi uchun gapirsin” shiori; yapon xalqining mehnatsevarligi va 
boshqalar.
YAPON 
FIRMASI 
BOSHQARUV 
STRATEGIYASINING 
ASOSIY
XARAKTERISTIKAL ARI - o'zgarishlargamoslashish; muhitgava 
muhitdagijoygamoslashish; o'zgarayotgan dunyo da ma’lum vaqtga 
emas, balki uzoq istiqbolda yashash uchun barcha imkoniyatlarni 
hisobga olish va ulardan foydalanish; texnika, texnologiya va ij timoiy 
omil yutuqlarini yashashning asosiy resurslari sifatida ajratib olish.
YAPON SHAMLARI - sham bahoning ushbu vaqt intervali (-1 ) ichida tanlab
olingan to'rt ifodasini aks ettiradi, kattaligi: 1 daqiqa, 5 daqiqa, 10 
daqiqa, 60 daqiqa (soatli), haftali, oyli va boshqa shu kabi.
YARATILGAN AKTIVLAR - tizimda ishlab chiqarish doirasida yaratilgan
nomoliyaviy aktivlar.
YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR - ba’zi bir ishlov bosqichlarini o'tgan,
lekin hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan 
iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur 
bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini o'tgan bo'lsalar ham, 
lekin ishlov yoki yig'ish uchun navbatdagi bosqichga yo'naltirilishi 
kerak bo'ladi.
465


YARMARKA - belgilangan muddatlarga bir joyda muntazam to'planadigan bozor;
yarmarka ishtirokchilariga o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlar 
namunalarini ko'rsatishga imkoniyat yaratish, savdo bitimlari tuzish 
maqsadlarida yangi yutuqlar va texnik kamolotni namoyish qilish.
YASAK - qadimgi davrda yashagan xalqlarning to'lagan natural soliqlari. Aholi
o'z qishloq boshliqlariga soliqni natural (mahsulot, xomashyo) 
ko'rinishda to'lab berganlar.
YASHIL KARTA - avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug'urtalash to'g'risidagi xalqaro shartnomalar tizimi. 
Mazkur sug'urta turi bo'yicha shartnoma tuzilganlik faktini 
tasdiqlovchi polis. 1949-yilda Yevropaning 13 ta davlati o'rtasida 
yashil karta to'g'risida shartnoma tuzilgan. Hozirgi paytda yashil 
kartaga a’zo mamlakatlar 30 dan ziyodni tashkil etadi. Yashil kartaga 
a’zo bo'lgan mamlakatlarda tegishli milliy byurolar tashkil etilgan 
va u mazkur davlat hududida yashil karta bilan bog'liq ishlarni 
muvofiqlashtirib turadi.
YASHIRIN KELISHUV - xalqaro savdodagi g'irrom raqobat shakllaridan
biri. Uning ikki turi bor: l ) yopiq savdo qatnashchilari o'rtasida;
2) bozorni taqsimlash va narxlar o'rnatish haqidagi norasmiy 
shartnomalar.
YASHIRIN SOLIQ, - iste’molchi tomonidan bevosita to'lanmaydigan, lekin
unga 
mo'ljallangan 
mahsulotning 
bahosi 
tarkibiga 
uni 
ogohlantirmasdan, unga xabar bermasdan, unga bildirmasdan 
kiritilgan soliq. Masalan, bojlar.
YASHIRIN TALAB - qandaydir konkret ehtiyoj bor va talabga aylanishi
mumkin, lekin uni mavjud tovarlar bilan qondirib bo'lmaydi.
YASSI MUNTAZAM TARKIB - uncha katta bo'lmagan saviyaga ega bo'lgan
tarkib va bitta rahbarga bo'ysunuvchi katta sondagi xizmatchilar.
YAXLITLANMAGAN 
NARX 
-
yaxlit 
raqamlardan 
sal 
pasaytirib
qo'yiladigan narx.
YEM-XASHAK BALANSI - korxona uchun zarur yem-xashakning hamma
turlari ko'rsatilgan, yem-xashaklar jismoniy holidagina emas, balki 
oziq turlarida va o'zlashtiriladigan oqsil moddalari tarzida ham 
hisobga olinadigan ish hujjati.
YER - tabiiy resurslar (ekiladigan yerlar, suv resurslari, foydali qazilmalar va h.k.).
Yer iqtisodiyotda ishlab chiqarishning omillari bo' lgan resurslarning 
bir elementi hisoblanadi.
YER KADASTRI - yerning tabiiy, xo'jalik va huquqiy o'rni to'g'risida
ma’Iumotlar to'plami bo'lib, u yerdan foydalanuvchilarning ro'yxati,
466


yerning miqdori va sifati hisobi, tuproq banitirovkasi va yerni 
iqtisodiy baholash ma’lumotlarini o'z ichiga oladi.
YER NARXI - cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar
yig'indisining keltirilgan (boshlang'ich yilga) qiymati.
YER OSTI BOYLIKLARI - tabiiy muhit tizimining yer qa ri bilan eng yaqin
bog'langan elementi bo'lib, ular jonsiz tabiat resurslari hisoblanadi. 
Ulardan konstruksion va boshqa materiallar, kimyoviy qo'shilmalar, 
o'g'itlar va boshqalarni ishlab chiqarishda keng miqyoslarda 
foydalaniladi. O'zbekistonning yer osti boyliklari g'oyat xilma- 
xil, zaxiralari esa ko'p bo'lib, ular 100 ga yaqin mineral xomashyo 
turlarini, 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlarini o'z ichiga 
oladi.
YER OSTI BOYLIKLARI RENTASI - shaxslar va davlat birliklariga qarashli
konlardan ma’lum vaqt davomida muayyan xaq evaziga boshqa 
institutsion birliklar foydalanishi uchun berilgan ruxsatnoma 
(litsenziya)ga to'lanadigan haq.
YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ. -
soliqni
О ‘zb ekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni, 
shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog'liq bo'lmagan 
yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanishni amalga 
oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar to'laydilar. Uning obyekti 
bo'lib foydali qazilmalar qazib olish hajmi, texnogen hosilalarning 
hajmi, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog'liq bo'lmagan yer 
osti inshootlari hajmi, rangli toshlar xomashyosi, paleontologiya 
qoldiqlari va boshqa geologik kollektsiya materiallari namunalarini 
to'plash uchun berib qo'yilgan yer qa’ri uchastkasi maydoni 
hisoblanadi. Soliqning stavkasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
YER RENTASI - qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan quruq
yerdan foydalanganlik uchun yer egasiga to'lanadigan haqdir. 
Renta darajasi, ya’ni renta qiymati quyidagi omillarga: yerning 
tabiiy unumdorligiga, yerning iste’molchilarga nisbatan joylashish 
darajasiga va unga sarf etilgan moddiy va mehnat resurslari xarajati 
miqdoriga bog'liqdir.
YER SOLIG'I - yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar
to'laydigan soliq. Uning miqdori yer egalari, yerga egalik qiluvchilar 
va yerdan foydalanuvchilar xo'jalik faoliyatining natijalariga bog'liq 
bo'lmasdan, balki bir yil uchun yer birligiga nisbatan barqaror 
to'lovlar ko'rinishida o'rnatiladi. O'z mulkida, egaligida yoki 
foydalanishida yer uchastkalariga ega bo'Igan yuridik va jismoniy

Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin