O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar. 
Hozirgi kunda mobil 
telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, 
bular vazifalari jihatidan personal kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari 
yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o‘yinlar o‘ynash, 
hatto radioeshittirish va televideniedan ham bahramand bo‘lish mumkin. 
Smartfon
(smartphone
) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma’nosini 
anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho‘ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo‘lgan mobil telefon. 
Bunda cho‘ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan.
 
iPhone - to‘rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o‘zida telefonning 
asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funksiyalarini ham 
qamrab olgan. 
Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo‘lib, shaxsiy kompyuterning klassik 
namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi ko‘rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq 
qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo‘lib, boshqa qo‘shimcha qurilmalar 
(sichqoncha, klaviatura) virtual ko‘rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to‘liqligicha mobil aloqa 
muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan. 
Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS.
 
Mobil aloqa vositalari yordamida axborotlarni uzatish Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari 
yordamida amalga oshiriladi. 
Bluetooth 
– 
kichik qamrov
doirasiga ega bo‘lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq 
qurilmalari orasidagi o‘zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini engillashtiradi. U 
shuningdek, turli elektron qurilmalari va kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashishni 


35 
osonlashtiradi. Bluetooth kichik ma’lumot oqimlarini uzatish uchun mo‘ljallangan, shuning 
uchun mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining o‘rnini bosa olmaydi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin