O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
 
 
 
 
 



O‘ZBEKISTON RESPUBLI
KASI 
OLIY VA O’RTA 
MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
 
 
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
Fizika - matematika fakulteti 
 
«Informatika o’qitish metodikasi» kafedrasi 
 
«
AXBOROT 
TEXNOLOGIYALAR
» 
 
FANIDAN 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NAVOIY-2019
 
 



1-MAVZU. AKTNI TA’LIMDA QO‘LLANILISHI KONSEPSIYALARI. ZAMONAVIY 
O‘QUV-TEXNIK VOSITALARI 
REJA: 
1)
Kursning maqsadi va vazifalari.
2)
Ta’lim jarayonida Axborot texnologiyalarini qo‘llashning zamonaviy
tendensiyalari, ilg‘or texnologiyalari tavsifi va rivojlanish omillari.
3)
Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini qo‘llash borasidagi dolzarb
vazifalar va ustuvor yo‘nalishlari. 
4)
Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quv texnik vositalari: kompyuter
sinflari, multimedia proektorlar, interaktiv elektron doska, Smart mobil qurilmalar hamda
ular bilan ishlash usul va vositalari, turli operatsion tizimli va boshqa ko‘rinishdagi
ilovalar tasnif va tavsifi, foydalanish tartibi. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron 
metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim” 
metodi, Klaster. 
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2; 
Respublikamizda jahon makonining axborot infratuzilmalari va milliy axborot – 
hisoblash tarmoq integrtsiyasiga mos keluvchi milliy tizimini yaratish iqtisodiyot, boshqarish, 
fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va 
ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va 
boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikamizda axborotlashtirish bilan bog’liq 
muammolarni qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir. XX asr o’rtalariga kelib 
tezkor mashina mexanizmlardan foydalanilana boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalarni 
o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga 
aylandi hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta 
ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’lib qoldi. Ko’pchilik 
vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, 
mutahassislarni kompyuterda ishlashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. 
Ta’limni kompyuterlashtirish tarixan XX asrning 50-yillariga borib taqaladi. Uning 
o’tmishdoshi dasturlashtirilgan ta’lim bo’lib, undan ommaviy foydalanish o’tgan asrning 50-
yillariga to’g’ri keladi.
Jamiyatda paydo bo’lgan har qanday yangilik singari dasturlashtirilgan ta’limning ijobiy 
tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud edi. Shunga qaramasdan, 
dasturlashtirilgan ta’lim o’quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. 
Mutaxassis va o’qituvchilar o’quv materialini tahlil qilishning yangi uslubiyotini o’zlashtirib 
oldilar, o’quv materiali bo’yicha axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, 
sinash yagona tizimga aylandi. Ta’limda amal qiladigan teskari aloqa yangicha ahamiyat kasb 
etdi. Mavzularni to’liq o’zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy zamin 
yaratildi.
Iqtisodiy jihatdan qimmatga tushushi, tashkiliy qurilishidagi zaif tomonlar mavjudligi 
sababli XX asrning 70-yillariga kelib dasturlashtirilgan ta’limga tadqiqotchilarning qiziqishi 
ma’lum darajada susaydi. Garchand dasturlashgan ta’lim sohasidagi izlanishlar ancha kamaygan 
bo’lsa-da, uning qobig’ida yangi yo’nalish — ta’limni kompyuterlashtirish muammosi paydo 
bo’ldi. 
Kompyuterning ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyos. U ta’lim tizimini ma’muriy 
boshqarishdan tortib alohida maktab faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishgacha, 
o’quv fanlarini o’rganishni tashkil qilishdan tortib o’quvchilarning individual mashg’ulotlarini 
tashkil etishgacha bo’lgan muammolarni qamrab oladi. Kompyuter ma’lumotlarni saqlovchi
ularni qayta ishlovchi, turli shakl va usullarda o’quvchilarga yetkazuvchi o’ta qulay vosita 
sifatida tan olinmoqda. Ta’lim-tarbiya ishiga kompyuterlarning tatbiq qilinishini insoniyat 
tarixida kitobning paydo bo’lishi, uning o’rni va ahamiyatiga qiyoslash mumkin. Zero, kitobdan 
ma’lumotlarni saqlash va tarqatish maqsadida foydalanilsa, kompyuterdan dars jarayonida 



o’quvchilarga bilim berishda foydalaniladi. Ikkinchidan, kompyuterning ta’lim berishdagi 
vazifasi dars jarayoni bilan chegaralanmaydi. O’quvchilar u bilan mustaqil ishlab, hatto uyda 
ham bilim olishlari mumkin. Uchinchidan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, masofadan 
o’qitish hozirgi kun uchun orzu bo’lmay qoldi. Bu nogiron bolalar uchun ta’lim olishning 
yagona imkoniyati, iqtidorli, o’ta qiziquvchan talabalar uchun mustaqil ta’lim olish vositasi. 
Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni 
shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning 
ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida 
o’quvchi ta’lim sub’yektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan 
jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; 
kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash 
imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan 
o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo. Shu sababli ta’limni 
kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish bo’yicha barcha iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda, ular bilan bir qatorda respublikamizda ham turli yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot 
ishlari o’tkazilmoqda. 
Manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, ta’limda kompyuterdan foydalanish o’quv 
predmetlarini o’qitish jarayonini kompyuterlashtirish muammolari bilan bog’liq holda 
kompyuterning o’quvchilar aqliy taraqqiyotiga ta’siri (B.F.Lomov, K.M.Gurovich); aqliy 
faoliyatni 
bosqichma-bosqich 
shakllantirish 
nazariyasi 
(P.Ya.Galperin, 
N.F.Talizina); 
dasturlashtirilgan ta’lim nazariyasi (B.P.Bespalko); inson-mashina o’zaro faoliyati nazariyasi 
(A.CHapanis, 
G.Pesk); 
kompyuter 
bilan 
foydalanuvchi 
muloqotini 
tashkil 
qilish 
(A.M.Dovgyallo); o’quv faoliyatini loyihalash (E.I.Mashbits); dastur vositalarini yaratishga 
qo’yiladigan ergonomik talablar (D.Meyter, N.Bondarovskaya) kabi qator muammolar tadqiq 
qilingan bo’lib, bizning tadqiqotimiz ularning u yoki bu jihatlari bilan bog’liq. Boshqacha 
aytganda, yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning tadqiqotlari bizning ilmiy izlanishlarimiz 
uchun nazariy asos sanaladi. 

Texnologiya grekcha so’z bo’lib, texnos―san‘at, mahorat, logos – ―ta‘limot, degan 
ma‘nolarni bildiradi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasiga har xil ta‘rif berilmoqda va turlicha 
talqin qilinmoqda. Pedagogik texnologiyaga hozirgacha 300 dan ortiq ta‘riflar berilgani ma‘lum. 
Shularning ichida eng ma‘quli deb YuNESKO ta‘rifi ekanligi aniqlangan. Chunki berilgan 
ta‘rifda dialektik qonuniyatlar mavjud bo’lib, u quyidagicha:

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin