85
texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Mualliflik dasturiy ta’minotlar
yordamida electron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter
texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda
yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining
imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
CourseLabning asosiy imkoniyatlari:
• WYSIWYG tizimida ko‘rish va natijalarni olish mumkin bo‘lgan ta’lim materiallarini
yaratish va tahrir qilish.
• Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi.
• Obyektiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish
imkonini beradi.
• Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p «Obyekt»li bog‘liqliklarniyaratishni
osonlashtiradi.
• Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.
• Ochiq obyektiv interfeys obyekt va shablonlar kutubxonasi vafoydalanuvchi yaratgan
kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.
• Obyektlar animatsiyasi mexanizmiga ega.
• Ta’lim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini —
Macromedia®Flash®, Shockwave®, Java® va har qanday formatdagi videoformatdagi
fayllarni joylashtirish imkonini beradi.
• Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari.
• Microsoft®PowerPoint® formatidagi taqdimotlarni o‘quv materialiga joylashtirish
imkoniyati.
• Har xil dasturiy ta’minotlarning simulyasiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni
suratga olish mexanizmiga ega.
• Amallarni izohlashning oson tiliga ega.
• Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarining xususiyatlariga to‘g‘ridan -
to‘g‘riJavaScript-kirish imkonini beradi.
• Elektron ta’lim kurslarini ko‘rish uchun Javaning bo‘lishi talab qilinmaydi.
CourseLab yordamida yaratilgan ta’lim materiallari ishlatilish turiga qarab, elektron
ta’limning quyidagi: AICC (http://www.aicc.org), SCORM 1.2 (http://www.adlnet.org)
standartlariga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: