J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Venchurli moliyalashtirish
. U yuqori riskli loyihalarni moliyalashirish uchun 
maxsus tuzilgan venchurli biznes fondidan amalga oshiriladi. Bunday loyihalar yangi 
mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu esa, o‘z 
navbatida venchurli moliyalashtirish tijorat (bozor) va ilmiy-texnik xususiyat kasb 
etuvchi risklarga duchor bo‘lishi mumkinligi bildiradi.
Davlat loyihalarni moliyalashtirishni rag‘batlantirish uchun loyiha mahsulotlariga 
(masalan elektr energiyaga) egalik qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalarga 
bevosita yoki bilvosita kafolatlar berib qo‘llab-quvvatladi, xo‘jalik faoliyatini amalga 
oshirish huquqi bo‘yicha loyiha kompaniyasiga kontsessiyalarni taqdim etdi. 
Kontsession 
shartnomalar asosida loyihalarni moliyalashtirish
risklarni ayniqsa, siyosiy riskni 
kamaytiradi, bitim ishtirokchilariga umumiy kafolatlarni taqdim etadi.
Loyihalarni moliyalashtirish shaklidagi xalqaro operatsiyalarning geografik 
taqsimoti xorijiy investitsiyalar bo‘yicha mamlakat qonunchiligiga, qarz oluvchi 


90 
mamlakatidagi investitsion muhitga va loyihadagi risklar sug‘urtasiga bog‘liq. Jahonda 
loyihalarni moliyalashtirish shaklida investitsiyalarni jalb etishda rivojlanayotgan 
mamlakatlar etakchilik qiladi.
Risk darajasi yuqori bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish
da kreditor o‘zining 
asosiy e’tiborini loyihani amalga oshirish nazoratiga qaratadi. Bu vazifani kreditorning 
o‘zi yoki alohida taklif etilgan muhandis (injiniring) kompaniya (loyiha kuzatuvchisi) 
amalga oshiradi.
Loyihani amalga oshirish yuzasidan 
nazorat xarajatlari investitsion loyiha umumiy 
hajmining qariyb 5 foizini yoki undan ham ko‘proq 
qismini tashkil etishi mumkin. 
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va mintaqaviy rivojlanish banklari (XTTB, XMK, 
ETTB va boshqalar) ham loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadilar. Xalqaro 
kosortsium (sindikat) banklari tomonidan rollover asosida beriladigan evrokreditlar 
loyihalarni moliyalashtirish manbasi hisoblanadi
6
. Xalqaro sindikatlashgan kreditlarning 
qariyb 1/5 qismi loyihalarni moliyalashtirishga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin