O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


Adobe Captivate dasturining ishchi oynasi



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
Adobe Captivate dasturining ishchi oynasi
 


80 
AMALIYOT ISHINING TOPSHIRIG’I: 
Quyidagi topshiriqlarni bajaring va hisobot yozing. 
1)
iSpring Suite dasturida bilan ishlash tasnifini keltiring. 
2) 
Ulardan samarali foydalanish va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar bering. 
3) 
Bajarilgan ishlar bo’yicha
 
hisobot yozing.
 
 
NАZОRАT SАVОLLАRI: 
1.
iSpring dasturi va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni keltiring.
2.
SCORM va TinCan tizimlari haqida tushuncha.
3.
iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik va videoma’ruzalar yaratish 
qanday amalga oshiriladi? 
 
 


81 
AMALIY MASHG’ULOT № 5 
Prezi onlayn-perezentatsiyalarni yaratish dasturi. 
 
Ishdan maqsad:
Talabalarga 
Prezi
dasturi yordamida taqdimotlar tayyorlash asoslarini 
o‘rgatish hamda Prezi dasturi imkoniyatlari, Prezi.comda ro‘yxatdan o‘tish, yangi taqdimot 
yaratish va olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka 
hosil qilishdan iborat.
 
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari barcha sohalarga jadallik bilan kirib bormoqda. 
Ta’lim tizimini ham axborot texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Institutimizda ham 
talabalar sifatli bilim olish uchun barcha turdagi zamonaviy axborot va kommunikatsion 
texnologiya hamda dasturiy vositalardan to‘liq foydalanildi
4

«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston respublikasi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» maqsad va vazifalari bosqichma — bosqich ro‘yobga chiqarilishida zamonaviy axborot 
texnologiyalari va tizimlarning roli muhim ahamiyat kasb etishi hammaga ayondir.
Zamonaviy axborot texnologiyalariga: multimediya, bir tildan ikkinchi tilga tarjima 
qilish, bir alifbodan ikkinchi bir alifboga o‘tkazish, kompyuterli test nazorati, skaner 
texnologiyasi, internet, elektron pochta, Web — texnologiya, elektron virtual kutubxona, 
masofadan turib ta’lim berish, taqdim etish texnologiyasi, sun’iy tafakkur tizimlari va boshqalar 
kiradi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘liq amalga oshishidan ko‘zlangan maqsadlarning 
naqadar ezgu ekanini inobatga olsak, bugungi kunga kelib o‘qitish tizimlarining har biri 
jabhasida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish zarurati alohida dolzarblik kasb etayotganini 
sezish qiyin emas. Hammamiz guvohimizki, kundalik hayotimiz va istiqbolimiz ravnaqi uchun 
muhim ehtiyoj sanalmish tom ma’nodagi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarining 
jalb etilishi tobora oldingi o‘ringa chiqib borayapti. Buni ko‘plab maxsus ta’lim muassasalari
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va yetakchi oliy o‘quv yurtlari hamda akademiyalar 
misolida ko‘rish mumkinki, ayni kunlarda ulardagi o‘quv jarayonini, masalan, bilim olish 
samarasini o‘zgartirishga sarflanadigan vaqtning keskin qisqarishida va bilimlarni xotirada olib 
qolishning keskin ortishida namoyon etuvchi multimedia vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunini bajarish maqsadida 
Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy xujjatlar va 
dasturlar ishlab chiqilib, qabul kilingan edi, shuningdek axborot tarmog‘ini shakllantirish, 
4
David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Ehaminations. 
Buyuk Britaniya/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.
 


82 
axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. 
• 
Barcha oliy o‘quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirilgan. 
www.edu.uz

www.markaz.uz
veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet tarmog‘ining milliy segmentida axborot 
resurslarni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, barcha o‘quv yurtlari veb-
saytlari 
www.edu.uz
 axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan.
• 
Bundan tashqari, o‘quv yurtlarining o‘quv qo‘llanma va ma’ruza matnlari «Ziyo» 
elektron-ta’lim bazasida joylashtirilgan, «ZiyoNET» axborot-ta’lim tarmog‘ining resurslari 
yaratilgan, o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan 
www.literature.uz
veb-sayti ishga tushirilgan, maqolalar to‘plami, o‘quv qo‘llanmalar va E-
collector referatlar hamda oltita tilga mo‘ljallangan - 
www.multilex.edu.uz
on-layn lug‘at 
yaratildi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin