14-modda. Maktabdan tashqari ta’lim.
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil
etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat
tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan
tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi
sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini
qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti
saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari,
bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar,
axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat
boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Pedagogika fani nimani o‘rganadi?
2.
Pedagogika fanining obyekti va predmetini izohlang.
3.
Pedagogika fanining asosiy vazifalariga izoh bering.
4.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?
5.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligini asoslang.
6.
Pedagogik fanlar tizimini shartli ravishda asosiy, yordamchi va
mustaqil fan sohasi yo‘nalishlariga ajrating.
7.
Pedagogika fani metodologiyasi tushunchasiga izoh bering.
8.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari haqida gapirib bering.
9. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim nechta turda amalga oshiriladi?
10. Maktabgacha ta’lim nima?
11. Oily o‘quv yurtidan keying ta’lim haqida ma’lumotlar bering.
12. Maktabdan tashqari ta’lim haqida gapirib bering.
Dostları ilə paylaş: |