3-Mavzu. Elektron darslik (2 soat) Mavzu rejasi: 3.1. Elektron ta’lim resurslari haqida tushuncha.
3.2. O’quv maqsadli elektron vositalar yaratish bosqichlari. Elektron darslik tushunchasi va ishlab chiqish bosqichlari..
3.3. Elektron darsliklar yaratish dasturiy vositalari.
Tayanch atamalar:elektron darslik,o‘quv qo‘llanma,blok-sxema,animatsiya,elektron o‘quv qo‘llanma.
1. Elektron ta’lim resurslari haqida. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan ta’lim ham ushbu jaraѐndan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi.
Multimedia texnologiyalari (multi – ko‘p, media – muhit) – bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir nechta usullaridan foydalanishga imkon beradi : matn, tasvir, audio va video.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchi ta’sir o‘tkaza olishga qodirligi xisoblanadi.
So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy maxsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqa.
Multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratish muallifning mahorati, tajribasi va fantaziyasiga bog‘liq.
Multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratishning usullarini shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin.
Dasturlash tillaridan foydalangan holda (ko‘p mehnat talab qilinadi)
Instrumental tizimlardan foydalanish.
2. Courselab dasturi imkoniyatlari. Elektron o‘quv kurslari taxrirlagichi CourseLab imkoniyatlari. Boshlang‘ich shartlar CourseLab - bu kuchli va shu bilan birga foydalanuvchiga oddiy bo‘lgan, internet tarmog‘ida masofaviy ta’lim ta’lim tizimida, kompakt disk ѐki boshqa tashuvchilarda foydalanishga mo‘ljallangan interaktiv o‘quv materiallari (elektron kurslar) ni yaratish vositasidir.