Bank foiz stavkasi - banki ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq
miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi,
muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog’liq. Tijorat va davlat banklari Markaziy
(milliy) Bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan bank foiz stavkasi qarzning qaysi
tarzda va qanday berilishiga ham bog’liq. Uzoq muddatli qarzning bank foiz stavkasi past,
qisqa muddatlisiniki yuqori bo’ladi.
Bozor - sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasidagi tovar ayriboshlash munosabatlari;
ishlab chiqarish bilan iste’molni o’zaro bog’lovchi mexanizm. Bozor ob’eti nafliligi bor
tovar va xizmatlar. Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) bo’lib ular firmalar, uy
xo’jaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat.
Bozor infratuzilmasi – bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini
ta’minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. Bozor infrastrukturasining asosiy unsurlar
quyidagilar: birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy
rasmiylashtirilgan vositachiligi; kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari
tashkiliy vositachilik shakllari; kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya
banklari; aholi bandligini boshqarish tizimi; davlat va nodavlat bandlikka yordam ko’rsatish
markazlari (mehnat birjalari); axborot texnologiyalari va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;
soliq tizimi va soliq inspektsiyalari; tijorat-xo’jalik xatari sug’urtasi tizimi va sug’urta
kompaniyalari; maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot
vositalari agentliklari; savdo palatalari, bojxona tizimi; o’rta va oliy iqtisodiy ta’lim tizimi;
auditorlik va konsalting kompaniyalari; va h.k.
193 Bozor kon’yukturasi – muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning
mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarkterlanadi. SHunga ko’ra bozor kon’yukturasi ijobiy
va salbiy, qulay yoki noqulay bo’lishi mumkin.