75
kreditlashga optsion taqdim etilishi mumkin va unga mahsulotning shartnomaviy
bahosiga moliyalashtirish xizmatlari bo’yicha o’z xarajatlarini kiritish imkoniyati
mavjud. Sotib oluvchiga olingan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovni
muddatini o’zaytirish imkoni yaratiladi.
Forfeyting
quyidagi
kamchiliklarga ega:
-
sotib oluvchi (importyor yoki qarzdor) qarz vositalarini haqiqiyligini ta’minlash
bo’yicha javobgar hisoblanadi. U oddiy veksellar yoki trattalar, kafolatlar va avallar
bo’yicha, shuningdek, halqaro bitimlarda forfeyting amalga oshirilsa valyutaviy
qonunchilikdan to’la xabardor bo’lishi kerak;
-
bank o’z xizmatlari uchun kreditlash operatsiyalariga nisbatan ko’proq foiz
to’lovlarini undiradi va veksel va boshqa kredit hujjatlarini ikkilamchi qimmatli qog’ozlar
bozorida sotishi mumkin;
-
garov ta’minotchini izlashda qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin (kredit
xujjati kabi, forfeytorni qanoatlantiruvchi garov ta’minotchini topish);
-
boshqa turdagi kreditlarga nisbatan foiz stavkalari yuqori bo’ladi, biroq qarzdor
sug’urta xarajatlarini amalga oshirmaydi va bu ba’zan o’zini oqlaydi.
Dostları ilə paylaş: