Gazni quritish



Yüklə 192,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix05.12.2023
ölçüsü192,69 Kb.
#172692
1   2   3   4   5   6
Gazni quritish texnologiyasini o\'rganish

Tarelkali absorberlar 
Tarelkali absorberlar. Bunday absorberlar vertikal kolonnadan iborat 
bo’lib, ichki qismiga uning balandligi bo’ylab bir xil oraliqda bir nechta gorizontal 
to’siqlar, ya’ni tarelkalar o’rnatiladi. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan 
o’zaro to’qnashib, ularning harakati boshqariladi. 
Gazlarning suyuqlikdan o’tishi va natijada tomchi hamda ko’piklarning hosil bo’lishi barbotaj deyiladi. 
Sanoatda konstruktiv tuzilishi turlicha bo’lgan tarelkalar ishlatiladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilishiga qarab 
tarelkali absorberlar: quyilish qurilmali va quyilish qurilmasiz bo’ladi.
Quyilish qurilmali tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyiluvchi quvur yoki maxsus qurilma orqali 
o’tadi. Bunda quvurning pastki qismi tarelkadagi stakanga tushirilgan bo’lib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi, ya’ni bir tarelkadan ikkinchi 
tarelkaga faqat suyuqlikni o’tkazib, gazni o’tkazmaydi.6-rasmda quyilish qurilmasi bor tarelkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan. 
Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi qismidagi
tarelkaga berilib, bu suyuqlik ushbu tarelkadan 
boshqa tarelkalarga maxsus qurilma orqali o’tadi 
va kolonnaning pastki qismidan chiqib ketadi. 
Gaz esa kolonnaning pastki qismidagi tarelkaning 
teshikchalaridan pufakchalar holida taqsimlanib, 
tarelkalardagi suyuqlik qatlamida ko’pik hosil 
qilib yuqoriga harakat qiladi. Tarelkada hosil 
bo’lgan gaz ko’piklari modda va issiqlik 
almashinish jarayonining asosiy zonasini tashkil 
qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning yuqorigi 
qismidan chiqadi.Quyilish quvurlari shunday 
joylashtirilganki, bunda qo’shni 
tarelkadagi 
suyuqlik qarama-qarshi yo’nalishda harakat 
qiladi. 
Quyilish 
qurilmali 
absorberlarda 


elaksimon, qalpoqchali, klapanli, kapsulali, 
plastinali va boshqa turdagi tarelkalar o’rnatiladi. Turli xildagi quyilish qurilmasi bo’lgan tarelkalarning samarali ishlashi gidrodinamik harakat 
rejimiga bog`liq. Gazlarning tezligi va suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch yo’sinda: pufakli, ko’pikli, 
ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi. 7-rasmda elaksimon tarelkali absorberning ishlash sxemasi ko’rsatilgan. Bu turdagi qurilmalarda 
vertikal silindrsimon qobiq bo’lib, uning ichiga gorizontal tarelkalar o’rnatiladi. 
Tarelkalarning butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan iborat bo’ladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchisiga o’tishi va 
tarelkadagi suyuqlik qatlamining balandligi quyi qismi stakanga o’matilgan quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka teshiklaridan o’tib, 
suyuqlik qatlamida pufakchalar holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda kam bo’lsa, bunda yuqorigi tarelkadagi suyuqlik teshiklar orqali quyi 
tarelkaga oqib tushib ketadi, natijada gaz bilan suyuqlikning modda almashinish samaradorligi juda ham kamayib ketadi. Shuning uchun 
berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning bosimi tarelkadagi suyuqlik qatlamining bosimidan yuqori bo’lib, tarelkadan suyuqlikning oqib 
tushishiga yo’l 
qo’ymasligi kerak. Odatda g`alvirsimon 
tarelka yuzasidagi suyuqlik qatlamining 
balandligi 
25-30 
mm 
holida 
qalpoqchalarning 
teshigi 
bo’ylab 
taqsimlanadi (8- rasm). 
Qalpoqchalarning teshiklari 
tishli bo’ladi va ular uchburchaklik 
to’g`ri burchak shaklida tayyorlanadi. 
Keyin esa gaz quyish qurilmasi orqali 
bir 
tarelkadan 
ikkinchi 
tarelkaga 
quyilayotgan 
suyuqlik 
qatlamidan 
o’tadi. Suyuq qatlamlardagi harakat 
davomida ba’zi mayda oqimchalarning 
bir qismi bo’linib ketadi, gaz esa 
suyuqlikda pufakchalar holida taqsimlanadi. Qalpoqchali tarelkalardagi gaz ko’piklari va pufakchalarning hosil bo’lish samaradorligi gaz 
harakatining tezligiga va qalpoqchalarning suyuqlikka tushirilgan balandligining o’lchamiga bog`liq. 
Qalpoqchali tarelkalar gaz va suyuqlikning sarfi katta bo’lganda ham barqaror ishlaydi. Kamchiliklari: tuzilishi murakkab, gidravlik 
qarshiligi katta, tozalash qiyin, narxi qimmat, berilayotgan gaz miqdori kam bo’lganda yomon ishlaydi. 

Yüklə 192,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin