O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


Mobil telefon va mobil aloqa muhiti



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Mobil telefon va mobil aloqa muhiti.
Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan 
telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo‘lib asta-sekin 
kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p 
maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti
– 
tayanch stansiyalar va bir guruh 
abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir-birlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini 
ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon 
orqali elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida simsiz havo orqali uzatiladi. 
Mobil aloqa xizmati operatorlari.
 
Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar 
(mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga 
radio chastotadan foydalanish va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zining 
mobil tarmog‘ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat 
to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi. Hozirgi paytda O‘zbekiston hududida 5 ta 
mobil aloqa operatori xizmat ko‘rsatmoqda, bular “Uzdunrobita” MCHJ HK – MTS, “YUnitel” 
MCHJ HK - Bilayn, “Koskom” MCHJ – Ucell, “Rubicon wireless comunication” MCHJ – 
“Perfektum Mobayl”, O‘zbektelekom AK – “O‘zbektelekom Mobayl”. Ushbu 5 ta mobil 
operator tomonidan bugungi kunda mobil so‘zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet kabi 
xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 
Mobil aloqa xizmati. 
Mobil aloqa hizmatlari: so‘zlashuv, mobil internet va pochta.
 
Mobil aloqa hizmatlari 

mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning so‘zlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari 
amalga oshiriladi. 


34 
So‘zlashuv
 – 
telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi 
chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. SHundan so‘ng ushbu axborot uzib 
ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog‘lanadi va ushbu abonentlar orasida 
so‘zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. YA’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning 
mobil telefonlar orqali o‘zaro muloqoti - so‘zlashuvdir.
 
Mobil Internet 
– harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet 
resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlar va so‘zlashish 
ma’lumotlari axborotlarning paketli ko‘rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni 
amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. Mobil Internetning 
qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qaerda va qanday holatda bo‘lishidan qat’iy 
nazar, u mobil aloqa tarmog‘i orqali Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu 
xizmat yoqtirilgan mobil telefon bo‘lishi kerak. 
Mobil pochta
-
 
Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali 
shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog‘i yordamida 
oddiy elektron pochta xizmatidan foydalanish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa 
vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya’ni 
pochta xabarlarini olish, o‘qish va javob yo‘llash mumkin. 
rasm. Mobil Internet. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin