Gazni quritish



Yüklə 192,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix05.12.2023
ölçüsü192,69 Kb.
#172692
1   2   3   4   5   6
Gazni quritish texnologiyasini o\'rganish

Nasadkali absorberlar 
Nasadkali absorberlar. Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan absorberlar qatoriga kiradi. Har xil shaklli va turli o’lchamga ega 
bo’lgan qattiq jismlar, ya’ni nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo’lgani uchun 
ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o’tadigan tayanch to’rlariga o’rnatiladi. 


5-rasm. Nasadkali absorber: 
1 — qobiq; 2 — suyuqlik taqsimlagichi; 3 — 
nasadka qatlami; 
4 — tayanch to’ri; 5 — gidravlik zatvor. 
Qurilmaning ichki bo’shlig`i 
nasadka bilan to’ldirilgan bo’ladi (4-rasm) 
yoki har birining balandligi 1,5—3m bo’lgan
qatlamlar 
holatida 
joylashtiriladi. 
Gaz 
to’rning tagiga beriladi, so’ngra nasadka 
qatlamidan o’tadi.Suyuqlik esa kolonnaning 
yuqorigi qismidan maxsus taqsimlagichlar 
orqali sochib beriladi,
u nasadka qatlamidan o’tayotganda pastdan 
berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. 
Kolonna samarali ishlash uchun 
suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko’ndalang kesimi bo’ylab bir xil sochib berilishi kerak.Bu qurilmaning kontakt yuzasi nasadkalar 
yordamida hosil qilinadi. 
Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko’ndalang 
kesimi bo’yicha bir me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli absorberlar 
samaradorligi ancha kam bo’ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo’lgan 
absorberlar ham ishlatiladi. 
Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, polimer, halqalar, metalldan tayyorlangan to’rlar, 
sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (4-rasm). Nasadkalar samarali ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi 
kerak: 
1) Nasadkalar hajm birligida katta yuzaga ega bo’lishligi; 
2) Sochilib beruvchi suyuqlik bilan yaxshi aralashishi; 
3) Gaz oqimiga nisbatan kam gidravlik qarshilik ko’rsatishi; 
4) Sochiluvchan suyuqlikni bir xil tarqatishi; 
5) Kolonnada harakat qilayotgan suyuqlik va gazlarning ta’siriga nisbatan 
kimyoviy mustahkam bo’lishi; 
6) Solishtirma og`irligi kam bo’lishi; 
7) Mexanik jihatdan mustahkam; 
8) Arzon bo’lishi lozim. 


Lekin amalda bunday talablarni qondiradigan nasadkalar uchramaydi, masalan, solishtirma yuzaning katta bo’lishi, qurilma gidravlik 
qarshiligining ortib ketishiga olib keladi.Shuning uchun sanoatda absorbsiya jarayonining asosiy talablarini qanoatlantiradigan nasadkalar 
ishlatiladi.Sanoatda Rashig halqalari eng ko’p qo’llaniladi. 
Nasadkali absorberlar bir qator afzalliklarga ega: tuzilishi sodda va agressiv suyuqliklar bilan ishlash imkoniyati mavjud. 
Bunday qurilmalardan modda o’tkazishdagi diffusion qarshilikning qiymati suyuq yoki gaz fazada kata bo’lgan paytda ham 
foydalanish mumkin. 
Bunday qurilmalar kamchiliklardan ham xoli emas. 
Nasadkali kolonnalarda gazlarning yutilishida ajralib chiqadigan issiqlikni yo’qotish qiyin, bundan tashqari suyuqliklarning 
sochilish miqdori kam bo’lganda nasadkalar yomon ho’llanadi. Bu qurilmalarda hosil bo’ladigan issiqlikni kamaytirish, nasadkalarni yaxshi 
ho’llash uchun absorbentlarni nasos orqali resirkulyatsiya qilish (ya’ni absorbertning ma’lum qismini qaytadan kolonnaga berish) usuli
qo’llaniladi. 
Bu vaqtda absorbsiya qurilmasining tuzilishi murakkablashadi va resirkulyatsiya uchun quvur ishlatilishi natijasida uning qiymati
ortib ketadi. Nasadkali kolonnalardaifloslangan yoki loyqalangan suyuqliklarni ishlatib bo’lmaydi. 

Yüklə 192,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin