O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
 


23 
4-MAVZU. O‘QUV ANIMATSION LAVHA (ROLIK) LARNI
TAYYORLASHNING ZAMONAVIY VOSITALARI 
REJA:
1)
Ikki o‘lchamli kompyuter grafika va animasiyasi tushunchasi.
2)
Adobe Photoshop CS dasturning asosiy ish sohalari, uskunalar paneli sohasi va 
tushunchalari.
3)
CrazyTalk Animator dasturida animasion roliklar yaratish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron 
metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim” 
metodi, Klaster. 
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2; 
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalariga 
asoslangan yangi pedagogik texnologiya kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalari 
deganda, grafik, multimediya, bir tildan ikkinchi tilga va bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘girish, 
Internet, Web texnologiya, Elektron virtual kutubxona, masofadan turib ta’lim berish, taqdimot 
etish va boshqa texnologiyalar nazarda tutiladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlash kompyuterdan foydalanishda eng ommabop 
yo‘nalishlardan bo‘lib bormoqda. Hozirgi kunda bu yo‘nalish bilan professional rassomlar va 
dizaynerlardan tashqari boshqa soha xodimlari ham shug‘ullanmoqdalar.
Biron bir zamonaviy multimedia dasturi yo‘qki, kompyuter grafikasini ishlatmaydigan. 
Grafik dasturiy vositalaridan keng foydalanish zarurati birinchi bo‘lib Internetning rivojlanishi 
bilan bog‘liq bo‘ldi va unda birinchi navbatda Web sahifalarni tayyorlashda ishlatildi
1
.
 
Zamonaviy kompyuterlarda matn va jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlardan tashqari grafik 
ko‘rinishdagi ma’lumotlarni ham qayta ishlash mumkin. Ayrim masalalarning natijalarini 
kompyuterda grafik ko‘rinishda tasvirlash masala mohiyatini yanada yaqqolroq tasavvur
qilishga va xulosa chiqarishga yordam beradi. Grafik axborotlar rasm, shakl va chizmalarda aks 
etadi. Kompyuterlarda bunday axborotlarni qayta ishlovci maxsus grafik muharirlari mavjud. Bu 
grafik muharirlari Picture Maker, Paint, ColerDraw, Fhotoshop, Power Pointlar bo‘lib, ular 
ichida eng oddiyi va ko‘p ishlatiladigani Paint grafik muharriridir. 
 
Grafik ma’lumotlarni taqdimot etish, ayni paytda MS Power Point – universal, 
imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlarida amalga oshiriladi. MS 
Power Point dasturi matnlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, 
videoro‘lik va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan slaydlar yaratish imkoniyatini 
beradi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin