Birja – mahsulotlarni sotish tizimlaridan biri. Talab va taklifga qarab mahsulotlar
narxi birjada muvozanatlashib turadi.
Veksel (nemischa
Wechsel - ayirboshlash) – ko’rsatilgan muddatda muayyan
miqdordagi pulni to’lash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat;
qimmatli qog’oz.
Daromadlar - hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning
kamayishi.
Davlat buyurtmalari – davlat tomonidan muayyan mahsulot turini (hozirgi kunda
paxta va g’allani) yetkazib berish bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonalari bilan tuzilgan
shartnoma-topshiriq.
Dividend — sof foydaning soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar to’langanidan keyin
shirkat xo’jaligi (aktsiyadorlar jamiyati) ixtiyorida qoladigan va a’zolar o’rtasida
taqsimlanishi lozim bo’lgan qismi.
Dehqon xo’jaligi - oilaviy mayda tovar xo’jaligi, oila a’zolarining shaxsiy mehnati
asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan
tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Dehqonchilik_tizimi'>Dehqonchilik tizimi - dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish uchun yerdan to’la
foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan, o’zaro bog’liq va bir-birini
to’ldiradigan tashkiliy-agrotexnik tadbirlar yig’indisi.
Davlat buyurtmasi - davlat talabi bilan (shartnoma yoki kelishuv asosida) korxona,
tashkilot, xo’jaliklarga muayyan mahsulot turini belgilangan muddatlarda ishlab chiqarish
va yetkazib berish, davlat ehtiyojlari uchun tegishli xizmatlar ko’rsatish, shuningdek ishlab
chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy texnikaviy ishlarini bajarish va boshqalar.
Davlat byudjeti – davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo’ljallangan pul
daromadlari va xarajatlari majmui.
Daromad – keng ma’noda kirim bo’lgan har qanday pul mablag’lari yoki pul
qiymatiga ega bo’lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o’z faoliyati natijasiga
ko’ra oladigan pul va tovar – moddiy tushum.
Dehqonchilik – o’simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy o’simliklar
(qishloq xo’jalik ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri.