J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

 
Amaliy mashg’ulot uchun savollar 
1.
Xalqaro kredit mohiyati, funksiyalari va roli.
2.
Xalqaro kredit bozori tarkibi va ishtirokchilari xalqaro kredit shakllari.
3.
Xalqaron kreditning valuta-moliyaviy va toʻlov shartlari.
4.
Xalqaro hisod kitoblarda xalqaro kreditdan foydalanish.
5.
Xalqaro kredit bozorini shakllanish tendensiyalari.
6.
Xalqaro moliya bozori tizimida xalqaro kredit bozorining oʻrni.
7.
Xalqaro depozit bozori.
8.
LIBORning xalqaro ssuda kapitallari bozoridagi ahamiyati.
9.
Xalqaro kreditlarni jalb etishda davlat kafolati. 
10.
Xalqaro kredit liniyalari va ularni ochish shartlari.
11.
Kredit diskriminatsiyasi.
12.
Xalqaro kreditlar bo’yicha qarzdorlik muammosi va uni hal etish yo’llari. 
Topshiriqlar 
 
1.
Xalqaro ssuda kapitallari bozoriga oid asosiy tushunchalardan “klaster” tuzing. 
2.
Mamlakatlarning XVFdagi kvota miqdorining SDRdagi ulushini tahlil eting. 
3.
Xalqaro kredit doirasidagi operatsiyalarning mohiyatini o’rganing. 
4.
Asosiy terminlar lug’atini tuzing.


82 
5.
Qozog’istonda 1 yildan so’ng kutiladigan inflyatsiya darajasi 12 foiz bo’lsa, 
O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 8 foiz bo’lsa, bugungi kundagi kurs 1 KZT = 12 UZS 
bo’lsa, kursga faqat inflyatsiya ta’sir ko’rsatsa, bir yildan keyingi kursni toping? 
6.
Faraz qilaylik, oltin standart tizimi hukm surmoqda. Dollar 1 untsiya oltin 
uchun 20,67 dollar miqdorida qat’iy belgilangan oltin tarkibiga ega, Britaniya funti uchun 
1 untsiya 4,25 funt sterlingga teng. Dollarning funt sterlingga ayirboshlanadigan kursi 
qanday?
Faraz qilaylik, siz o’z ixtiyoringizda 100 funt sterlingga ega bo’la turib, almashuv 
kursi 1 funt sterling uchun 6 dollarga teng bo’lganda tijorat operatsiyalarini amalga 
oshirmoqchisiz. Buyuk Britaniyada qancha miqdorda oltin sotib olish mumkin? Dastlab 
funt sterlingni dollarga almashtirib, so’ngra AQShda qancha miqdorda oltin sotib olish 
mumkin? Mazkur oltin Buyuk Britaniyaga olib kelinsa, uni qancha funt sterlingga sotish 
mumkin bo’ladi? Dastlabki almashuv kursi qancha muddatga o’zgarmasdan saqlanishi 
mumkin? Agar almashuv kursi 1 funt sterling uchun 3 dollarni tashkil qilgan bo’lsa, 
mazkur vaziyatlarning qanday bo’lishini izohlab bering. 
7.
O‘rta muddatli kredit 
Ko‘p tovarlarni eksport qiluvchi Buyuk Britaniyadagi firma hozirgi kunda Lotin 
Amerikasiga o‘rta muddatli kredit asosida tovarlarni eksport qilishni taklif qilmoqda
biroq u o‘z passivlarining regress bo‘yicha ortib ketishidan xavfsiramoqda. 
Quyidagi holatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan va so‘nggi yillarda asosan 
kontinental Evropada ko‘p qo‘llaniladigan ECGD departamentining qoplanmasidan 
foydalanmasdan turib bank tomonidan moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan usulini 
tasvirlab bering. 
O‘z javobingizda importyor uchun uning ustunliklari va kamchiliklari haqida 
ma’lumot bering. 
8.
Ochiq hisob 
«EX Porter Ltd» kompaniyasi yaqinda EIH bozori tarkibiga kirdi, bu bozorda 
ehtimol kompaniyaning sotuv hajmi yiliga 200000 f.st. miqdoridan ortib ketishi mumkin. 
Raqobat kurashi tufayli kompaniya ochiq hisob bo‘yicha shartlarni taklif qilishga va 
boshqa valyuta bilan ish yuritishga majbur. Natijada ular ko‘pgina qiyinchiliklarga duch 


83 
kelishlarini, shuningdek, bitimlarni, naqd pullar oqimini kuzatish bo‘yicha ma’muriy 
xarajatlar bo‘lishini kutmoqdalar.
Vazifa:
A) eksportyor uchun bunday turdagi bitimlar bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy 
muammolarni ko‘rsating. 
B) yordam olish uchun bir qancha manbalar mavjud bo‘lsa ham, mijozingizning 
ehtiyojlarini, shuningdek, mazkur kutiladigan muammolarni qondira olishi mumkin 
bo‘lgan xizmatlarning bir paketini tasvirlab bering. Har qanday afzalliklar va 
kamchiliklarni ayting. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin