O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
ХУЛОСА 
Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalar bilan dasturiy 
vositalarni jalb qilish orqali talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishini orttirib, o‘qituvchidan o‘z 
ustida muntazam ishlashni talab etadi. Natijada ta’lim samaradorligiga erishiladi. 
 
NAZORAT SAVOLLAR: 
1)
Onlayn rejimida taqdimotlar tayyorlash vositalariga nimalar kiradi?
2)
Prezi dasturi imkoniyatlarini sanab bering.
3)
Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tishni tusuntirib bering.
4)
Prezi dasturida yangi taqdimot yaratish qanday amalga oshiriladi?
5)
Taqdimotga ob’ektlarni joylashtirish yo’llarini ayting. 
6)
Tayyor taqdimotni namoyish qilish qanday amalga oshiriladi? 
 
 


84 
AMALIY MASHG’ULOT № 6 
Mytest dasturi yordamida test yaratish va uni sozlash; test jarayonini o‘tqazish,
tarmoqda sozlash, natijalarni olish va taxrirlash. CourseLab dasturi yordamida 
elektron darslik yaratish asoslarini o‘rganish. 
Ishdan maqsad:
Talabalarga CourseLab dasturi yordamida elektron darslik yaratish 
asoslarini o‘rgatish hamda Mytest dasturi yordamida test yaratish va uni sozlash; test 
jarayonini o‘tqazish, tarmoqda sozlash, natijalarni olish va taxrirlashni o’rgatish. Talabalar 
olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan 
iborat.
USLUBIY KO’RSATMALAR 
1. 
CourseLab dasturining tarixi, asosiy imkoniyatlari va o’rnatilish jarayoni
 
CourseLab — bu Internet tizimida, masofaviy ta‘lim tizimlarida, kompakt disk yoki 
boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo‗ljallangan interaktiv ta‘lim 
materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo‗ljallangan kuchli va ishlatish oson 
bo‗lgan dasturiy vositadir.
Elektron ta'limiy kurslar muharriri bo'lmish CourseLab WebSoft kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqarilgan. WebSoft kompaniyasi – zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy 
komplekslarni ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya axborot texnologiyalari bozorida 
1999 yildan ish boshlagan. Hozirda CourseLab dasturining CourseLab 3.1 va CourseLab 2.7 
versiyalari keng qo‘llanilmoqda. Quyida CourseLab dasturining versiyalari tarixi keltirilgan:
04.09.2006 (Vesiya 2.2)
Rasmiy ravishda CourseLab 2.2 versiyasining relizi taqdim etilgan.
Yangi versiyada ushbu qo'shimchalar qo'shilgan edi:

Microsoft PowerPoint dan taqdimotlar importi mexanizmi qayta ishlangan; 

Avtofiguralarni tahrirlashdagi yangi imkoniyatlar;

Rasmlarni siqish mexanizmi qo'shilgan;

Dasturni bezatish temalari yaratildi;

Interfeysi mukammallashtirildi.
22.05.2006 (Vesiya 2.1)
Rasmiy ravishda CourseLab 2.1 versiyasining relizi taqdim etilgan. Ushbu versiyada:

Qator o'zgartirishlar;

Qiyin ko'pobyektli o'zaro aloqalarni yaratishdagi masalalarni yengillashtiruvchi 
ssenariylar mexanizmlari qo'shilgan,
16.04.2006 (Vesiya 2.0)
Rasmiy ravishda CourseLab 2.0 versiyasining relizi taqdim etilgan. Kurslarni ko'rish 
imkonini beruvchi, butunlay qayta ishlangan dastur sezilarli darajada tezligi ortgan, Gecko-
based brauzerlarini (Mozilla FireFox, Netscape) qo'llab- quvvatlanishi yaratilgan edi. Bu 
versiyada:

Kurslarni taqdim etish tezlashgan;

Yaratilgan kurslarni nafaqat Microsoft Internet Explorer brauzeri orqali, balki 
FireFox, Mozilla, Netscape brauzerlari orqali ham ko'rish imkoniyati tug‘ilgan;

Ta‘lim materiallarining almashish standarti SCORM 2004 qo‘llab-quvvatlangan;

Obyektlarni ko‘rsatishda vaqt boshqaruvi qo‘shilgan, ―Timeline‖ tahrir paneli;

Taqdim etish effektlarini boshqarish mukammallashtirilgan;

Yangi mukammal obyektlar qo‘shilgan;

Obyektlarni yangi bezatish va rang sxemalari qo‘shilgan;

Modullarning yangi shablonlari qo‘shilgan.
2. 
Courselab dasturida interaktiv elektron ma’ruzalar yaratish samaradorligi
Mualliflik dasturiy ta’minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini 
qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta’lim 
jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy 


85 
texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Mualliflik dasturiy ta’minotlar 
yordamida electron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter 
texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda 
yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining 
imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. 
CourseLabning asosiy imkoniyatlari: 
• WYSIWYG tizimida ko‘rish va natijalarni olish mumkin bo‘lgan ta’lim materiallarini 
yaratish va tahrir qilish. 
• Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi. 
• Obyektiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish 
imkonini beradi. 
• Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p «Obyekt»li bog‘liqliklarniyaratishni 
osonlashtiradi. 
• Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega. 
• Ochiq obyektiv interfeys obyekt va shablonlar kutubxonasi vafoydalanuvchi yaratgan 
kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi. 
• Obyektlar animatsiyasi mexanizmiga ega. 
• Ta’lim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini —
Macromedia®Flash®, Shockwave®, Java® va har qanday formatdagi videoformatdagi 
fayllarni joylashtirish imkonini beradi. 
• Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari. 
• Microsoft®PowerPoint® formatidagi taqdimotlarni o‘quv materialiga joylashtirish 
imkoniyati. 
• Har xil dasturiy ta’minotlarning simulyasiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni 
suratga olish mexanizmiga ega. 
• Amallarni izohlashning oson tiliga ega. 
• Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarining xususiyatlariga to‘g‘ridan - 
to‘g‘riJavaScript-kirish imkonini beradi. 
• Elektron ta’lim kurslarini ko‘rish uchun Javaning bo‘lishi talab qilinmaydi. 
CourseLab yordamida yaratilgan ta’lim materiallari ishlatilish turiga qarab, elektron 
ta’limning quyidagi: AICC (http://www.aicc.org), SCORM 1.2 (http://www.adlnet.org) 
standartlariga mos keladi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin