O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan dastur ta'minotidir, ya'ni 
kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto
dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi
jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto
haraktdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar
paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina
bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin. Bu holda, biz
natijalarni Ko’plab jadvallar shaklida olishdan ko’tilamiz va bo’nga intilish kerak. 
Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy
xodimlar
, balki 
rassomlar
, turli soha
loyixachi
lari, reklama bilan shugullanadigan mutaxasislar, Internet sahifalarini yaratish,
o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol uynamoqda. Uning ayniqsa 
poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang- barang, so’ratli adabiyotlar, o’quv 


25 
qo’llanmalari, badiy asarlarning paydo bo’lishida yo’qsak bezash texnikasidan foydalanishni
takozo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet saxifalarini yaratishni 
kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi… 
Kompyuter grafikasi uch turga bulinadi: rastrli grafika, vektorli grafika va frontal
grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va kogozda bosib chiqarilishi Bilan
farqlanadi. 
RASTRLI GRAFIKA. Rastrli grafika no’qtalar yordamida (kogozda), piksellar 
(no’qtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, no’qtalar soni soni muham
rol uynaydi va u ekranning hal qilish imkoniyati deyiladi. 
Odatda bunday ko’rsatgich 64x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yo’qori 
piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi hal qilish kobiliyati bilan bog’liqdir. Bu parametr dpi 
(dots per inch-no’qtalar soni zichligi) Bilan ulchanadi. 15 dyuymli (1 dyuymq2.54 sm)
monitorda ekranda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, kompyuter
xotirasida rangli tasvir Ko’p joy olishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li
rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi. 
Agar har bir rangli no’qtani tasvirlash uchun 3 bayt ketsa, bita rasmning o’zi 
xotirada taxminan 4 mln. bayt joyni egallaydi. Bunday ma'lumot xususan Internet
saxifalarini yaratishda e'tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirda yaxshi 
multimedia dasturla rini, videoroliklarni yaratish uchun 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va
mos ravishda tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan foydalanish zarur. Shuning uchun ham
hozirda yaxshi multimedia dasturlarini, videorolikni yaratish uchun 128 Mbaytdan kam
bo’lmagan va mos ravishda tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan foydalanish lozim. 
Demak, rastrli grafika Bilan ishlash uchun yo’qori unumli kompyuter talab qilinadi. 
Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni masshtablashtirish 
(kattalashtirish, kichiqlashtirish ) jarayoni natijasida no’qtalar o’lchovi kattalashishi bilan tasvir 
aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto tasvir tanib bo’lmaydigan darajaga borishi mumkin. 
Rastrli grafika elektron (multimedia) va poligrafik nashrlarda keng qo’llaniladi.
Nashrlardan turli illyustratsiyalarni yaratishda odatda skaner orqali olingan raqamli foto
yoki videoqamera (hozirda bunday fotoapparat va videoqameralar keng tarqalmoqda, ammo 
ularning baholari hozircha ancha kimmat) yoki rassom, loyixachi tomonidan tayyorlangan 
tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrirlovchi dastur vositalridan
keng foydalaniladi. Bu dasturlaro odatda tasvirlarni aniqroq ko’rinishda bo’lishini
ta'minlaydi. 
Ma'lumki, Internet da rastrli grafika keng tarqalgan bo’lib, u bilan ishlash esa
Ko’pincha Adobe PhotoShop dasturidan foydalaniladi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin