O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi
yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan
kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi
ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz
yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar
ham o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega.
Kasb-hunar
maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi
tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni
olish huquqiga ega.
11-modda. Oliy ta’lim
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir
yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus
ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik
boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga
kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch
yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga
ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha
chuqurlashtirilgan bilim,
malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan
tayanch oliy ta’limdi.Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik
bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan
bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organi tomonidan belgilanadi.Fuqarolar shartnoma
asosida ikkinchi va undan
keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: