23
4-MAVZU. O‘QUV ANIMATSION LAVHA (ROLIK) LARNI
TAYYORLASHNING ZAMONAVIY VOSITALARI
REJA:
1)
Ikki o‘lchamli kompyuter grafika va animasiyasi tushunchasi.
2)
Adobe Photoshop CS
dasturning asosiy ish sohalari, uskunalar paneli sohasi va
tushunchalari.
3)
CrazyTalk Animator dasturida animasion roliklar yaratish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron
metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim”
metodi, Klaster.
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2;
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga zamonaviy
axborot texnologiyalariga
asoslangan yangi pedagogik texnologiya kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalari
deganda, grafik, multimediya, bir tildan ikkinchi tilga va bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘girish,
Internet, Web texnologiya, Elektron virtual kutubxona, masofadan turib ta’lim berish, taqdimot
etish va boshqa texnologiyalar nazarda tutiladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlash kompyuterdan foydalanishda eng ommabop
yo‘nalishlardan bo‘lib bormoqda. Hozirgi kunda bu yo‘nalish bilan
professional rassomlar va
dizaynerlardan tashqari boshqa soha xodimlari ham shug‘ullanmoqdalar.
Biron bir zamonaviy multimedia dasturi yo‘qki, kompyuter grafikasini ishlatmaydigan.
Grafik dasturiy vositalaridan keng foydalanish zarurati birinchi bo‘lib Internetning rivojlanishi
bilan bog‘liq bo‘ldi va unda birinchi navbatda Web sahifalarni tayyorlashda ishlatildi
1
.
Zamonaviy kompyuterlarda matn va jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlardan tashqari grafik
ko‘rinishdagi ma’lumotlarni ham qayta ishlash mumkin. Ayrim
masalalarning natijalarini
kompyuterda grafik ko‘rinishda tasvirlash masala mohiyatini yanada yaqqolroq tasavvur
qilishga va xulosa chiqarishga yordam beradi. Grafik axborotlar rasm, shakl va chizmalarda aks
etadi. Kompyuterlarda bunday axborotlarni qayta ishlovci maxsus grafik muharirlari mavjud. Bu
grafik muharirlari Picture Maker, Paint, ColerDraw, Fhotoshop, Power Pointlar bo‘lib, ular
ichida eng oddiyi va ko‘p ishlatiladigani Paint grafik muharriridir.
Grafik ma’lumotlarni
taqdimot etish, ayni paytda MS Power Point – universal,
imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlarida amalga oshiriladi. MS
Power Point dasturi matnlar, rasmlar,
chizmalar, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz,
videoro‘lik va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan slaydlar
yaratish imkoniyatini
beradi.
Dostları ilə paylaş: