O‘quv materiali muallifidan ingliz ѐki qanakadir bir dasturlash tilini bilish talab qilinmaydi;
Ob’ektli ѐndoshish – amalda har qanday murakkab bo‘lgan o‘quv materiallarini bolalar kubiklaridek oson tuzishga imkon yaratadi;
Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p ob’ektli o‘zaro bog‘likliklarni ancha soddalashtirish imkonini beradi;
Mexanizm o‘z ichiga test tuzishni ham oladi;
Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ochiq kodli interfeys va shablonlar kutubxonasini oson kengaytirishga imkon beradi;
Kursga Macromedia® Flash®, Shockwave®, Java®, turli xil formatdagi videolardan iborat bo‘lgan har qanday Rich-mediani kiritish imkoniyatining borligi; Tovushni baravar birga olib borilishini kiritish va sinxronizatsiyalash oddiy mexanizmining mavjudligi;
Microsoft® PowerPoint® formatidagi taqdimotli o‘quv materialini import qilish imkoniyati;
Tahrirlagich tajribali foydalanuvchining to‘g‘ridan to‘g‘ri JavaScript ning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanishni taqdim qiladi;
Elektron o‘quv kursini namoyish qilishda JavaScript ning mavjudligini talab qilmaydi.
Websoft CourseLab masofaviy ta’limda qanday o‘rin egallaydi? Elektron o‘quv kursi boshidan ohirigacha Websoft CourseLab tahrirlagichida ishlab chiqilishi mumkin. Tayѐr o‘quv kursi kursning tuzilmasi haqidagi ma’lumotlar saqlanadigan mahsus fayllar yaratish ѐrdamida masofaviy ta’lim tizimida import qilinishi mumkin.
Yangi loyihani yaratish fayl menyusi ѐrdamida ѐki bosh sahifadan yangi loyiha oynasini ochish orqali amalga oshiriladi. Fayl menyusi orqali Fayl – >Sozdat – >Kurs Yangi loyiha oynasida loyiha nomi, shablonlarini tanlash va qaerga saqlanishini ko‘rsatish kerak.
Biz kerakli oynalarga ma’lumotlarni kiritamiz va Dalee tugmasini bosamiz.
Natijada oyna hosil bo‘ladi.
Bu oynada ma’qul topilgan shablon olinadi Dalee tugmasini bosamiz va oyna ochiladi. Ochilgan oynada loyihaning xususiyatlari ko‘rsatiladi, Gotovo tugmasini bosamiz.
Avvalo biz yarataѐtgandasturimizning ―''master'' ini tayѐrlaymiz.
Ssenariy asosida tayѐrlangan ob’ektlarni va dastur qismi ko‘rsatilgan oynaga kiritamiz va shu faylda saqlanadi. O‘quv materiali kiritiladi va taxrirlanadi. Ayrim dialog va interaktiv mashqlarni bajarish uchun maxsus algoritm tuziladi.
Courselab tizimida tayѐrlangan kursni MOODLE tizimiga o‘rnatish mumkin (CDO formatida).
Kurs formatini berish Dasturiy ta’minotni yaratishda qo‘llanilgan tizimda quyidagi imkoniyatlar jamlangan: o‘quv materiallarini yaratish va taxrirlash, nima ko‘rinsa, natijada shunga ega bo‘ladi; O‘quv materiali muallifidan bir dasturlash tili talab qilinmaydi; ob’ektli ѐndoshish – amalda har qanday murakkab bo‘lgan o‘quv materiallarini bolalar kubikidek oson tuzishga imkon yaratadi;
Courselab instrumental tizimi asosida o‘quv-metodik majmualarni yaratish qulay va maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jaraѐnini individuallashtirish va differensiyalash, talabaning o‘quv faoliyatini o‘zi nazorat qilishini to‘g‘ri yo‘naltirish, kompyuterning xisoblash imkoniyatlaridan foydalanish tufayli o‘quv vaqtini tejash, o‘quv materiallarini vizuallashtirish, hodisa va jaraѐnlarni modellashtirish, ularni imitatsiya qilishi, turli pedagogik vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi.