O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
 
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining eng rivojlanib borayotgan sohalaridan biri - 
bu kompyuter grafikasi vositalaridir. Hozirgi kunda ular ishlatilmaydigan tarmoq bo‘lmasa 
kerak. Kompyuter grafikasi nafaqat iqtisodiyot masalalarini hal qilishda, balki xalq xo‘jaligining 
boshqa sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Masalan, hozirgi kunda jahondagi ko‘pgina yirik 
reklama agentliklari hech bir mahsulotni ularsiz ishlab chiqarmaydi. 
Kompyuter grafikasi turli xil masalalarda qo‘llanishi bo‘yicha quyidagicha sinflanadi: 
-tijoratlik; 
-illyustrativlik;
-namoyish etishlik;
-animatsionlik; 
-muhandislik; 
-ilmiylik. 
Kompyuter grafikasi sinflari ichida marketing faoliyatida ko‘proq ikkitasi qo‘llanilada: 
1
David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered 
trademark of Cambridge International Ehaminations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An 
Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.
 


24 
-tijoratlik kompyuter grafikasi; 
-animatsion kompyuter grafikasi. 
Kompyuter grafikalari vositalari asosida ishlab chiqarilgan reklamalarning afzalliklari 
quyidagilardan iboratdir: 
-tasvirlarni tabiiy holiday ishlab chiqarish; 
-tovarlarning ichki tuzilishini tasvirlar orqali ko‘rsatish; 
-telekommunikatsion kompyuter tarmoqlari orqali chet el davlatlariga uzatish; 
-tasvirlarning judayam sifatliligi va har xil rang turlarining ishlatilishi. 
Animatsion kompyuter grafikasi – zamonaviy kompyuter va dasturlar asosida jahon 
andozalariga javob beradigan reklamalarni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, kompyuterlashgan reklamalarning bir daqiqasi rivojlangan 
mamlakatlarda 3000 dan 50000 AQSH dollarigacha turadi. Yani, bunday reklamalarni ishlab 
chiqarish nihoyatda murakkabdir. Bu soha katta mablag‘ talab qilishiga qaramasdan tez vaqt 
ichida foyda berishni boshlaydi. Hozir bu vositalarni reklama ishlab chiqarishda qo‘llash bizning 
mamlakatimizda ham ancha rivojlanib bormoqda. Marketing faoliyatinig bu sohasida hozirgi 
kunda quyidagi kompyuter dasturlari keng qo‘llanilmoqda: 
-
3D-STUDIO; 
-
Animator Pro for Windows; 
-
Corel Draw; 
-
Auto CAD va boshqalar. 
Bu kompyuter grafik vositalari hozirgi kunda marketing, muhandislik grafikasi va 
reklama agentliklari sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
 
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida 
mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borlikdagi turli tasvirlarni hosil
qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid Yangi loyihalarni
yaratish ko’zda to’tiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin