Assotsiatsiya (lotincha
associo – birlashish, qo’shish, uyushish) – umumiy maqsadga
erishish uchun tuzilgan uyushma, ittifoq, guruh.
Assortiment (frantsuzcha
assoriment –tanlab olingan, saralangan) – muayyan
belgilariga ko’ra guruhlangan tovarlar turlari, xillari to’plami.
Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (
mehnat qurollari, bino, inshoat, qurilma va b.). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda
asosiy vositalar tarkibiga bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 barobaridan
arzon bo’lmagan vositalar kiritiladi.
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbob-uskuna
ishlab chiqarish binolari va uskunalarini) o’z ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan o’z qiymatini
ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda o’tkazib boruvchi qismi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda - bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan
davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus, asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar
yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi.
Almashlab ekish - ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali tartibda
navbati bilan almashib turilishi.
Auktsion – tovar va mahsulotlarni kim oshdi savdosida erkin sotish joyi.
Bevosita xarajatlar - bitta mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq, miqdori
ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatan o’zgaruvchan xarajatlar.
Bilvosita xarajatlar - yordamchi ishchilarga vaqtbay ish haqi to’lash, ishlab chiqarish
asosiy vositalarining amortizatsiyasi, ishlab chiqarish asosiy vositalarini saqlash, joriy va
kapital remont qilish va mahsulot hajmining o’zgarishidan qat’i nazar nisbatan doimiy
192 bo’lib qoladigan boshqa xarajatlar singari ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish
bilan bog’liq ishlab chiqarish ahamiyatidagi xarajatlar.