74
- yirik summadagi (250 ming AQSh dollaridan ortiq) va uzoq muddatli bitimlarda
(6 oydan 10 yilgacha bo’lgan bitimlarda) foydalaniladi. Bunda eksportyor roziligi talab
etiladi;
- importyor qarzlari birinchi toifali banklar tomonidan avallangan (kafolatlangan)
veksellar shaklida rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak, bu shart ularni qayta hisobga olib
borish uchun zarurdir. Veksellarni uzatish indossament orqali rasmiylashtiriladi;
- yuqori qiymat. Veksellar hisobi ma’lum bir davlatning yoki LIBOR stavka orqali
amalga oshiriladi, shuningdek qa’iy stavkadan ham foydalanish mumkin. Diskont hajmi
(LIBOR+% (valyuta shartnomalarida o’rtacha 7-12,5% yillik stavka bo’ladi)) forfeytor
o’ziga qabul qilgan risk, veksel muddati va valyutaga bog’liq.;
- faktoringga xos bo’lgan barcha risklar (to’lovni, o’tkazmalarni amalga
oshmasligi, valyutaviy va boshqalar) mavjud bo’lib, shuningdek, unga uzoq muddatli
qarz talabnomalariga ega bo’lish bilan bog’liq bo’lgan risklar ham ko’shiladi;
- forfetingdagi risklar hisobiga veksellar va boshqa qarz majburiyatlari bo’yicha
to’lovlarni o’tkazish usullari muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda shuning uchun ushbu
operatsiyaga
qatnashuvchi
banklar
o’zaro
korrespondentlik
tarmoqlaridan
foydalanishadi;
- forfeyting lizingdan oddiy xujjatlarni rasmiylashtirish bilan farq qilib,
keyinchalik tasdiqlash hisobiga odatda telefon orqali amalga oshiriladi;
- forfeytingdan davlat va mahalliy tizimda foydalanish mumkin, shuningdek,
eksport kafolat ostida moliyalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: