O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

NAZORAT SAVOLLAR: 
1.
Adobe Photoshop dasturida ishlash ketma-ketligini ayting.
2.
Adobe Photoshop dasturida tasvirlarga ishlov berish va o‘zgartirish kiritish qanday 
amalgam oshiriladi?
3.
Onlayn rejimida tasvirlarga ishlov berish vositalariga nimalar kiradi?
4.
Grafik ob’ektlarga mobil ilovalar yordamida ishlov berishni izohlang.
5.
Infografika tushunchasi tushuntirib bering.
6.
Til o‘rganishda infografika qo‘llashning ahamiyati nimada deb bilasiz?
7.
Til o‘rganishda infografika vositalaridan foydalanish ni izohlang. 
8.
Ikki o‘lchamli kompyuter animasiyasi tushunchasi ni izohlang..
9.
Flash texnologiyasi qanday? Dasturning asosiy ish sohalari va tushunchalariidan 
foydalanish ni izohlang.
10.
Macromedia Flash dasturining uskunalar paneli sohasi vositalariga nimalar kiradi?.
11.
Macromedia Flash dasturida animasion rolik yaratish
12.
Animatsion lavhani Web-sahifaga joylashtirish ketma-ketligini ayting. 
 
TAYANCH IBORALAR: 
Adobe Photoshop, dastur, ishlash tasvir, ishlov berish, o‘zgartirish, Onlayn rejimi, vosita, 
grafika, ob’ekt, mobil ilovalar, Infografika, til o‘rganishda infografika, infografika vositalari, 
matn, filtr, qatlam. 
 
 
 


30 
5-MAVZU. O‘QUV AUDIO VA VIDEO MATERIALLARINI 
YARATISH VA ISHLOV BERISH 
REJA:
1) Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi dasturlar (Sound Forge). 
2) Tovush fayl formatlarini zichlashtirish. Raqamli video. Windows OT muhitida 
ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlar va ulardan foydalanish. Videomontaj.
3) Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayllarni yaratish. Konvertatsiya.
Videopotokni zichlashtirish yoki kadrlar bo‘yicha zichlashtirish. Simmetrik va asimmetrik
zichlashtirish. Ssenariy asosda mutaxssislik bo‘yicha mualliflik roliklar yaratish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron 
metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim” 
metodi, Klaster. 
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2; 
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga o‘rgatuvchi dasturlar kiritilishi mumkin. 
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron kitob (gipermatn, 
rasmlar, ovozli formatda izoh); baholash va bilimlarni sinash uchun modul (testlar, masalalar, 
javoblar); ma’lumotlar ombori va glosariy. Keltirilgan modullar tashqari multimediali 
o‘rgatuvchi kompleksga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan: metodik hujjatlar, ma’ruzalar 
taqdimotlari, o‘rgatuvchi dasturlar (kompyuterli modellar), bilimlarni yakuniy bahosi; maxsus 
sayt.
Ikki darajali ta’lim tizimi sharoitlarida multimediya-dasturlari turli qo‘llanishlari 
mumkin: multimediali o‘rgatuvchi vosita yakka tartibda foydalanish vositasi, multimediali 
o‘rgatuvchi kompleks esa – o‘qituvchi va magistrant quroli. Multimediali o‘rgatuvchi 
komlpeksning asosiy xususiyati interfaolligida, bu ta’limning ochiq tizimini tashkil etishni, 
o‘qituvchini shaxsiy ta’lim berish jarayonini tanlash imkonini beradi. Ikkala dastur bir birini 
to‘ldiradi. Bunday dasturlar talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi. 
O’rgatuvchi dasturlarda video materiallar(roliklar, video filmlar) ishlatilgani va ularni 
qayta ishlash imkonuyatlarini bo’lishini ta’minlash uchun Ulead Video Studio, Movie Maker, 
Camtasia Studio, Adobe Primiera kabi dasturlardan foydalanish mumkin.
Ushbu dasturlar yordamida video materialga ovozlar qo`shish yoki olib tashlash, filmni 
montaj qilish, xajmini kichraytirish, sifatini qisman yaxshilash hamda bir formatdan boshqa 
formatga (videoformatlar: AVI, DV, DVD, MPG, MP4, WMV, DAT, 3GP va hokazo) o`tkazish 
kabi ishlarini bajarish mumkin. 
Kompyuter dasturlarini o`rgatishga doir o’rgatuvchi dastur yaratishda ushbu dasturlarda 
ishlash jarayonini to`g`ridan – to`g`ri hech qanday tasvirga tushiruvchi qurilmasiz yozib olish 
mumkin. Bu ishni Camtasia Studio, Adobe Captivate dasturlari yordamida amalga oshirish 
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ushbu dasturlar yordamida kompyuterga ulanuvchi 
mikrofon qurilmasi orqali tasvirga olish bilan bir vaqtda, jarayonni sharxlab ketilishi (ovoz)ni 
ham yozib olish imkoniyati mavjud. Camtasia Studio va Adobe Captivate dasturlarining yana bir 
e`tiborga molik xususiyatlaridan biri bu – olingan tasvir va ovozni vektor formati(SWF)ga 
o`tkazishidir. 
O’rgatuvchi dasturlar uchun audio materiallarni tayyorlash, montaj qilish (qisqartirish 
yoki orasiga ovoz va musiqa qo`shish), qayta ishlash(oshiqcha effektlardan tozalash, ovozni 
sozlash) kabi ishlarni, audio fayl formatini (audio fayl formatlari: wma, cda, mp3, mp4, wav, asf, 
rm va x.k.) bir formatdan boshqa formatga o`tkazish kabi amallarni Sony SoundForge, Fruity 
Loops, GoldWave, WaveLaB kabi dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. 
Mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘rgatuvchi dasturlardlan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. O‘rgatuvchi dasturlar talabalar mustaqil ta’lim tashkil etish komponentasi sifatida 
tugallangan mavzular bloki va ilovalar birligidir. O‘rgatuvchi dasturning har bir mavzusi asosiy 
tushunchalar kiritilgan nazariy ma’lumotlarga, mavzuga mos amaliy mashg‘ulotlarni bajarish 
algoritmiga ega bo‘lishi lozim. Nazariy ma’lumotlardan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun 


31 
savollar ro‘yxati tavsiya etilishi kerak, bu talabalarni olgan bilimlarini aniqlab, qiynalgan 
qismlarni qayta o‘zlashtirishga imkon beradi.
Mavzularni mustahkamlash maqsadida mustaqil ishlash uchun nazariy bilimlarga 
asoslangan amaliy topshiriqlarga ega bo‘lishi kerak, bu esa talabalarda dastur bilan ishlash 
ko‘nikmasini hosil qiladi.
O‘rgatuvchi dasturlarda axborot texnologiyalarni modulli xolatlarda integrallashgan 
kompleks vazifalari bo‘lishi zarur. Ularni bajarish uchun nafaqat nazariy bilimlar talab etiladi, 
balki amaliy bajarish ko‘nikmasi, bir yoki bir necha fanlardan olingan bilimlar, qo‘shimcha 
ma’lumotlarni mustaqil izlash va boshqa axborot texnologiyalardan foydalanishi ham kerak, bu 
axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini yanada rivojlantiradi. Bundan tashqari 
o‘rgatuvchi dasturda savollarga to‘g‘ri javoblar, yordamchi ma’lumotlar va chuqurlashtirilgan 
ma’lumotlar bo‘lishi kerak, bulardan talaba xoxlagan vaqtda foydalanishi mumkin. 
Bunday elektron ta’lim resurslarini yaratishda tayyor dasturiy mahsulotlardan, web 
dasturlash tillaridan hamda vizual dasturlash muhitlaridan keng foydalanilmoqda. Delphi 
dasturlash muhiti elektron darslik va o`rgatuvchi dasturlar tayyorlashda juda qulay va keng 
imkoniyatlarga ega. Delphi dasturlash tilining soddaligi, interfeysning qulayligi va unda 
yaratilgan dastur barcha operatsion tizimlarda ishlashi o`qituvchilarga qulaylik yaratadi. Delphi 
muhitida multimediali dastur yaratish uchun maxsus komponentalar mavjud bo`lib, ulardan 
foydalanish juda qulaydir. 
Ushbu o’rgatuvchi dastur tuzishda Adobe Flash Pro CS5, Adobe Captivate CS5.5, Adobe 
Photoshop CS5, Delphi 7 kabi programmalardan foydalanilgan. 
SoundForge pro 10.0 dasturi 


32 
Ulead Studio programmasini o`ranatish bosqichi 


33 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin