Tahrirlash oynasi. «Yangi kurs» masturi tugallanishi bilan tahrirlash oynasi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Tahrirlash oynasi Tahrirlash oynasi har biri muayyan topshiriqni bajarish uchun xizmat qiladigan panellarga bo‘lingan.
«Kurs» paneli Tahrirlash oynasining chap tomonida «Kurs» paneli joylashgan. «Kurs» panelida o‘quv kursining mundarijasi ko‘rsatiladi. O‘quv kursi masofaviy ta’lim tizimida ochilganda huddi shu mundarija ko‘rinadi.
Mundarija kurs nomi, bo‘limlar va modullar nomlaridan tuzilgan bo‘ladi. «Kurs» panelidagi kontekstli menyudan modul hosil qilish masturini ishga tushirish, yangi bo‘lim hosil qilish, mundarija elementlarini nomlash va ochish mumkin.
4. Courselab dasturida elektron ta’lim resurslarini yaratish Yangi o‘quv kursi hosil qilish.
CourseLab dasturi ishga tushiriladi. «Sozdat novыx kurs» («yangi kurs yaratish») murojaati tanlanadi Masterning keyingi oynasi:
Kurs nomi beriladi,
Kurs papkasi nomi beriladi,
Papka hosil bo‘lish joyi tanlanadi va «Dalee» («keyingi» ) tugmasi bosiladi.
Masterning keyingi sahifasi :
Birinchi modul nomi kiritiladi,
uning uchun bezak shablon kiritiladi va «Dalee» tugmasi bosiladi.
Kurs nomi, kurs papkasi nomi beriladi, papka hosil bo‘lish joyi tanlanadi.
Amalda kurs bitta modul bilan yaratiladi. Birinchi modul nomi kiritiladi, uning uchun bezak shablon tanlanadi. Hosil qilingan kursga qancha zarur bo‘lsa shuncha modul qo‘shish mumkin.
Kurs hosil qilindi. «Novыy kurs» masteri ishini tugallash uchun «Zakrыt» tugmasi bosiladi.
Modulni tahrirlash
Modulni tahrirlash o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Zastavkani tahrirlash Zastavkani tahrirlash rejimiga o‘tish uchun menyudan Vid -> Zastavka buyrug‘idan, ѐki slaydlar panelidan tezkor o‘tish tugmasidan . Agar lozim bo‘lsa zastavkada rasmlarni almashtirish, logotiplar qo‘yish, modul nomi qo‘yish, modulni ko‘rsatishni oldindan habar beradigan ko‘rsatmalar qo‘yish va h.k. mumkin. Zarur bo‘lganda modulni ishga tushirish tugmalarini tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin.